O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


62 
 
IV bob. PERSONALNI REJALASHTIRISH 
 
4.1. Personalni rejalashtirish: mohiyat, maqsad va vazifalar 
 
Personalni rejalashtirish 
— personalni rivojlantirish, uning kasbiy va 
malaka tarkibini hisobga olish, personalga umumiy va qo’shimcha ehtiyojni aniqlash, 
xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan 
faoliyatdir. 
Personalni rejalashtirishning asosiy afzalliklari quyidagilarda namoyon 
bo’ladi: 

xo’jalik faoliyati strategiyasiga taalluqli kadrlar masalalari va ehtiyoji 
(tashqi va ichki)ni aniqlash; 

xo’jalik faoliyati yuritish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida amalga 
oshirilishi kerak bo’lgan kadrlar masalalari va investitsiyalarini belgilash; 

kadrlar bo’yicha dasturlarning xo’jalik faoliyatini yurgizish umumiy 
strategiyasiga muvofiqligini kafolatlash; 

personal bilan ishlash yordamida korxona raqobat bardoshligini, uning 
samaradorligini oshirish; 

personalning ortishi yoki uni qisqartirish bilan bog’liq rejalarni amalga 
oshirish. 
Personalni rejalashtirishning mohiyati 
kadrlarga ularning qobiliyatlari, 
qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va kerak bo’lgan 
miqdorda ish o’rni takdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ish 
o’rinlari mehnat unumdorligi va qiziqish uyg’otishi nuqtai nazaridan mehnat 
kishisiga eng maqbul ravishda o’z qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratishi, 
mehnat unumdorligini oshirishi. munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish bilan 
bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak. 
Personalni rivojlantirish ham tashkilot rahbariyati, ham uning personali 
manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiriladi. Personalni rejalashtirish yanada 
yuqoriroq mehnat unumdorligiga erishish uchun qiziqish va ishdan qoniqish hissini 
uyg’otishi kerak. Insonlarni birinchi navbatda, ularning qobiliyatlarini o’stirish 
uchun sharoit yaratilganligi hamda yuqori va doimiy ish haqi, kafolatlangan ish 
joylari qiziqtiradi. Shuning uchun personalni rejalashtirishning eng muhim 
vazifalaridan biri firmaning barcha xodimlari manfaatlarini hisobga olishdir. 
Personalni rejalashtirish vositalari bilan ish beruvchilar va ish 
yollanuvchilarning iqtisodiy hamda boshqa manfaatlarini tenglashtirish vazifasini 
bajaradi. Tashkilot personali bilan ishlash tizimida personalni rejalashtirishning 
o’rni yanada oshib bormoqda. 
Hozirgi vaqtda hamma joyda ham personalni rejalashtirishga ishlab 
chiqarishni rejalashtirishdek muhim ahamiyat berilmaydi. Holbuki, ishlab 
chiqarishdagi tashkiliy-texnologik o’zgarishlar personalni oldiga qo’yilgan ishlab 
chiqarish va boshqaruv vazifalarini hal etishlari uchun o’z vaqtida tayyorlashni talab 
etadi. 
Ayni vaqtda bu yo’nalishda ish joylari o’zgarayotgan yoki tugatilayotgan 


63 
xodimlar o’rtasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan ijtimoiy muammolarni hal etish 
zarurati ham ushbu masalaning nihoyatda dolzarbligidan dalolat beradi. Ularni qisqa 
muddat ichida hal etib bo’lmaydi. Shunday ekan, personalni rejalashtirish 
korxonaning o’z personaliga nisbatan mas’uliyati ifodasi ham hisoblanadi. 
Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, personalni rejalashtirish ishlab 
chiqarishni rejalashtirishning umumiy jarayoniga uzviy bog’liqholda amalga 
oshirilgan taqdirdagina yuqori samara keltiradi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə