O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

1. Investitsiyalashdan oldingi faza.
Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki 
izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan davr. 
U bir qancha bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi: 
- investitsiya imkoniyatlarini aniqlash; 
- loyihalarning muqobil variantlarining maxsus usullaridan foydalangan holda 
tahlillarni olib borish va loyihani tanlab olish; 
- loyiha bo’yicha xulosa; 
- investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish. 
Mazkur fazada investitsion dastavval g’oyani shakllantirish zarur. Investitsiya 
loyihasi g’oyasi bozorda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilmaganligi 
bilan bog’liq holda, shuningdek, bo’sh pul mablag’lari mavjudligi, tadbirkorlik 
qobiliyati va uning amalga oshirilishi xohishi va shu kabilarning paydo bo’lishi bilan 
bog’liq holda amalga oshiriladi. 
2. Investitsiyalash fazasi.
Bu fazada investorlarga investitsiyalsh hajmi va 
muddatlarini aniqlash imkonini beruvchi strategik rejali qarorlarni, shuningdek, 
loyihani moliyalashtirishning optimal rejasini ishlab chiqish amalga oshiriladi 
(loyihalashtirish, pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun 
shartnomalar imzolash va qurilish-montaj ishlarini olib borish, kapital qo’yilmalarni 
amalga oshirish). 
Loyihani investitsiyalash bosqichida bajariladigan ishlarni quyidagi 3.2-rasm 
orqali ifodalash mumkin. 
3. Ishlab chiqarish (operatsion) fazasi.
Korxona xo’jalik faoliyatining 
yuritilishi. Bunda xom ashyo va materiallar sotib olish, ishlab chiqarishni amalga 
oshirish, mahsulotni bozorga olib chiqish, marketing izlanishlarini olib borish, 
raqobatchi, iste’molchilar tarkibi va munosabatlarining o’zgarishi omillarini 
o’rganish, yangi bozorlarni kashf etish, reklama vositalarini kuchaytirish tadbirlari 
kabilar amalga oshiriladi (yangi mahsulot, to’lov qobiliyati, sifat va baho o’zgarishi, 
korxona imidji, korxona mahsulotlari qalbakiligi to’g’risida axborot). 
Bu fazada hamkorlar bilan bevosita va o’zaro hisoblashish amaliyoti yuz beradi 
va shunga bog’liq holda ishlab chiqarish tashkil etiladi va uning natijalariga ta’sir 


71 
ko’rsatiladi (jumladan, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, vositachilar, 
davlat, ta’sischilar, tijorat banki, sug’urta kompaniyasi va shu kabilar bilan). Buning 
oqibatida mazkur investitsiya loyihasining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini 
baholash imkonini beruvchi pul oqimi va uning harakati yuzaga keladi. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə