75
bo’lsa, investitsiyaning samaradorligi to’g’risidagi, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash
zarurligi yoki zarur emasligi to’g’risidagi qarorni investorlarning o’zlari
mustaqil
ravishda belgilaydi.
Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash loyihadan oldingi injener-
konstruktorlik, texnologik va qurilish qarorlari, muqobil
variantlarni taqqoslash va
tanlab olingan aniq loyihani asoslash ishlarini bajarishni taqazo etadi. Bu jarayonda
loyihaning iqtisodiy (tijorat va moliya) samaradorligi, tabiatni muhofaza qilish bilan
bog’liq bo’lgan ishlar (ekologik) chuqur va har taraflama o’rganib chiqiladi.
Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash investorlar (kreditorlar)ga qurilayotgan
korxona (ob’ekt) moliyaviy jihatdan barqaror va to’lovga
qobiliyatligini asoslash
uchun ishlatiladi va ular tomonidan kiritiladigan mablag’lariga to’lovlarni (dividend
yoki foiz) o’z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo’lishi asoslanadi. Odatda texnik-
iqtisodiy asoslash ishlari loyihachi tashkilotlar tomonidan buyurtmachi o’rtasida
tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi. Shartnomaga buyurtmachi tomonidan
loyihani amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy asoslashning talablari ilova qilinadi.
Investitsiya loyihasi bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash loyiha bo’yicha barcha
ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Investorlar shu ma’lumotlar
tahliliga
asoslangan holda loyihaga mablag’larni investitsiya qilish yoki qilmaslik to’g’risida
qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Loyiha bo’yicha texnik-iqtisodiy
asoslash ishlari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tijorat, texnik, tadbirkorlik va boshqa
xavf-xatarlarni o’rganib chiqish nuqtai-nazaridan tuzilgan bo’lishi va kelajakda
bunday xavf-xatarlar korxonaning samaradorligiga ta’sir
qilmasligi yoki juda ham
kam miqdorda ta’sir qilishini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: