О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi



Yüklə 323,35 Kb.
səhifə2/25
tarix25.12.2023
ölçüsü323,35 Kb.
#161546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Ta’lim samaradorligini t

Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Demokratik va huquqiy davlatning rivojlanishi keng umummadaniyatli dunyoqarashni, kadrlar malakasini qayta tayyorlashni, zamon talablari ruhida takomillashtirib borishini talab etadi. Mana shunday sharoitda ta’lim muassasalarida ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘rni qanday bo‘lmog‘i lozim?
Hozirgi kunda ta’lim berish uslubi sifatida fizika ta’limiga ma’ruzalarning tadbiqi – shaxsni jamiyat talabiga kо‘ra yо‘naltirish, ta’limni ana shu talablar asosida tashkil etish - shaxsni har tomonlama shakllantirish, uni qobiliyati va imkoniyatlarini tо‘liq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Aytish lozimki, hozirgi zamonaviy axborot va kommunikatsion vositalar ma’ruza o‘rnini bosa olmaydi, fanning ilmiy va tarbiyaviy xususiyatlarini, auditoriya holatini, bilishning psixologik qonuniyatlarini, tinglovchi tomonidan eshitilgan ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini, tinglovchining dunyoqarashini, hissiyotini va e’tiqodini yangi axborot texnologiyalari imkoniyatlari bir vaqtda hisobga ola olmaydi.Shu sababli bitiruv malakaviy ishda fizika ta’limida ma’ruzalarning o‘rni, ma’ruzalarning axborot berish, metodologik, rivojlantiruvchi, tashkiliy - yo‘naltiruvchi xususiyatlari hamda zamonaviy ta’lim jarayonida ta’lim modeli va tashkiliy shakli o‘rtasidagi bog‘lanish tadqiq qilingan.
Tadqiqotning о‘rganilganlik darajasi Ta’kidlash lozimki, ma’ruzalar - zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli ekanligi saqlanib qolgan holda, uning turlari, shakli va mazmunini intensiv rivojlanishi zarur. Albatta ma’ruzaning turi, shakli, mazmuni va funksional vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro, birgalikdagi faoliyatni belgilaydi.
Fizika o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri – fizika ta’limida zamonaviy ma’ruzalarni klassik ta’lim modeli doirasida, zamon talablariga muvofiq takomillashib tashkil etish - pedagogik muammo hisoblanadi. Бу sohada xamdo‘stlik mamlakatlari hamda respublikamizning taniqli olimlari tomonidan bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Ta’limda zamonaviy ma’ruzalarning o‘rni dastlab A. V. Lunacharskiy ishlarida ilgari surilgan bo‘lib, xorij olimlari I.M. Feygenberg, A.G.Teslinov, A.G.Chernyavskaya, T.A.Sergeyev, N.M. Uvarov, N.I. Basovskaya, R.I. Malafeyev tadqiqotlarida nazariy asoslangan , rivojlantirilgan.
Mamlakatimizda ham ta’limda zamonaviy ma’ruzalarning o‘rni,ULARNI tashkil etish usullari borasida ancha ishlar qilingan. Jumladan O.D.Raximov, M.Sapayev, B.F. Nazarov kabi olimlarning tadqiqot ishlarini misol qilib keltirish mumkin.

Yüklə 323,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə