53
chiqarishining umumiy strategiyasi mavjud bo’lgan taqdirdagina personalni boshqarish
funktsiyalariga aniqlik kiritish imkoni bo’ladi.
Personalni
boshqarish
strategiyasi
bilan
tadbirkorlik
strategiyasini
muvofiqlashtirish boshqaruvning asosiy funktsiyalarini qamrab oladi va quyidagilardan iborat
bo’ladi:
—
ishlab chiqarish maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish uchun korxona personalini
tanlash, yollash va shakllantirish;
—
personalni baholash;
—
tashkiliy tuzilmani rivojlantirish hamda korxonada har bir xodim ijodiy faolligini
namoyon etishga yordam beradigan ma’naviy muhitni yaratish;
—
xodimlar salohiyatidan imkon boricha yaxshi foydalanish, mazkur
salohiyatni rag’batlantirish;
—
korxonaning har bir xodim oldidagi ijtimoiy mas’uliyati kafolatini
ta’minlash.
Amaliy jihatdan personalni boshqarishning quyidagi asosiy funktsiyalarini
ajratib ko’rsatish mumkin ( 3.8-rasm):
—
o’z firmasi strategik va taktik maqsadlarini, bularni amalga oshirish
yo’llarini aniqbilish;
—
—oldini olish choralarini ko’rish uchun mehnat bozori va o’z jamoasidagi
ahvolni bashorat qilish;
— mavjud kadrlar salohiyatini tahlil qilish va istiqbolni ko’zlagan holda bu
salohiyatni rivojlantirishni rejalashtirish;
— personalni qiziqtirish, kadrlarni baholash va o’qitish, joriy etilgan
yangiliklarga xodimlar ko’nikishiga ko’maklashish, jamoada ijtimoiy qulay muhitni
yaratish, xodimlarning psixologik jihatdan o’zaro bir-birlariga mos kelishlari
masalalarini hal etish va boshqalardir. Bu o’rinda personal bilan ishlashda an’anaviy
vazifalar ham saqlanib qolishini ta’kidlash lozim.
Personalni boshqarish nazariyasida, odatda, sakkizta asosiy funktsiyani bajaradi.
Dostları ilə paylaş: