|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiA. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)Dekompozitsiya
— murakkab masalalarni bo’laklarga bo’lib, soddalashtirgan
holda taxdil etish uslubidir.
Bosqichma-bosqich
tahlil usulida personalni boshqarish tizimiga eng sezilarli
ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi.
Taqqoslash
— mavjud bo’lgan tizimlarni solishtirish orqali eng maqbul usul
tanlanadi.
Dinamik
— usul barqaror miqdor ko’rsatkichlarini taxdil etishga asoslangan.
Maqsadni tizimlashda
personalni boshqarish tizimining korxona (tashkilot)
maqsadlarga muvofiqligining miqdor va sifat ko’rsatkichlari taxdil qilinadi.
Ekspert-tahliliy
usulda personalni boshqarishga yuqori malakali ekspertlarni
jalb etish ko’zda tutiladi.
Me’yor
usuli personalni boshqarish funktsiyalari tarkibi va mazmunini
belgilaydigan me’yorlardan qo’llanishga asoslangan.
Parametrli
usul vazifasi ishlab chiqarish tizimi va personalni boshqarish tizimi
o’rtasidagi funktsiyali bog’liklikni aniqlashdir.
Funktsiyaviy-qiymat
tahlili, pirovard natija nuqtai nazaridan, eng kam xarajat
talab qilinadigan, eng samarali usulni aniqlashni ko’zda tutadi.
Bosh tarkib
usuli bitta ko’rsatkich (tarkib)da o’nlab ko’rsatkichlar xususiyatlarini
aks ettiradi.
Balans
usuli balansli taqqoslash imkonini beradi.
Tajriba
usuli o’xshash tizimdagi tajribadan foydalanishni ko’zlaydi.
O’xshashlik
usuli iqtisodiy-tashkiliy ko’rsatkichlari o’xshash bo’lgan tizim
bilan solishtirishga asoslangan.
Ijodiy kengashlar
usuli personalni boshqarishni rivojlantirish yo’nalishlarini
jamoa holda muhokama etishga qaratilgan.
Jamoa yon daftari
(g’oyalar banki) usuli har bir ekspert tomonidan
bildirilgan fikrni jamoa muhokamasiga qo’yishni anglatadi.
Nazorat savollari
usulida avvaldan tayyorlab qo’yilgan savollar orqali oldinda
turgan vazifalarni ijodiy hal etishni faollashtirishga qaratilgan.
|
|
|