О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishning maqsadi



Yüklə 323,35 Kb.
səhifə3/25
tarix25.12.2023
ölçüsü323,35 Kb.
#161546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Ta’lim samaradorligini t

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Fizika ta’limiga fizika ta’limida ma’ruzalarning o‘rni, ma’ruzalarning axborot berish, metodologik, rivoj-lantiruvchi, tashkiliy-yo‘naltiruvchi xususiyatlari hamda zamonaviy ta’lim jarayonida ta’lim modeli va tashkiliy shakli o‘rtasidagi bog‘lanish tadqiq qilingan, zamonaviy ma’ruzalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash doir ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning obe’kti. O‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida fizikadan zamonaviy ma’ruzalarning ta’lim tizimidagi o‘rni, rivojlantiruvchi ta’limda ma’ruzalarning ahamiyatini asoslashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Fizika o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri – fizika ta’limida zamonaviy ma’ru-zalarning o‘rni, uni klassik ta’lim modeli doirasida, zamon talablariga muvofiq takomillashtiib tashkil etish yо‘llariga bag‘ishlangan о‘quv materiallari mazmuni, shakli va tamoyillari.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari.

  1. Bitiruv malakaviy ish mavzusiga doir ilmiy-metodik, pedagogik, didaktik manbalarni о‘rganish, tahlil qilish;

  2. О‘rganilayotgan mavzu dolzarb pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash;

  3. O‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida fizikadan zamonaviy ma’ruzalarning ta’lim tizimidagi o‘rni, rivojlantiruvchi ta’limda ma’ruzalarning ahamiyatini asoslash;

  4. Ma’ruzalarni klassik ta’lim modeli doirasida, zamon talablariga muvofiq takomillashtiib tashkil etish yо‘llariga bag‘ishlangan о‘quv materiallari mazmuni, shakli va tamoyillarini tahlil qilish tahlil qilish;

  5. Rivojlantiruvchi ta’limda ma’ruzalarning ahamiyatiga oid tahlil qilish tavsiyalar berish;

Tadqiqot metodlari. Analitik taxlil, pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, pedagogik loyihalash hamda matematik-statistik metod.
Tadqiqotning metadologik asosi. О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, О‘zbekiston Respub-likasi hukumatining о‘rta maxsus ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, Prezident I.A.Karimovning о‘rta ta’lim tizimini takomillashtirishga yо‘naltirilgan nutqi, unda bayon etilgan yondashuvlar, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.

Yüklə 323,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə