O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Personalni boshqarish 
- alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini 
ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy
ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Personalni 
boshqarishning asosiy funktsiyalarini o’zida aks ettiruvchi to’rt tarkibiy qism 
mavjuddir: 
1.
Personalni tanlash. 
2.
Personalni rivojlantirish. 
3.
Personalni baholash. 
4.
Personalni rag’batlantirish. 
“Personal” hozirgi vaqtda iqtisodiyot fanida umum e’tirof etilgan atama 
hisoblanib, mehnat jamoasi tarkibiy qismlarini qamrab oladi. U mohiyat bo’yicha 
“O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qayd etilgan “xodim” atamasidan kelib 


10 
chiqqan holda xodimlar tarkibi ma’nosini beradi”.
1
Avvallari bu tushuncha “kadrlar” 
atamasi sifatida qo’llanib kelingan. 
Personal, ishlab chiqarish personali hamda boshqaruv personali (1.1- rasm)dan 
iboratdir. 
Ishlab chiqarish personali (ishchilar) 
- odatda moddiy ishlab chiqarishda band 
bo’lgan xodimlardan iboratdir. Ular mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga 
servis xizmati ko’rsatishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish personali, o’z 
navbatida, ikki toifaga bo’linadi:
asosiy personal 
- asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig’ish bilan band 
ishchilar; 
yordamchi personal 
- asosan korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarida 
band ishchilar. 
Ishlab chiqarish personalining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyim-
kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo’ladi. 
Boshqaruv personali 
(xizmatchilar) - odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band 
bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular mehnat faoliyatining 
asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar, 
ma’lumotlar to’plash, ularni umumlashtirish, tahlil etish, qarorlar loyihalarini 
tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini 
amalga oshirish va nazorat qilishdir. 
Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə