O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

2.
 
Taktik daraja
. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga 
taalluqli ekanligini anglatadi. 
3.
 
Strategik daraja.
U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan 
uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish, 
korxona ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi 
bozorini prognoz qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Personalni boshqarish asosiy tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan 
iboratdir: 
Kadrlar siyosati 
- personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va 
strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu 
maqsadga yo’naltiriladi. 
Personal 
- korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat 
ko’rsatuvchi kichik personal. 
Personalga ega bo’lish 
- korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq 
barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga 
kirishishlariga tayyorlash. 
Personalni rejalashtirish 
- personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini 
belgilab olish. 
Personalni rivojlantirish 
- personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash 
va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib 
borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish. 


14 
Personalni bo’shatish 
- shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan 
bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar. 
Personalni baholash 
- korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish 
pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə