O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Morfologik tahlil 
personalni boshqarish ayrim funktsiyalarini amalga 
oshirish uchun hamma takliflardan eng maqbulini tanlab olishga qaratilgan. 
Personal bilan suhbatlashish (interv’yu olish) 
ish jarayonini tahlil etish uchun 
zarur axborot olishga qaratilgan. 
So’roqnoma 
— eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo’lib, personalning fikr-
mulohozalarini so’roqnomalar orqali o’rganishni ko’zda tutadi. 
Faol kuzatuv 
— ish vaqtini xronometraj qilish maqsadiga qaratilgan. 
Personal to’g’risida keng ko’lamli axborot to’plashga qaratilgan yuqoridagi barcha 
uslublardan turli shakllarda foydalanish mumkin. Ammo, bu uslublardan foydalanishda albatta, 
quyidagi tamoyillarga rioya qilish kerak: 
1.
Muvofiqlashtirish, me’yorlash, ma’muriy choralar (rahbarlik vakolatlaridan 
foydalanish), yo’riqnoma, ruxsat berish. 
2.
Iqtisodiy rag’batlantirish, mukofotlash, foyda taqsimotida ishtirok, ijtimoiy to’lovlar, 
moliyalash, personal uchun xarajat-larni tahlil etish, iqtisodiy mezonlarga qarab baholash, 
kreditlash. 
3. Personal marketingi, mehnat faoliyatini tashkil etish,rejalashtirish, prognozlash, 
mavjud, tarixan tarkib topgan kadrlar boshqarmasi tizimini tahlil etish. 
4.
Ijtimoiy-psixologik qiziqtirish, ishontirish, tarbiyalash, amaliy va shaxsiy xislatlarini 
baholash, attestatsiyadan o’tkazish, ijtimoiy masalalar, mojarolar va tanglik holatlarni hal 
etish, moslashtirish, kasbga yo’naltirish, shaxsiylashtirish. 
5.
Huquqiy-professional himoya, shartnomalar tuzish va ularga amal qilinishini 
tekshirish, huquqiy ruxsat berish va muvofiqlashtirish. 
Umuman olganda personalni o’rganishning zamonaviy uslublari, birligidan, xodimlar 
salohiyatini aniqlash uchun ularning shaxsiy xislatlari va qobiliyatlarini, ikkinchi tomondan 
korxona (firma)ni rivojlantirish istiqbollari hamda ish faoliyatining yangi yo’nalishlarini 
hisobga olgan holda personalga qo’yiladigan miqdor va sifat talablarini o’rganishni talab 
qiladi. 
Personalni boshqarishning “yuqoridan quyiga” tizimi kadr-larni tanlash, baholash, 
rag’batlantirish va rivojlantirish bo’yicha qaror qabul qilishni markazlashtiradi. 
Boshqaruvning “quyidan yuqoriga” tizimi esa qaror qabul qilishni barcha darajalar bo’yicha 
taqsimlaydi. 
Personalni boshqarishni tashkil etishda ijro mas’uliyati guruhga yoki shaxsga 
yuklatilishi muhim ahamiyatga egadir. 
Ishlab chiqarish topshirig’ini guruh bilan ijro etish tizimi personalni tanlashda ijtimoiy 
o’zaro muvofiqlikka alohida e’tibor qaratilishini talab qiladi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə