O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Loyihaning dastlabki rejasi. Investitsiya oldi tadqiqotlari. Loyihani



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

3.5. Loyihaning dastlabki rejasi. Investitsiya oldi tadqiqotlari. Loyihani 
hayotiyligini baholash 
Investitsiya oldi fazasi natijasi bo’lib, investitsiya loyihasining kengaytirilgan 
biznes-rejasi hisoblanadi. 
Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’iy nazar uning 
ajralmas qismidir. Ilg’or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish 
tashkiliy va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy – 
boshqaruv va moliya muammolarini hal qilish biznes-rejada aks etishi kerak. 
Biznes-reja 
bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish 


73 
imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi. 
Biznes-reja
tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa muammolar 
bo’yicha maslahatlar kerak bo’lsa, bu ishga boshqa soha mutaxassislari jalb qilinishi 
mumkin.
Odatda bunday rejalar 1-3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan 
birinchi yildagi olinadigan samara oylar bo’yicha batafsil, keyingi yili – choraklar 
bo’yicha, keyinchalik yil bo’yicha hisoblanadi. 
Loyihalarni dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash. 
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy 
hisoblash (keyingi o’rinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi)
– variantlarni ko’rib 
chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali 
texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan 
qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni 
moliyalashtirishning mumkin bo’lgan manbalari bo’yicha variantlarni hisobga olgan 
holda moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat. 
Loyihaga mablag’larni investitsiya qilish bo’yicha yakuniy qarorni qabul qilish 
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yakunlangandan keyingina amalga oshirilishi 
mumkin, lekin, bu jarayon uzoq vaqtni va ko’p mablag’ni talab etadi. Shuning uchun 
ham loyihaga katta mablag’larni sarflashdan oldin loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy 
asoslash ishlari amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad – muqobil (alternativ) 
loyihalarni aniqlash, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganib chiqish, mahsulot 
bozorini chuqur o’rganish va tahlil qilish, labaratoriya, tajriba-konstruktorlik ishlarini 
olib borishdir. Loyiha g’oyasi investor uchun loyihani amalga oshirish zarurligini yoki 
loyihani hayotga tatbiq etib bo’lmasligini aniq ko’rsatib berishi kerak. 
Loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash quyidagi tuzilishda amalga 
oshirilishi kerak: 
Rezyume – loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashda ko’rilayotgan barcha 
asosiy masalalarning qisqa mazmuni. 
Loyiha tarixi va uni amalga oshirish sabablari, loyiha homiylari, bajariladigan 
ilmiy-izlanish va tahlil ishlarining qiymati. 


74 
Bozor tahlili va marketing konsepsiyasi: asosiy g’oyani aniqlash, loyiha 
maqsadi va strategiyasi, talab va taklif, mahsulotni sotish prognozi, marketing 
xarajatlari, ishlab chiqarish dasturi. 
Material resurslar – har bir turdagi xom-ashyo va materialga, boshqa turdagi 
resurslarga ehtiyoj va ularning qiymati. 
Investitsiya ob’ektining joylashishi, uchastkasi, atrof-muhit. 
Loyiha-konstruktorlik ishlari: loyiha-quvvati hisob-kitobi, texnologiya, 
uskunalar, fuqarolik qurilishlari va k.h. 
Tashkiliy va ustama xarajatlar: umumiy boshqaruv, sotish xarajatlari
kutilayotgan ustama xarajatlar. 
Mehnat resurslari: ularga bo’lgan talab va ularning qondirilishi, ularga ish haqi 
to’lovlari. 
Moliyaviy tahlil va investitsiya: umumiy investitsiya xarajatlari, loyihani 
moliyalashtirish, ishlab chiqarish xarajatalari, loyiha samaradorligini baholash, 
xarajatlar va foydaning tahlili. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə