O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Personalni boshqarish fanining predmeti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Personalni boshqarish fanining predmeti
- korxona va tashkilotlarning 
samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida xodimlarga kerakli ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar 
tizimidir. 
Ushbu kursni o’rgatishdan maqsad talabalarga xodimlarni boshqarish ilmini 


13 
amaliyotga qo’llay biladigan darajada ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. U 
talabalarda ishlab chiqarishdan ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi 
xodimlarni boshqarish bo’yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni 
shakllantirishga yo’naltirilgan. 
Personalni boshqarish 
fanining mazmuni korxona 
xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini; bu borada nazariy va amaliy 
masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonlaridan 
iborat. 
Personalni boshqarish 
yoki 
personal menejmenti 
deyilganda ham alohida 
menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo 
boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. 
Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq 
insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv 
funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir: 
1.
 
Insonlarga rahbarlik qilish 
(etakchilik).
 
2.
Tahliliy ish. 
Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni 
hisoblash, uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish), 
shuningdek, personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir. 
Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq 
quyidagi uch darajada amalga oshiriladi: 
1.
 
Tezkor daraja. 
U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni 
boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni bu darajada 
personalni boshqarishning barcha funktsiyalari - xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni 
tahlil etishdan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar 
hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə