О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 323,35 Kb.
səhifə1/25
tarix25.12.2023
ölçüsü323,35 Kb.
#161546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Ta’lim samaradorligini t


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA KAFEDRASI


5140200 – FIZIKA TA’LIM YO‘NALISHI BITIRUVCHISI
BOBOMURODOVA GULXAYO MUZAFFAR QIZININING


BAKALAVR DARAJASINI OLISH UCHUN YOZGAN
« Ta’lim samaradorligini ta’minlashda zamonaviy ma’ruzalarning o‘rni »


MAVZUSIDAGI


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Ilmiy rahbar: dots. G. S. Uzoqova


Himoyaga tavsiya etilsin:
______________
Fizika –matematika fakulteti
dekani, prof. A.Q.Tashatov
––––– ––––––––––2016 yil
QARSHI -2016
MAVZU:« TA’LIM SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY MA’RUZALARNING O‘RNI»


MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………………
1-BOB. TA’LIM SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY
MA’RUZALARNING O‘RNI
1.1-§. Zamonaviy ma’ruzalarning ta’lim tizimidagi o‘rni…………………….
1.2-§. Ta’lim bosqichlarida ma’ruza turlari va tashkil etish texnologiyalari tahlili …
1.3-§ Rivojlantiruvchi ta’limda ma’ruzalarning o‘rni.……………………….
2- BOB. FIZIKA TA’LIMIDA ZAMONAVIY MA’RUZALARNI TASHKIL ETISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
2.1-§ Muammoli ma’ruzalarni tashkil etish usullari ………………………….
2.2-§ Zamonaviy ma’ruzalarni loyihalash bosqichlari …………………………..
XULOSA ……………………………………………………………………………
ADABIYOTLAR RО‘YXATI …………………………………………………


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tabiyalash–mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida ta’kidlangan “O‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash ....” dek o‘ta muhim vazifalar ta’lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Ta’lim jarayoni sifati ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, ta’lim jarayoniga jalb qilingan professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati, ta’lim oluvchilar salohiyati, ta’lim berish jarayoni, o‘qitishninг texnik vositalari, ta’lim texnologiyalari, ta’lim jarayonini boshqarishning sifat darajasi kabi omillar bilan ta’minlanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim sohasiga keng kirib kelishi ta’lim xizmatlarining globallashuvi uchun ham katta yo‘l ochmoqda. Rivojlangan davlatlar ta’lim sohasida bo‘layotgan bunday ijobiy jihatlarni e’tiborga olgan holda ta’lim sifatini yuksaltirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy ravishda keng foydalanish davr talabiga aylanib bormoqda.
Ta’limda yangi innnovatsion pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanilayotgan bir vaqtda ta’limning tashkiliy shakllari qanday bo‘lishi lozim? Zamonaviy ta’limda ma’ruzalar qanday o‘rin tutadi?
Oliy ta’lim tizimida ta’limning asosiy shakli - talaba bilan o‘qituvchining turli variantlardagi o‘zaro pedagogik muloqati tushuniladi. Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonining asosiy o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, shuningdek seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, talabalarning mustaqil ishlari va turli amaliyotlardan tashkil topgan. Har qanday ta’lim jarayoni ta’lim maqsadi, mazmuni va boshqa elementlarni o‘z ichiga olgan ta’lim modelini tashkil etadi. Ta’limning tashkiliy shakli ta’lim modelining mohiyatini ochib beradi. Ta’lim modeli va tashkiliy shakl o‘rtasidagi bunday simmetrik bog‘lanish professor-o‘qituvchiga o‘z faoliyatida ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishni talab etadi. Hozirgi zamonaviy ta’lim jarayonida ta’lim modeli va tashkiliy shakli o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, yuqori sur’atda rivojlanayotgan ochiq masofaviy ta’lim boshqa ta’lim modellarida uchramaydigan yangi, jumladan virtual, videokonferensiya kabilarni o‘z ichiga olgan tashkiliy shakllarni yuzaga keltirdi. Lekin, oliy ta’lim tashkiliy shakllarining tashkil etuvchi elementlari nomi qanday yangi shakl olmasin, baribir asosiy ta’lim shakli bo‘lib ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, seminarlar, mustaqil ishlar va amaliyotlar bo‘lib qolmoqda va bular ichida ma’ruza talabalarni nazariy bilim olishlarida, amaliy ko‘nikmalar hamda malakalarini shakllantirishlarida muhim o‘rin tutmoqda. Ma’ruzalarning turli ko‘rinishlardagi shakllari ta’lim jarayonida o‘ziga xos yo‘nalish kasb etib, talabada bilishning an’anaviy mantiqiy ketma-ketligini (qabul qilish, tushunish, o‘qish, fikrlash, qayta ishlash, mustahkamlash) hosil bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli, oliy ta’limda o‘qiladigan ma’ruzalarning sifati ta’lim sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 323,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə