30
II bob. KORXONA VA UNING PERSONALI
2.1. Korxonalar va ularning turlari
O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq:
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik xuquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish
bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish
asosida mahsulotni ishlab
chiqaradigan, sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat
ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllarining huqukliligi
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil
xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona deb ataladi”.
1
Korxona faoliyati maqsadlari o’z mahsulotlari ishlari va xizmatlariga bo’lgan
ehtiyojlarni
qondirish, shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy
manfaatlarini hamda korxona mulk egasi manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to’g’risida”gi
qonunida belgilab
qo’yilgan mulk shakllariga binoan korxonaning quyidagi turlari farqlanadi:
-
jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;
-
shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab
chiqarish kooperativlari, xo’jalik
jamiyatlari va shirkatlariga, jamoat tashkilotlariga
qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;
-
aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo’shma
korxonalar hamda
mulkchilikning turli shakliga mansub to’liq yoki hissador yo’sinda ishtirok etishga
asoslangan boshqa korxonalar.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona
ishchilar soniga qarab
Dostları ilə paylaş: