O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Mehnat munosabatlari 
quyidagi omillarga bog’liqdir: 
-
 
shaxsning amaliy sifatlari; 
-
 
shaxsning ahvoli (uning maqsadlari, psixofiziologik qobiliyati, ma’naviy 
xislatlari, ziyoliligi); 
-
 
xodimlar malakasi; 
-
 
xodimning korxonadagi vaziyatdan hamda korxonani rivojlantirish 
istiqbolidan xabardorligi; 
-
 
mehnatga haq to’lash miqdori, mukofot va imtiyozlar, ish haqi oshish 
istiqbollari; 
-
 
mehnat tarkibi va taqsimoti; 
-
 
mehnatning tashkil etilishi va mehnat sharoitlarining yaxshilanishi; 
-
 
xodimlarning ishlab chiqarishdagi shaxsiy maqsadlari, ijtimoiy muhit; 


17 
-
 
xodimlar va rahbarlar, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar; 
-
 
boshqaruv uslubi. 
Mazkur omillar har bir korxonaning o’ziga xos xususiyatlariga qarab yaxlit 
tizimni tashkil etadi. Personalni samarali boshqarish ana shu omillarni bilish va shu 
orqali korxonadagi tabiiy jarayonlarni rivojlantirishga, xodimlar salohiyatini korxona 
maqsadlariga yo’naltirishga bog’liqdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida personalni boshqarish vazifalariga ikkinchi 
darajali masala sifatida qarash barham topdi. Hozirgi vaqtda har bir xo’jalik rahbari 
bu vazifalarni hal etishdan manfaatdordir. 
Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti ma’muriy buyruqbozlik tizimidan farqli 
ravishda personalni boshqarishga yanada qat’iyatliroq yondashuvni talab etadi. Bu, eng 
avvalo, har bir korxona o’z personalining bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tavakkalchilik 
asosida faoliyat yuritishlari bilan izohlanadi. Ana shunday vaziyatda personalni boshqarish 
xizmati xodimlarining mulk egalari oldidagi mas’uliyati keskin ortadi. 
Raqobatga asoslangan bozor munosabatlariga o’tish boshqaruv tashkiliy 
tuzilmalarini takomillashtirishni, qat’iy ierarxiyaga asoslangan tarkibiy tuzilmalarni 
egiluvchan, moslashuvchan, tadbirkorlikning muayyan turlariga ixtisoslashgan 
bo’linmalarga aylantirishni hayotiy zaruratga aylantiradi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə