O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


tijorat  (savdo),  moliya ishlari vazirlari



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

tijorat 
(savdo), 
moliya ishlari vazirlari 
bo’lgan. Qolgan 
uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilgan. Bu 
uch vazir saltanatning “xolisa”, deb yuritilgan bosh nazorat hay’atini ham tashkil 
etgan. 
7 vazir devonbegiga bo’ysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy 
ishlarini amalga oshirganlar. 
Mamlakat ma’muriy jihatdan 
ulus, viloyat 
va 
tumanlarga 
bo’li-nib. ular 
hokim, 
noib 
va 
tuman boshliqlari 
tomonidan boshqa-riltan. Bu boshqaruv rahbarlarining 
aksariyati harbiylar-amirlar bo’lgan. Har bir shahar va viloyatlarning 
moliya devoni, 
qozisi, muftisi, mutavallisi 
va 
muxtasibi 
bo’lgan. 
Buyuk Sohibqiron ishning ko’zini biladigan tadbirkor, qobiliyatli insonlarni 
yuksak qadrlagan. “Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, jang ko’rgan, 
mard, shijoatli bir kishi, mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir 
kishi minglab kishiga ish buyuradi”
1

Amir Temurning boshqaruvni mukammal tashkil etishi, intizomga qat’iy 
rioya etilishi ulkan saltanatni muvaffaqiyatli idora etish, beqiyos bunyodkorlik 
ishlarini amalga oshirish imkonini berdi. 
Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga. 
XVII - XVIII 
asrlardagi 
sanoat inqilobi juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bug’ dvigatelining ixtiro qilinishi bilan 
korxonalar uchun manufak-tura xo’jaligi chegaralari juda torlik qilib qoldi. Fabrikalarni 
rivojlashtirish uchun sarmoyaga bo’lgan ehtiyoj keskin o’sdi. Bu esa aksiya kapitaliga 
keng yo’l ochib berdi. Ana shunday sharoitlarda boshqaruv faoliyatining 
mushkullashib ketganligi bu sohada yollanma boshqaruvchilar va mutaxassislarning 
paydo bo’lishiga olib keldi. Aksiyador mulk egalari o’z manfaatlarini amalga oshirish 
vako-latini, buning uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy me’yorlarni ishlab chiqqan 
holda boshqaruvchi menejerlar ixtiyoriga berdilar. Bu jamiyat taraqqiyotida g’oyatda 
muhim bosqich bo’ldi. 
1776 yilda shotlandiyalik olim, professor Adam Smit tomonidan nashr etilgan 


Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə