O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

 
Temir asosli qotishmalar. 
Temir asosli qotishmalar – shunday materiallarki, tarkibida temir asosiy 
komponent hisoblanadi – boshqa istalgan metallar bilan solishtirganda, ishlab 
chiqarilishi ko‘lami bo‘yicha eng ko‘p miqdorga ega, bundan tashqari qolgan 
material turlaridan ko‘ra muxandislik konstruksiyasining eng muxim materiali 
xisoblanadi. 


65 
Bu materialning keng tarqalganiga asosiy uchta sabab quyidagilardir: 
1)
Temir birikmalarining yer po‘stlog‘ida ko‘p miqdorda ekanligi; 
2)
Temir va uning qotishmalarini ishlab chiqarish, tozalash va qayta ishlash 
nisbatan arzonligi; 
3)
Temir asosli qotishmalarni fizik va mexanik xossalarini boshqarib keng 
qo‘llash mumkin. 
Temir asosli qotishmalarning asosiy kamchiligi – bu ularning korroziyaga 
moyilligidir. 
Quyidagi bo‘limda po‘lat va cho‘yanlarning turli klasslarini va ularning tarkibi, 
mikrostrukturasi va xossalari ko‘rib chiqiladi. Bu materiallarning klassifikatsiyasi 
iqtisodiy jixatga asoslangan sxemasi 7.1 rasmda keltirilgan. 
3
Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons.UK 2014 (409-416 rages.) 
2.1-rasm. Temir asosli turli qotishmalarning klassifikatsiyasi 
Po‘lat, bu mashina va asbobsozlikda, qurilishda, shuningdek turli asboblar 
tayyorlashda ishlatiladigan asosiy materialdir. Po‘latlar nisbatan arzon bo‘lib, ko‘p 
miqdorda ishlab chiqariladi. Po‘lat muhim mexanik, fizik-kimyoviy va texnologik 
xossalar koMnleksiga ega. Po‘latlar kimyoviy tarkibi, vazifasi, sifati, 
oksidsizlantirish darajasi va strukturasiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. 
Kimyoviy tarkibiga ko‘raklassifikatsiyasi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘latlar 
uglerodli va legirlangan xillarga bo‘linadi. Xossalari asosan uglerod miqdoriga 


66 
borliq bo‘lgan po‘lat uglerodli po‘lat deb ataladi. Uglerodli po‘latlar uglerod 
miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25% gacha S), urtacha uglerodli (0,25- 0,6% S) 
va ko‘p uglerodli (0,6% dan ko‘p) xillarga bo‘linadi. 
Metallurgiya zavoddarida temir rudalaridan avval cho‘yan, cho‘yandan esa 
po‘lat ishlab chiqariladi. Uglerodli po‘latlarning asosi temir (97-99,5%) 
bo‘lganligi bilan unda ma’lum miqdorda (Mn,S,Si,P,N) va ba’zi tasodifiy 
qo‘shimchalar (Cr,W,Cu) va boshqa elementlar xam bo‘ladi. Temir uglerod 
qotishmalarining xossalariga uglerodning ta’siri juda katta. qotishmada 
uglerod miqdori ortgan sari uning puxtaligi ortib, plastikligi kamayib boradi. 
Uglerodli po‘latlarda doimo bo‘ladigan elementlar miqdori 
ma’lum darajada, masalan: Mn-0,7%, Si-0,5%, R-0,005%, S-0,05% dan 
oshmasligi kerak. 
Mashinasozlikda ishlatiladigan po‘latlar ishlatish soxalariga va 
kimyoviy tarkibiga ko‘ra tubandagi guruxlarga bo‘linadi. 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə