O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Xalqlarning boyligi tabiati va sabablarini tadqiq qilish”



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Xalqlarning boyligi tabiati va sabablarini tadqiq qilish” 
asari erkin bozorga ega 
bo’lgan iqtisodiy jamiyat taraqqiyotining nazariy asosi, qisman ijtimoiy modeli bo’ldi. 
Bu mumtoz asardagi shaxsiy rag’bat va mehnatning chuqur taqsimoti g’oyasi menejment 
nazariyasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi. 
Amerikalik muhandis-mexanik
Frederik Teylor 
ilmiy menejmentning asoschisi 
hisoblanadi. Uning “
Sex menejmenti” 
(1903) va “
Ilmiy menejment tamoyillari va 
usullari” 
(1911) asarlarida menejment va personalni boshqarish sohasidagi asosiy 
tamoyillar aniq ravshan bayon etilgan. 
Ushbu yangiliklar ilmiy menejment tizimi tarkibiy elementlarini tashkil etdi. 
Ular asosini to’rt tamoyil tashkil etardi: 
1.
Ma’muriyat “eski an’anaviy va qo’pol amaliy uslublar o’rniga” korxonada 
qo’llanilayotgan mehnatning barcha turlari ilmiy poydevorlarini ishlab chiqarishni o’z 
zimmasiga oladi. 
2.
Ma’muriyat ilmiy asosda ishchilarni sinchiklab tanlab oladi, so’ng har bir 
ishchini mashq qildiradi, o’qitadi va rivojlantiradi. Holbuki, avvallari ishchi o’ziga 
1
Тсмур тузуклари. Т.: Шарқ, 2005. - 13- бст


19 
o’zi kasb tanlar va bilganicha bu kasb bo’yicha mashq qilardi. 
3.
Ma’muriyat ishlab chiqarishning barcha alohida tarmoqlari o’zi oldin ishlab 
chiqqan ilmiy tamoyillarga mos kelishiga erishish yo’lida ishchilar bilan dildan 
hamkorlikni amalga oshiradi. 
4.
Korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasida deyarli bir xil mehnat va 
mas’uliyat taqsimoti o’rnatiladi.
1
Amerikalik amaliyotchi olim
Garrington Emersonning „Unumdorlikning 12 
tamoyili" 
(1912) kitobi ham menejment fanining mumtoz asari hisoblanadi. Tahlilchi 
olim iste’dodi, AQSH, Meksika, Kanada kompaniyalarida 20 yil davomida orttirilgan 
boy tajriba G.Emersonga mehnatni samarali tashkil etishni ta’minlaydigan personalni 
boshqarish tizimini quyidagi 12 tamoyil asosida qurish zarurligini asoslab berishga 
imkon tug’dirdi: 
1)
aniq ko’zlangan g’oyalar va maqsadlar; 
2)
sog’lom ma’no; 
3)
malakali maslahat; 
4)
intizom; 
5)
personalga adolatli munosabat; 
6)
tezkor, ishonarli, to’liq, aniq va doimiy hisob-kitob; 
7)
dispetcherlash (nozimlash); 
8)
me’yorlar va ish tartibi; 
9)
sharoitlarni me’yorlashtirish; 
10) operatsiyalarni me’yorlashtirish; 
11)yozma standart yo’riqlar; 
12)unumdorlik uchun mukofot.
2
Ushbu tamoyillari barcha yollanma xodimlar - ishchilar uchun ham
xizmatchilar uchun ham bir xil darajada taalluqli bo’lgan mehnatni tashkil etishga 
o’ziga xos kompleks yondashuv G.Emersonning personalni boshqarish nazariyasini 
rivojlantirishga qo’shgan sezilarli hissasi bo’ldi. 
Fransiyalik muhandis 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə