54
Bular:
1)
personalga ehtiyojlarni rejalashtirish;
2)
personalni tanlash;
3)
personalni yollash;
4)
personalni rivojlantirish;
5)
personalni yo’naltirish;
6)
martaba;
7)
personalni baholash;
8)
personalni rag’batlantirish.
Korxona personalini boshqarishningtashkiliy tuzilmasi ushbu korxonada tarkib
topgan faoliyat turi, vazifalar taqsimotiga bog’liqdir. Korxonada mehnatni tashkil
etishning turli shakllari — pudrat, brigada, vaxta usullari bo’lishi mumkin.
Mutaxassislar personalni boshqarishning bir necha tashkiliy tuzilmalari
mavjudligini ko’rsatadilar. Ularning har biri bu masalaga yondashuv tamoyilini ifoda
etadi
Personalni boshqarish xizmatlari
korxonada personal bilan ish olib boruvchi
asosiy bo’g’indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi, hozirgi bozor
sharoitida raqobatning kuchayishi, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati
personalni boshqarish xizmat-larining roli va ahamiyatini kuchaytirib yuboradi.
Samarali faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya va firmalar bugungi kunda
innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, tashkiliy tuzilmalar yaratish
bilan inson resurslarini boshqarish, mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari
o’rtasidagi mavjud uzilishlarni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida
qaramoqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko’p jihatdan personalni boshqarish
xizmatiga bog’liq bo’lib qoladi.Iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlar
an’anaviy kadrlar bo’limlarining funktsiyalari yo’q bo’lib ketadi, degan ma’noni
bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy imtiyozlarni
taqsimlash masalalari bundan buyon ham personalni boshqarish xizmati
funktsiyalarida asosiy o’rinlarni egallashi aniq. Shu bilan bir qatorda, bu
funktsiyalarni amalga oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan o’zgarishlar
Personalni
rejalash
Ishga yollash
Tanlash
Ish haqi va
imtyozlar
Kasbga
ko’nikish
O’qitish
Attestatsiya
Zahira rahbarlarini
tayyorlash
Dostları ilə paylaş: