10
chiqqan holda xodimlar tarkibi ma’nosini beradi”.
1
Avvallari bu tushuncha “kadrlar”
atamasi sifatida qo’llanib kelingan.
Personal, ishlab chiqarish personali hamda boshqaruv personali (1.1- rasm)dan
iboratdir.
Ishlab chiqarish personali (ishchilar)
- odatda moddiy ishlab chiqarishda band
bo’lgan xodimlardan iboratdir. Ular
mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga
servis xizmati ko’rsatishni amalga oshiradilar.
Ishlab chiqarish personali, o’z
navbatida, ikki toifaga bo’linadi:
asosiy personal
-
asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig’ish bilan band
ishchilar;
yordamchi personal
- asosan korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarida
band ishchilar.
Ishlab chiqarish personalining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyim-
kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo’ladi.
Boshqaruv personali
(xizmatchilar) - odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band
bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular
mehnat faoliyatining
asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar,
ma’lumotlar to’plash,
ularni umumlashtirish, tahlil etish,
qarorlar loyihalarini
tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini
amalga oshirish va nazorat qilishdir.
Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: