O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


I bob. PERSONALNI BOSHQARISHNING KONSEPTUAL



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

I bob. PERSONALNI BOSHQARISHNING KONSEPTUAL 
ASOSLARI 
 
1.1.
 
Personalni boshqarish - fan sifatida 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yuqori samara bilan faoliyat 
ko’rsatishi, muvaffaqiyatli raqobat qila olishi fanda “Personal“ atamasi bilan 
nomlanadigan mehnat jamoasining tarkibi, malakasi, salohiyati, ijodiy izlanishi, 
mas’uliyati kabi juda ko’pg’ina sifatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi amaliy 
isbotini topgan. Bugungi kunga kelib mazkur masalalar bilan maxsus shug’ullanuvchi 
„Personalni boshqarish” fani tobora rivojlanib bormoqda. 
G’arb davlatlarida bozor iqtisodiyoti sharoitlarida “Personalni boshqarish” 
ko’proq 
“menejment” 
atamasi bilan nomlanadi. 
Menejment 
(inglizcha 
“management”
so’zidan) - bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida iqtisodiy boshqaruv tamoyillari, funktsiya va uslublarini qo’llagan holda 
moddiy 
va 
mehnat 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanish 
hisobiga 
belgilangan'maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir. 
Menejment aslida “boshqaruv” so’zining sinonimi hisoblanib, asosan bozor 
iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni boshqarishni anglatadi. 
Menejment deyilganda quyidagi ma’nolar anglanadi: 
1.
Korxonaning boshqaruv xodimlari boshqaruv apparati sifatida. 
2.
Boshqaruv apparati korxonada bajaradigan funktsiyalar. 
3.
Menejment korxonani ilmiy asosda boshqarish sifatida.
Menejment funktsiyalari tizimida personalni boshqarish vazifalari qanday 
o’ringa egaligi eng muhim masaladir. Menejment funktsiyalaridan personalni 
boshqarish funktsiyalari farklanadi.
Menejmentning umumiy funktsiyalari 
deyilganda korxona ko’lamida maxsus 
funktsiyalardan birini bajaruvchi alohida bo’linma faoliyati tushuniladi. Boshqaruv 
xodimlari 
menejmentining 
barcha 
funktsiyalarini, 
shuningdek, 
korxonalarni 
boshqarishning maxsus funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarurdir. Xuddi mana 
shu menejmentning maxsus funktsiyasi hisoblangan personalni boshqarish alohida 
o’ziga xos xususiyatga ega. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə