O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Qisqacha xulosalar 
Tamoyil (prinsip) — qaror qabul hilishda hisobga olinishi yoki amal qilinishi 
zarur bo’lgan ilmiy asos, qoida hisoblanadi. 
Personalga rahbarlik boshqaruv funktsiyasi sifatida boshqa barcha 
funktsiyalarni yagona birlikka birlashtirishi, muvofiqlashtirishi, o’zaro bog’lashi, 
integratsiya qilishi kerak. 
Inson resurslaridan korxona va xodim manfaatlarini muvofiqlashtirgan holda 
foydalanishni ta’minlaydigan shaxsni rivojlantirish ustuvorligini e’tirof etish 
personalni boshqarishning eng asosiy tamoyilidir. 
Boshqaruv funktsiyasi — boshqaruv faoliyatining alohida turi hisoblanib, 
boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti va ixtisoslashuviga asoslangandir. 
Boshqaruv uslublari — ishlab chiqarishni boshqarish maqsaddariga erishish uchun 
personalga boshqaruv ta’siri o’tkazish vositalaridir. 
Korxona personalini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi ushbu korxonada tarkib 
topgan faoliyat turi, vazifalar taqsimotiga bog’liqdir. 
Personalni boshqarishning oddiy tashkiliy tuzilmasi ikki darajali tuzilma 
bo’lib, kichik korxona yoki yirik kompaniya va firmalarning turli bo’lim va filiallariga 
xosdir. Bunday tizimda yuqori (rahbar) va quyi (ijrochi) daraja mavjuddir. 
Hozirgi vaqtda amalda bo’lgan me’yorlar 1 ming kishilik mehnat jamoasiga 10 


60 
nafar personalni boshqarish xodimining to’g’ri kelishini ko’rsatmoqda. Odatda, 
ularning 6 tasi maxsus oliy ma’lumotga, 4 tasi to’liqsiz oliy ma’lumotga ega bo’lishi 
talab qilinadi. 
Umuman olganda, personalni boshqarish xizmati xodimlarining soni 
kompaniya va firmalarda ish bilan band bo’lganlarning 1-1,5 foizini (yapon 
korporatsiyalarida 2,5 foizni) tashkil etadi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
Personalni boshqarish tamoyillari deganda nimani tushunasiz? 
2.
Personalni boshqarishga oid qanday yondashuvlar mavjud? 
3.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini tushuntirib bering. 
4.
Boshqaruvning qanday uslublarini bilasiz? 
5.
Personalni boshqarish vazifa va funktsiyalarini izohlang. 
6.
Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik uslublar tasnifiga nimalar 
kiradi? 
7.
Personalni boshqarish xizmati deganda nimani tushunasiz? 
8.
Personalni boshqarishning guruhli (matritsali) tashkiliy tuzilmasining 
mohiyatini tushuntirib bering. 
9.
Personalni boshqarish xizmati funktsiyali tuzilmasiga qaysi bo’limlar kiradi? 
10. Personalni 
boshqarishda 
chet 
el 
tajribalarini 
o’rganishning 
mohiyatini tushuntirib bering. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə