О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Ta’lim modellarining xususiyatlari



Yüklə 323,35 Kb.
səhifə14/25
tarix25.12.2023
ölçüsü323,35 Kb.
#161546
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Ta’lim samaradorligini t

3-rasm. Ta’lim modellarining xususiyatlari

4-Rasm. Rivojlantiruvchi ta’limda o‘zlashtirishning siklik ketma -ketligi
Ushbu sikl bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish shakli shaxsiy tajriba va qobiliyatni rivojlantirishni universal mexanizmi sifatida qaralib, rivojlantiruvchi ta’limning mohiyatini ochib beradi. Rivojlantiruvchi ta’lim modeli asosida o‘qitishda o‘rganish talabaning mustaqil ishidan ( shaxsiy mustaqil, guruhiy mustaqil, auditoriyada mustaqil ish, auditoriyadan tashqari mustaqil ish va b) boshlanadi va ushbu mashg‘ulot turi yetakchi hisoblanadi. Boshqa o‘quv mashg‘ulot turlari esa ikkinchi darajali bo‘lib xizmat qiladi.
Rivojlantiruvchi ta’limda ma’ruza turlari
Zamonaviy ta’lim jarayoniga yangi guruhiy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llanilishi, o‘z xususiyati bilan boshqa ma’ruzalardan farq qiluvchi mini -ma’ruzalarni yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu ma’ruza turi rivojlantiruvchi ta’lim yetakchi g‘oyasida (paradigmasi)da ham muhim o‘rin egallamoqda. Buning asosiy sabablaridan biri rivojlantiruvchi ta’limda talabalarning mustaqil ishlariga katta e’tibor qaratilishidadir. Bunda asosiy ma’ruza 15-30 minut bo‘lib, qolgan vaqt talabalarning mustaqil yoki guruhiy ishlashlari uchun ajratiladi.
Mini ma’ruzalar ham o‘z vazifasiga bog‘liq holda boshqa ma’ruzalar singari turlicha bo‘ladi. Ta’lim oluvchining mavzuni o‘zlashtirishdagi muammolari va qiyinchiliklariga bog‘liq holda mini-ma’ruzalarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin.
Ma’ruza-navigator. Mini ma’ruzaning birinchi vazifasi an’anaviy o‘qitish shaklidagi kirish ma’ruzasiga mos keladi. An’anaviy ma’ruzadagi kirish ma’ruzasida ma’ruzachi fan bo‘yicha umumiy ma’lumotlar berib, fanning bo‘limlari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, fanning umumiy maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitish sikli modeliga asosan mini ma’ruza-navigatorda ma’ruzachining asosiy maqsadi nafaqat fanning mazmunini ochish va umumiy yo‘l-yo‘riq berish, balki talabalar bilan birgalikdagi guruhiy faoliyat davomida fanning mohiyati va mazmunini yoritishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday ma’ruzalar mazmun-mohiyat jihatidan navigator hisoblanib, talabaga kelajakdagi faoliyatining rejasini ishlab chiqishga, mustaqil o‘rganishi lozim bo‘lgan masalalarni belgilab olishga imkon yaratadi. Shuningdek, talaba tomonidan mustaqil faoliyat chegarasi belgilab olinadi, shaxsiy va guruhiy mustaqil ishlar bo‘yicha talablar hamda topshiriqlar aniqlanadi. Ma’ruza-navigatorlar o‘qitish siklining boshida, talaba mustaqil ishlashga o‘tishdan oldin, har bir o‘qitish fazasi boshida hamda fanni o‘rganish davomida savol yoki muammolar yuzaga kelganda tashkil etilishi mumkin.

Yüklə 323,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə