О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi



Yüklə 323,35 Kb.
səhifə4/25
tarix25.12.2023
ölçüsü323,35 Kb.
#161546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Ta’lim samaradorligini t

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan biri– fizika ta’limida zamonaviy ma’ruzalarning o‘rni, uni klassik ta’lim modeli doirasida, zamon talablariga muvofiq takomillashtiib tashkil etish. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni о‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan kо‘nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan sistemali bilim, kо‘nikma hamda malakalar darajasini baholash о‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Fizika ta’limiga ta’lim samaradorligini ta’minlashda zamonaviy ma’ruza larning o‘rni, rivojlantiruvchi ta’limda ma’ruza turlari, zamonaviy ma’ruzalarni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish dolzarb pedagogik mua-mmolardan biri ekanligi nazariy jihatdan asoslangan.
Fizika fani bo‘yicha zamonaviy ma’ruzalarni tashkil etish texno-logiyalarning tadbiq etishga doir ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, samaradorlik darajasi aniqlangan.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati.
1. Fizika fani bo‘yicha ma’ruza turlari va ma’ruzalarni tashkil etish texno-logiyalarning tadbiq etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi. Tadqiqot mavzusiga oid о‘quv materiallarini loyixalashning metodik va didaktik asoslari takomillashtirildi.
2.Tadqiqot mavzusiga oid muammoli ma’ruzalarni tashkil etish yo‘llari va usullari asosida muayyan mavzular bo‘yicha texnologik va sistemali yondashuv asosida tayyorlangan ma’ruza loyixalari ta’lim samaradorligini oshishiga yordam berаdi.
3.Tadqiqot mavzusiga oid ishlanmalardan, shuningdek, yangi texnologiyalar asosida loyixalangan ma’ruza materiallaridan muayyan mavzular bо‘yicha darslarni tashkil etish jarayonida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning mazmuni. Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida ta’lim samaradorligini ta’minlashda zamonaviy ma’ruzalarning ta’lim tizimidagi o‘rni, rivojlantiruvchi ta’limda ma’ruza turlari, tashkil etish yо‘llari kо‘rsatib berilgan. BMIning ikkinchi бобида Fizika fani bo‘yicha zamonaviy ma’ruzalar va ularni tashkil etish texnologiyalari tahlili, muammoli ma’ruzalarni tashkil etish yo‘llari , usullari, vositalari, afzalliklari ilmiy asoslangan. Fizikadan zamonaviy ma’ruzani loyihalash bosqichlari yoritilgan.

Yüklə 323,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə