O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Loyihani investitsiyalash bosqichi



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

3.2-rasm.
Loyihani investitsiyalash bosqichi
4. Likvidatsion faza.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish oqibatida 
likvidatsiya amalga oshirilishi yuz bergandagi jarayon hisoblanadi. Bu fazada 
Ishlab chiqarish uchun 
kadrlarni yig’ish va 
tayyorlash 
Qurilish ishlari, 
uskunalarni o’rnatish va 
montaj qilish 
Detalli loyihalashtirish, 
shartnomalar tuzish 
Texnika va 
texnologiyani yakuniy 
tanlash 
Boshqaruvning tashkiliy 
tuzilmasini tanlash 
Erni sotib olish 
(ijaraga olish) 
Qurilish maydonini 
tayyorlash 
Qurilish va ishlab 
chiqarish oldi 
marketingi 
Ta’sis sharnomalarini 
tayyorlash 
Yuridik, moliyaviy va 
tashkiliy bazisni tashkil 
etish 
Ob’ektni ekspluatatsiyaga 
topshirish 
Tenderni (savdoni) 
tashkil etish, o’tkazish 
va takliflarni baholash 
Qurilish montaj ishlarini 
rejalashtirish 
Texnika, texnologiya va 
uskunalarni sotib olish 
Ob’ektni 
ekspluatatsiyaga kiritish 
Investitsiyalash bosqichi 


72 
investorlar va ob’ektdan foydalanuvchilar asosiy vasitalarning amortizatsiya bilan 
birgalikdagi qiymatini aniqlaydi, uning mumkin bo’lgan bozor qiymatini baholaydi
ularni sotish yoki hisobdan chiqarish asoslarini o’rganib chiqadi. 
Likvidatsiyaning kelib chiqishiga investor rejasining o’zgarishi, loyihani 
amalga oshirishda mablag’larning yetishmasligi yoki maqsadsiz ishlatilishi, hisob-
kitoblarning noto’g’ri olib borilganligi va unda yo’l qo’yilgan xatolar, boshqa 
muqobil loyihalarning paydo bo’lishi va boshqa omillar sabab bo’lishi mumkin. Agar 
loyihani yangilash g’oyasi, ehtimolligi, imkoniyati paydo bo’lgan bo’lsa, u holda 
loyihani tugatish, korxonani yopish jarayoni loyihaning tashkiliy strukturasini keyingi 
yangilash va ishni yangidan boshlash imkoniyatlari ko’rib chiqilishi lozim. 
Investitsiyalashdan 
oldingi 
va 
investitsiya 
bosqichi 
investitsion 
loyihalashtirishga, ishlab chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga 
(ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, 
menejment va boshqalar) taalluqlidir. 
Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida taqdim 
etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish 
kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə