O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

1.4. Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari 
Boshqaruv tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining bu sohasiga oid 
g’oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan yuzlab, hatto minglab yillar ilgari 
mavjud bo’lganligini kuzatish mumkin. 
Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning bunyod etilishi bugungi kunda 
“personalni boshqarish” nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol 
bo’la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 2,5 tonna og’irlikka ega 
og’ir toshlardan qad rostlagan. Bu toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan ancha 
olisda tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish va o’rnatish puxta 
rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa, ehromlarni barpo qilayotgan, asosan qullardan 
iborat 100 ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o’ttiz yil davomida boshqarib 
turish oson bo’lmagan. 
Mehnatni tashkil etishning yuqori samarali usullari qadimgi Rim va SHarqda 
ham mavjud edi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib, nafaq iqtisodiy, 
balki madaniy va ma’naviy yuksalish jarayoniga dadil kirib bormokda. 
Ayniqsa, buyuk Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyodkorlik, harbiy va 
boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta ahamiyatga egadir. 
Amir Temurning daho darajasidagi sarkarda bo’lganini butun dunyo tan oladi, 
Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etish tartibi 
o’z davrida boshqaruv namunasi deb hisoblanadi. Buyuk Amir Temur hokimi mutlaq 
bo’lgan, ijroiya hokimiyatni devonbegi - bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat 
arkoni davlat - 
Vazirlik Mahkamasi 
boshqargan. Vazirlardan biri - 
mamlakat va raiyat 
vaziri 
viloyat va tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar va obodonchilik 
masalalari bilan shug’ullan-gan. Ikkinchisi - 
vaziri sipoh, 
deb atalib harbiy ishlar 


18 
vaziri hisoblangan. Saltanatda 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə