O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

-
 
mahsulot sifati; 
-
 
xizmat ko’rsatish sifati; 
-
 
korxona sifati.
 
6.
 
Komanda - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. 
Korxonada mehnat 
qiluvchi hamma insonlar xodimlar hisoblanadi. Ular ijtimoiy guruh - komanda 
a’zolaridir. Komanda va unga a’zolarning korxona muvaffaqiyatida ham, 
muvaffaqiyatsizligida ham hissalari bor.
 
7.
 
Personalni o’qitish. 
Bu taraqqiyot va yangilanishlar kaliti hamda korxona 
uchun hayotiy zarurat hisoblangan korxonadagi o’zgarishlar jarayonining tarkibiy 
qismidir. Ta’lim dasturlari xodimlar aqli va qalbiga murojaat qilishi kerak.
 
Mazkur tamoyillar korporativ madaniyatni shakllantirish va shaxsni har 


12 
taraflama kamol toptirishga qaratilgan. Ular zamonaviy texnologiya va konsalting bilan 
birgalikda personalni boshqarish darajasini sezilarli darajada takomillashtirish imkonini 
beradi. 
 
1.2. Personalni boshqarish fanining mohiyati, predmati va maqsadlari 
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga oo'tishi xodimlarni boshqarish 
tizimida bir qator vazifalarni amalga oshirilishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida korxona va tashkilotlarning o’z mavqelarini saqlab qolishi,ularning 
raqobatbardoshligini ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
maqsadida xodimlarni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar 
ilmiy va amaliy usullarni to’gri tanlashni talab etadi. 
Avvallari korxona va tashkilotlardagi kadrlarni boshqarish bo’yicha asosiy 
tarkibiy bo’linma kadrlar bo’limi bo’lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va 
bo’shatish, shuningdek, o’qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi 
vazifalar yuklanar edi. Shu sababli ham kadrlar bo’limi xodimlarni boshqarish va 
ularga yetarli ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator 
vazifalarni bajarmasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib 
borayotgan hozirgi davrda xodimlarni boshqarish sohasida. «Kadrlar tayyolash milliy 
dasturi»ga muvofiq bir qator talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari: 
ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarga o’zaro shaxsiy hamda rahbarlik 
munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish hamda ijtimoiy 
ixtiloflarni hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlarni boshqarish tizimini axborot 
bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; yuqori lavozimlarga nomzodlarni 
tanlash va baholash; kadrlar patensialini va xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil 
qilish; 
kadrlar 
boshqaruvi; 
xizmat 
martabasini 
rejalashtirish 
va 
nazorat 
qilish;xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi 
motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlarini tartibga 
solish masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat estetikasini 
amalga oshirilishini kuzatish va shunga muvofiq choralar ko’rishdan iboratdir. 
Shunga ko’ra kadrlar bo’limining ham bajradiga vazifalar doirasi kengayib, ayni 
paytda kadrlar bo’limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil etish va ish haqi bo’limlari, 
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi bo’limlari va shu kabi bo’limlar bilan 
birgalikda xodimlarni boshqarish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat 
bo’ladi.Yangi xizmatlarning vazifasi korxon va tashkilotlardagi kadrlar siyosatini 
amalga oshirishdan, mehnat patinsialini boshqarish sohasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirishda iborat. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida ikkinchi darajali deb qaralgan bu 
vazifalarga bozor munosabatlari sharoitida alohida e’tibor qaratib, ularning 
bajarilishidan har bir korxona manfaatdordir. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə