О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ta’lim tizimida ma’ruzaning xususiyatlari



Yüklə 323,35 Kb.
səhifə9/25
tarix25.12.2023
ölçüsü323,35 Kb.
#161546
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Ta’lim samaradorligini t

Ta’lim tizimida ma’ruzaning xususiyatlari


Ochiq ma’ruzalar - muayyan fan bo‘yicha o‘quv dasturidagi mavzuni talabalar, shuningdek, shu mavzuga qiziqish bildirgan va maxsus taklif etilgan professor-o‘qituvchilar, olim va mutaxassislar auditoriyasida ma’ruza shaklida o‘tkaziladigan darslar ochiq ma’ruzalar deb ataladi. Ochiq ma’ruzalarni o‘tkazishdan maqsad professor-o‘qituvchilarni tegishli fan, texnika va texnologiyalari sohalari bo‘yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklar bilan xabardor bo‘lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda ma’ruzalarni tayyorlash, o‘tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini oshirish hamda tayyorlanadigan kadrlar raqobatbardoshligini ta’minlashdan iboratdir.
Ochiq ma’ruzalarni o‘tkazish vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • talabalarga fandagi so‘nggi yutuq va yangiliklarni yetkazish;

  • ta’lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash;

  • ilmiy-uslubiy jihatdan yetuk ma’ruzalarni targ‘ib etish;

  • ilmiy unvonga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni, o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish ustida muntazam ishlashlarini ta’minlash va ularni ta’lim jarayonidagi mas’uliyatlarini oshirish;

Ochiq ma’ruzalar odatda, o‘z sohasi bo‘yicha taniqli yoki ilmiy maktab yaratgan, ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi. Ma’ruzani to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qish o‘qitishning samarali uslubi sifatida xato hisoblanadi, chunki ma’ruzachidan juda qisqa vaqt davomida katta hajmdagi ma’lumotlarni tinglovchilarga yetkazish talab etiladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ma’ruza davomida tinglovchilar nofaol faoliyat yurituvchi bo‘lmasdan, bevosita ma’ruzaning faol ishtirokchisi sifatida qatnashishsa ma’ruza samaradorligi oshadi, ayrim hollarda mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasi 20 foizdan 80 foizgacha yetishi mumkin. Buning uchun ma’ruzalar innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishning interaktiv usullaridan keng foydalanilgan holda o‘tilishi zarur.
Talabalar tomonidan ma’ruza ma’lumotlarini qabul qilish va o‘zlashtirish darajasi:Talaba ma’lumotlarni faqat eshitish orqali qabul qilsa, berilgan ma’lumotlarning o‘rtacha 20 foizini o‘zlashtiradi. Shu sababli, agar ma’ruza faqat mavzuni og‘zaki tushuntirish shaklida (an’anaviy) o‘tilsa, talabalar darsda berilgan ma’lumotlarning 80 foizini xotirada saqlab qolmaydi va tez unutishadi. O‘rtacha odam bir minutda 800 tagacha so‘zni eshitishi va tushunishi mumkin. Vaholanki, auditoriyadagi talabalar o‘qituvchi nutqiga nisbatan 4 marta tez eshitish qobiliyatiga ega. Demak, og‘zaki tushuntirish vaqtida vaqtning 75 % qismida talaba eshitmaydi, u bo‘sh qoladi, agar o‘qituvchi faqat og‘zaki tushuntirib ma’ruza qilsa talaba diqqatini yo‘qotadi. Shu sababli ma’ruzani faqat o‘qib berish yoki og‘zaki tushuntirish shaklida olib borish samarasiz hisoblanadi.
Agar talaba ma’lumotlarni bir marta o‘zi o‘qisa u 25 foiz ma’lumotni eslab qoladi. Demak ma’ruzada, talabalar oldida ma’ruza qilish bilan birgalikda, ulardan mavzuning asosiy joylarini dars davomida o‘zlari o‘qishlari talab etilsa, ma’ruza samarasi ortadi. Buning uchun slaydlar, tayanch iboralar, tarqatma materiallar zarur bo‘ladi va ma’ruza davomida ulardan talaba faolligi ta’minlangan holda foydalaniladi.
Agar berilayotgan ma’lumotlar ikki marta takrorlansa, talaba ma’lumotlarning 30 foizini eslab qoladi. Agar ma’ruzada mavzuning asosiy, muhim joylarini ikki marta takrorlansa, o‘zlashtirish faqat o‘qib berishga nisbatan 10 foizga ortadi. Agar takrorlash slaydlar, o‘quv-vizual materiallar asosida bajarilsa darsning samaradorligi yanada ortadi, ya’ni asosiy tayanch iboralar ham ikki marta takrorlanadi, ham talabalar tomonidan o‘qiladi.
Agar talaba yozib, ham o‘qisa ma’lumotlarni 45 foizgacha o‘zlashtiradi. Demak, ma’ruzaning tayanch iboralarini ma’ruza davomida yozdirib borilsa, o‘zlashtirish ikki marta ortadi. talaba o‘rtacha bir minutda 40 tagacha so‘z yozishi mumkin. Lekin, maqsad faqat tez yozdirish bo‘lib qolsa, natija yetarli darajada samarali bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’ruzaning tayanch iboralari yozdirilayotganda, talabaga diqqatini jamlab, tushunib yozishi uchun vaqt berish kerak, ya’ni yozdirilayotgan iboralarni to‘xtab-to‘xtab, sekin ifoda etish zarur. Ko‘pchilik muhokama, bahs jarayonida ma’lumotlarning oltmish foiziga yaqinini o‘zlashtiradi, ya’ni o‘quv jarayoni oddiy ma’ruza o‘qishga nisbatan samarali bo‘ladi. Agar ma’ruzada yuqoridagi uslublar (og‘zaki tushuntirish, qaytarish, o‘quv-vizual materiallar yordamida ko‘rsatish, talabadan o‘qishni talab qilish, tayanch iboralarni yozdirib borish) ma’lum bog‘liqli ketma-ketlik asosida birgalikda joriy etilsa o‘quv samarasi yanada ortadi.
Talaba berilayotgan ma’lumotlarni tajribaga taqqoslasa, bilim amaliyot bilan bog‘lab yetkazilsa, talabalarga doimiy ushbu materiallarni real hayotda kerak bo‘lishi tushuntirilsa, mashg‘ulotda mavzuga oid misollarni real hayot bilan bog‘lab, talabalarning faol erkin fikr bildirishlariga sharoit yaratilsa, mavzu bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlarni talabalar tomonidan 80 foizgacha o‘zlashtirishlariga erishish mumkin. Yaxshi pedagog o‘rtacha bir minutda 170 tagacha so‘z talaffuz etishi mumkin. Talaba o‘rtacha minutga 400 tagacha so‘zni o‘qiydi va tushunadi. Bu shuni bildiradiki, o‘qituvchi ma’lumotlarni slaydlar ko‘rinishida yoki tarqatma materiallar ko‘rinishida tushuntirishdan oldin bersa, o‘qituvchi tushuntirguncha talabalar ushbu materiallarni ikki marta tez o‘qib ulguradilar. Talabalar bo‘lsada o‘qib olgach, ma’ruzachiga e’tibor berishadi. Shu sababli, agar oldin tushuntirib, keyin o‘quv-vizual materiallar tushuntirish takrorlansa, eng yaxshi natijaga erishiladi.




Yüklə 323,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə