31
to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan
va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi.
Xususiy
korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy
korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1- rasm) bo’lishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning
asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir:
-
nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
-
xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish;
-
reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;
-
xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul
qilish;
-
xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish;
-
xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga,
ijaraga berish,
garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga hissa tariqasida kiritish va
hokazolar).
Dostları ilə paylaş: