O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Xalqaro turizm rivojlanishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri



Yüklə 3,8 Mb.
səhifə14/24
tarix19.07.2018
ölçüsü3,8 Mb.
#57031
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24

11.1. Xalqaro turizm rivojlanishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi keng jahonga yuz tutdi va xalqaro aloqalarga kirishib ketdi, O‘zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishida turizm sohasi alohida ajralib turadi. Mustaqillikdan oldin O‘zbekiston aholisi sobiq markaz ruxsati bilangina chet ellarda sayohat qilib kelar edi, xorijiy turistlar ham avval Moskvaga kelib, so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyura olishar edi. Buning ustiga, turizmdan olinadigan barcha daromadlarni (shuningdek, valyuta daromadlarining ham hammasini) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sobiq markazga jo‘natish majburiy edi. Xorijiy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar harajati O‘zbekiston byudjetidan qoplanar, buning evaziga markazdan hech nima olinmas edi. Ya’ni, xalqaro turizmdan O‘zbekiston faqatgina zarar ko‘rar edi.

Mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston hukumati birinchilar qatorida turizm sohasining rivojlanishiga alohida e’tibor qarata boshladi va buning uchun mas’ul bo‘lgan yagona tashkilotni tuzdi. O‘zbekiston Respublikasida turizmning rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasidir. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi UP-447 raqamli «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining tashkil etilishi» to‘g‘risidagi Farmoni asosida tashkil etilgan. «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining tarkibiga alohida-alohida xo‘jalik faoliyati yuritgan «Inturist», «Sputnik» va Kasaba ittifoqlarining turizm va ekskursiyalar bo‘yicha Kengashi kabi tashkilotlarning mintaqaviy tarkibiy bo‘linmalari birlashtirildi.

Milliy kompaniyaning faoliyat yuritishi davomida Respublikamiz turizmida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Oldinlari mehmonxonalar uchun dam olish uylari, turistlik bazalar, kempinglar umuman zamonaviy talablarga javob bera olmas edi. Chunki ularni ta’mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari sobiq Markaz tomonidan ko‘rib chiqilgan. Mustaqillikka erishilishi bilan bu holga, shuningdek, turizm sohasidan olingan daromadning barchasini respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. O‘zbekiston turizm sohasida bozor munosabatlari amal qila boshladi, davlatning ko‘plab turistlik korxonalari xususiylashtirildi, turistlik mahsulot yaratish hamda shu turistlik mahsulotga mustaqil narx belgilash erkinligi yaratib berildi. Natijada turistlik bozorda korxonalar orasida raqobat yuzaga keldi. Raqobat O‘zbekiston turistlik korxonalarining o‘z faoliyatini yanada rivojlantirish uchun yanada sifatli mahsulot ishlab chiqarish va bu bilan umumiy rivojlanishni ta’minlashga undadi.

«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining vujudga kelishi va bu tashkilotning 1993 yili Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi O‘zbekiston turizmi taraqqiyotida qo‘yilgan ulkan qadam bo‘ldi. Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga ko‘tarish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga mos keladigan yangi shart-sharoit va mexanizmlar vujudga keldi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini kiritish mumkin.

O‘zbekiston xalqaro turizmining rivojlanishida «Buyuk Ipak Yo‘li» ning tutgan o‘rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. Bir necha asrlar davomida ushbu zaminning G‘arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni Janubiy-Sharqiy Osiyodan to O‘rta yer dengizi mamlakatlarigacha cho‘zilgan va «Buyuk Ipak Yo‘li» deb nom olgan savdo-sotiq yo‘li bir-biri bilan bog‘lab turar edi. Bu yo‘lga «Ipak Yo‘li» deb nom berilishining asosiy sababi, bu yerda tashiladigan mahsulotlarning asosiy qismi ipak matolari va mahsulotlari bo‘lganli-gidandir. Ipak tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan sir-asrorlarni Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa odamlardan yashirib kelgan. Ammo «Buyuk Ipak Yo‘li» orqali tashilgan mahsulotlar faqat ipakdangina iborat bo‘lmay, balki bu yo‘l orqali bronza, chinni, jun, xom ashyolar va ulardan tayyorlangan buyumlar ham edi. «Buyuk Ipak Yo‘li» qariyib ikki ming yillik tarixga ega bo‘lib, bu yo‘l asosan Italiyadan tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Pomir orqali o‘tib Qashqar va Yorkentgacha yetgan. Bu yerda yo‘l ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan Takla-Makon sahrosini aylanib o‘tib, Lobnor ko‘li yaqinida yana qo‘shilgan va Xitoygacha borgan.

Buyuk Ipak Yo‘lida Turkiston hududi yetakchi rolni bajarib kelgan. Ushbu hududdagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Xo‘jand, Chorjuy kabi qator shaharlar ipak yo‘lidagi asosiy manzillar bo‘lgan. O‘zbekiston o‘zining qo‘lay geografik o‘rni tufayli bu tarixiy yo‘lda markaziy o‘rinni egallagan. «Buyuk Ipak Yo‘li» ko‘p asrlar davomida kishilik madaniyatining vujudga kelishida katta o‘rin egallagan.

Uning tarixda tutgan o‘rni hamda ahamiyatini tiklash, bu yo‘lda turizmni rivojlantirish kabi maqsadlarni mo‘ljallab, 1994 yilning oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning nufuzli tashkiloti YUNESKO ishtirokida O‘zbekistonda Butunjahon turistlik tashkilotining kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari Ipak yo‘li bo‘ylab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan Samarqand Dekloratsiyasini qabul qildi.

1995 yil oktyabrida Toshkent shahrida «Ipak Yo‘lida turizm» nomi bilan birinchi xalqaro turistlik yarmarka o‘tkazildi. Shundan beri bunday yarmarka har yili uzluksiz ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va bitimlar xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, Respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini ishga solish hamda «Buyuk Ipak Yo‘li»ga xos bo‘lgan qadimiy an’analarni tiklashga keng yo‘l ochib berdi.


11.2. O‘zbekistonda xalqaro turizmning rivojlanish dinamikasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda halqaro turizm sohasini rivojlantirish uchun qo‘lay imkoniyatlar va shart sharoitlar yuzaga kelayotganligi, turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada integratsiya-lashuvi, mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiyoti tajribalaridan ma’lumki, turizm sohasi mamlakat byudjeti uchun zarur bo‘lgan valyuta tushumini ta’minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan birgalikda aholining turmush darajasini ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo‘shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. O‘zbekistonning geografik o‘rni, nihoyatda qo‘lay, tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanligi, insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o‘rin tutadi. O‘zbekiston betakror, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, shirin-shakar mevalari, xilma-xil milliy taomlari, ajoyib milliy an’analari, urf-odatlariga ega bo‘lgan mehmondo‘st xalqiga ega. Bularning barchasi chet ellik turistlar e’tiborini o‘ziga tortadi va ularni xayratlantiradi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik, tinchlik- totuvlik muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekistonga keluvchi xorijiy fuqarolarning 85% ini MDH, mamlakatlari tashkil qilsa, qolganini Germaniya, AQSH, Janubiy Koreya, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar ta’minlaydi. «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga jami tashrif buyurgan xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish dinamikasi quyidagi 11.1. jadvalda ko‘rsatilgan:



Jadval 11.1.

«O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish dinamikasi


Ko‘rsatkich-lar

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

«O‘zbek-turizm» MK bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘r-satilgan xorijiy turistlar, ming kishi

92,0

173,8

252,9

272,0

274,0

278,0

231,0

196,7

230,4

262,8

241,9

273,2

343.5

370,1

Oldingi yilga nisbatan % hisobida

151,1

188,9

145,5

107,5

100,7

101,4

83,1

85,1

117,1

114,0

92.1

112,9

125,7

107,7

Manba: «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi ma’lumotlari
O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qiladilar. Chunki, O‘zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‘liga taalluqli ko‘pgina ob’ektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‘zbekistonga guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi doirasi harakatlanadilar). Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham turistlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muhim turistlik jozibador manzillar mavjud bo‘lsada, turistlik infratuzilmaning rivojlanmagani turistlarni bu yerga kelishiga tusqinlik qilar edi. Bu kabi kamchilarni bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovonidan o‘tiluvchi yo‘l qayta ta’mirlandi, Surxondaryoga Samarqanddan va Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand shaharlariga tursitlarni tashish uchun yangi elektrlashgan temir yo‘l tortildi, bu joylarda ko‘plab turistlik mehmonxonalar bunyod etilayapti.

O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning sonini o‘sishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan quyidagi holatlar bartaraf etib borilmokda:



  • O‘zbekiston to‘g‘risidagi dastlabki va so‘nggi taassurotlarni qoldiruvchi bojxona xizmati xodimlarining sayohatchilar bilan bo‘lgan muomala madaniyati yaxshilandi;

  • mehmonxonalarda tortiluvchi taomlar zamonaviy talablarga javob bera boshladi;

  • O‘zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy raqobatchilarimizga nisbatan qimmatligi, transport narxlarining yuqori hollari kamaytirib borilmoqda;

  • turistlik esdalik uchun harid qilinadigan milliy suvenirlarimizning xilma xilligi oshirilib, yo‘qolib ketgan bir qator hunarmandchilik turlari tiklandi va qayta tashkil etildi;

  • targ‘ibot masalalariga yetarlicha e’tibor berilib, xorijiy fuqarolar-ning O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlarining chegarasi kengaytirib borilmoqda, bunda ayniqsa, Germaniya va Italiyalik bizneshamkorlar-ning vositachiligidan samarali foydalanilmoqda;

  • turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning sifati narxiga moslashtirib borilmoqda.

Yuqorida sanab o‘tilganlarni bartaraf etish bilan birgalikda, ko‘rsatilayotgan turistlik xizmatlarimizning sifatli bo‘lishiga harakat qilinmokda. Shuningdek, chet ellarda O‘zbekiston turizmini reklama qilishda barcha turkorxonalarimizning tashviqot-targ‘ibot ishlarining raqobatchi-lardan farq qiluvchi umumiy mavzu ostida birlashtirilishi O‘zbekistonning xalqaro turistlik bozorida o‘z o‘rnini mustahkamroq egallashiga yordam beradi. Buning uchun o‘zimiz egalik qilayotgan turistlik resurslarimizni yana bir bor qaytadan chuqur o‘rganib chiqish, ulardan samarali va barqaror foydalanish yo‘llarini aniqlash va shu asosida Milliy turistlik brendni ishlab chiqish shart bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tomonidan o‘lkamiz turistlik resurslari o‘rganib chiqilib, turistlik resurslarimizning maxsus kadastri yaratilmoqda. O‘zbekiston turizmini rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan resurslarining anchasi hali ochilmagani katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Oldimizda to‘rgan vazifa - ularni izlab topish, o‘rganish va ulardan kelgusi avlodlarmiz ham foydalana olishlarini o‘ylagan holda yangi turmahsulotlar ishlab chiqishdir.

11.3. Xalqaro turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlar
Turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlarimizning mantiqiy yakuni qo‘yidagi masalalarga qaratilgan: turizmni boshqarish tizimining doimiy ravishda takomillashtirib borilishiga; hukumatimiz tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘lar hajmining ortib borishi sharoitida O‘zbekistonning turistlik salohiyatidan samarali foydalanishga; mamlakat byudjetiga tushadigan mablag‘larni oshirishga; xususiy korxonalar va mahalliy aholining moddiy-ma’naviy farovonligini ta’minlashga.

Mustaqillik yillaridan so‘ng, O‘zbekiston dunyo turizm xizmat bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o‘z o‘rnini barqaror egallab bormoqda. TDIU olimlarining tadqiqotlari bo‘yicha, mustaqillik-ning dastlabki yillarida O‘zbekistonda jahon bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning faqatgina 0,002 % gina olingan. (1993 yilda O‘zbekistonda xorijiy turistlardan 5 mln. AQSH doll. miqdorida daromad olingan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro sayohatga chiqqan turistlarning 0,01 % gina qabul qilingan (1994 yilda O‘zbekistonga 60,9 mingta xorijiy turist tashrif buyurgan). Hozirda O‘zbekistonga dunyo bo‘yicha xalqaro turizmga chiqqan insonlarning 0,03 % idan ortig‘i keladi (2006 yilda dunyo bo‘yicha 842 mln. kishi xalqaro turizmga chiqqan) hamda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning 0,004 % ni tashkil qilgan. (2005 yilda dunyo bo‘yicha xalqaro turizmdan 680 mlrd. AQSH doll. miqdorida daromad olingan). Ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning xalqaro turizmdan daromad olishdagi hissasi 2 barobarga, xalqaro turistlarni jalb qilishdagi ulushi 3 barobarga ortgan. Bu vaqt mobaynida jahonda xalqaro turizm ham yuksak sur’atlarda rivojlanayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak (dunyo bo‘yicha xalqaro turizm o‘rtacha yiliga 10 %dan o‘sgani holida O‘zbekistonda xalqaro turizm yiliga o‘rtacha 17 % dan o‘sayapti), erishilgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatini yanada chuqurroq his qilish mumkin. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan qo‘yiroqda keltirilgan jadvallar orqali yanada aniqroq tanishish imkoni mavjud.2

Hozirda Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinmoqda. Ushbu turlar davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko‘rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi ob’ektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar, dam olish - davolanish, tog‘-chang‘i, golf sportlari bilan shug‘ullanish turlari ham mavjud.

11.2.jadvalda ko‘rsatilganidek mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qo‘lga kiritilgan yutuqlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo, o‘lkamizga tashrif buyurayotgan xorijiy turistlar soni oshib borayotganligini inobatga olish zarur bo‘ladi. Masalan, «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkilotlari tomonidan 2000-yilda 1993 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatilgan.

Chet eldan kelayotgan mehmonlar sonining 2001 yildagi kamayishi qo‘shni mamlakatda amalga oshirilgan antiglobal harbiy harakatlari ta’sirining natijasi bo‘ldi. Bunda ko‘plab xorijiy turistlik firmalar kuz-qish oylari uchun O‘zbekiston mehmonxonalaridagi joy bronlarini zarurat bo‘lmasa-da, ehtiyotkorlik yuzasidan bekor qilishdi. Bu joylar bronlarining miqdori 2000 yilga nisbatan ancha ko‘p bo‘lganligi, 2001 yilda turizm yanada o‘sishi mumkin ekanligidan dalolat beradi. 2003 yilga kelib, mamlakatimizga chetdan kelayotgan xorijiy turistlarning soni yana osha boshladi.

Jadval 11.2.



«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan xorijiy turistlar soni va bundan olingan daromadlar




Yillar

«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan xorijiy turistlar soni, ming kishi hisobida

«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi bo‘yicha turizm sohasidan olingan valyuta daromadlari ming, AQSH doll.i hisobida

Xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turistdan o‘rtacha olinayotgan daromad, AQSH doll.i hisobida

1993

92.3

5000.0

54.15

1994

60.9

7363.6

120.91

1995

92.0

8000.0

86.94

1996

173.8

14493.0

83.38

1997

252,9

18836.0

74.48

1998

272.0

20980.0

77.13

1999

274.0

25525.0

93.15

2000

278.0

27295.0

98.18

2001

231.4

22215.3

95.99

2002

196.7

21546.0

109.54

2003

230.4

23851.0

102.33

2004

262.7

28020.0

106.62

2005

241.9

28132.6

116.29

2006

273.2

42801.1

156.66

2007

343.5

51133.4

149.10

2008

370.1

62812.7

169.70

Jadval «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
8-jadvalda har bir xorijiy turistdan faqatgina «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasiga hisobot beruvchi korxonalar tomonidan olingan daromad ko‘rsatilgan. Umuman olganda, O‘zbekistonga kelgan har bir xorijiy turistdan mamlakatimizning turizmdan tashqari boshqa tarmoq korxonalari tomonidan kamida 400-600 AQSH dollari miqdorida daromad olinadi: ya’ni, xorijiy mehmonlar mehmonxonada tunash haqini to‘lashdan tashqari ovqatlanish, transportda harakatlanish, turistlik tovarlar va suvenirlar harid etish, turli qo‘shimcha xizmatlar haridi uchun ko‘plab harajatlarni amalga oshiradilarki, shu tufayli turizm sohasi boshqa sohalar uchun ham qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratib berishini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston turizm mahsuloti bilan ko‘proq Yevropa mamlakatlari fuqarolari qiziqishmoqda, Osiyo mamla-katlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yurtimizga eng ko‘p Osiyolik mehmonlar kunchiqar Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Afg‘oniston va Erondan kelayotganligining guvohi bo‘lamiz. Butun dunyo bo‘yicha 1995-2008 yillar davomida sayyohlik qilgan jami turistlar oqimining dinamikasi quyidagi 11.1. diagrammada ko‘rsatilgan:

Diagramma 11.1.



Butunjahon Turistlik Tashkiloti ma’lumotlari asosida
Diagrammada ko‘rsatilganidek, butun dunyo bo‘yicha turizm oqimining o‘sish sur’atlari jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi natijasida 2008 yilda 25% ga kamaygani qayd qilingan. Bu pasayish sur’atlarining boshlang‘ich holati bo‘lib, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining davom etish muddatlariga bog‘liq.

Xalqaro turistlar tomonidan eng katta qiziqish Toshkent -Samarqand - Buxoro -Urganch - Toshkent ekskursiya-tanishuv marshrutiga bildirilmoqda. Ushbu yo‘nalish O‘zbekistonning eng muhim tarixiy yodgorliklari bilan tanishish, milliy an’analar va udumlarni kuzatish hamda qadimiy shaharlar hayotiga qo‘shilish imkoniyatini beradi. Turoperatorlarning fikrlaricha, Surxondaryo tarixiy-arxeologik markaz sifatida shuhrat topib borayapti.

Xalqaro turizm xizmat bozorida O‘zbekiston o‘z turistlik mahsulotini asosan «Buyuk Ipak yo‘li» reklamasi – brendi orqali sotadi. Bu loyiha bo‘yicha eng ko‘p sotiladigan turlar quyidagilar bo‘ldi:


  • Toshkent - Samarqand - Buxoro - Urganch - Toshkent;

  • Toshkent - Samarqand - Shahrisabz - Buxoro - Urganch -Toshkent.

O‘zbekistonga chet eldan keluvchi turistlarning 76 foizi Buxoro, Samarqand, Xorazm va Toshkentga tashrif buyurishga qiziqsa, qolgan 24% Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlariga tashrif qiladi.

Turizmning xususiyatlaridan biri - uning mamlakatimizdagi bir qator mintaqalarning iqtisodiyoti va madaniyatiga faol ta’sir ko‘rsatishidir. Turizm industriyasining tashkil qilinishi va faoliyat ko‘rsatishi transport tizimining, turistlarga savdo, ijtimoiy-maishiy, madaniy, tibbiy xizmat ko‘rsatishning rivojlanishi bilan yaqindan bog‘liqdir.

O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri xorijiy turistlarni qadimiy tarixga ega bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi tarixiy obidalar, me’morchilik, diniy va madaniy yodgorliklar hamda respublikadagi boshqa diqqatga sazovor zamonaviy joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma’rifiy ma’lumotlar berishdir. Bundan tashqari, xorijlik turistlarni respublikamizning nafaqat tarixiy joylarini, balki go‘zal tabiati bilan yaqindan tanishtirish, hordiq chiqarish, davolanish, sport bilan shug‘ullanish kabi yangi 20 dan ortiq turistlik marshrutlar ham yo‘lga qo‘yilgan.

Xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga turistlarni jalb qilishni yanada ustirish maqsadida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi har yili «ITV» (Berlin), «WTM» (London), «VIT (Milan), «FITUR» (Madrid) kabi yirik xalqaro turistlik yarmarkalarida ishtirok etib, xorijiy sheriklar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Ayni paytda, muntazam ravishda har yili «Toshkent xalqaro turistlik ko‘rgazmasi» uyushtiriladi, unda dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar turizm tashkilotlarining vakillari mehmon bo‘ladilar.

O‘zbekistonga turistlar oqimini ko‘paytirish hamda respublikamizning xalqaro turistlik markazlaridan biri sifatida mavqeini yuksaltirishda chegaradan, bojxonadan o‘tish, ruxsatnoma olish va boshqa shu xildagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirishning ahamiyati katta. Shunday masalalarni birgalikda hal etish maqsadida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tegishli vazirliklar va mahkamalar bilan birgalikda yaqindan ish olib bormoqda.

Yana shuni takidlash kerak, AQSH da 11 sentyabr 2002 yilda bo‘lib o‘tgan noxush terrorchilik voqeasi va shundan keyin bizga qo‘shni Afg‘onistonda vujudga kelgan murakkab vaziyat O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, turistlar oqimi nisbatan sustlashib qoldi. Bu kabi oqibatlarni kamaytirish, mamlakatimizga qiziquvchan turistlarni yanada ko‘paytirish hamda bu yerdagi barqaror, turistlar uchun qulay vaziyat to‘g‘risida ularga to‘g‘ri ma’lumot tarqatish maqsadida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi vakillari xalqaro turistlik yarmarkalarida ishtirok etishdan tashqari, O‘zbekistan Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixona-larida «O‘zbekiston kunlari»ni ham o‘tkazmoqdalar.

«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi xorijiy xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashish va milliy turistlik mahsulotlari bozorini rivojlantirish maqsadida yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymokda. Jumladan, «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasiga Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Assotsiatsiyasi (JICA) hamkorligida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda mamlakatimizning turizm imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida yaponiyalik mutaxassis tashrif buyurdi. Bu tadqiqotlarning natijasida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarga Yaponiya tomonidan texnikaviy va moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi hamda ko‘plab mutaxassislarimiz zamonaviy yapon turizm tadbirqorligi bilan tanishishdi.

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish omillaridan yana biri xorijiy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatning sifatini tubdan yaxshilashga bog‘lig‘dir. Bular - restoran xizmati, tavsiya etiladigan taomlar, mekmonxona sharoiti, shuningdek transport, savdo, hordiq chiqarish va madaniy tadbirlar sifatini o‘z ichiga oladi. «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi bu borada turistlik xizmatni sertifikatlash bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borayapti, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlar ham ishlab chiqilgan.


Tayanch iboralar: Xalqaro turizm, xalqaro turizm xizmat bozori, turistlar oqimini ta’minlab beruvchi asosiy mamlakatlar, Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Assotsiatsiyasi, «ITV» (Berlin), «WTM» (London), «BIT» (Milan), «FITUR» (Madrid), «Toshkent xalqaro turistlik ko‘rgazmasi», xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turistdan o‘rtacha olinayotgan daromad.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:


  1. Xalqaro turizm rivojlanishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri nimadan iborat?

  2. O‘zbekistonda xalqaro turizmning rivojlanish dinamikasi nimani ko‘rsatmoqda?

  3. O‘zbekistonga chet eldan kelayotgan mehmonlar sonining 2001 yildagi kamayish sababi nimaga bog‘liq?

  4. Xalqaro turizm xizmat bozorida o‘tkazilayotgan islohotlar nimalardan iborat?

  5. O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimini ta’minlab beruvchi asosiy mamlakatlar qatoriga qaysi mamlakatlar kiradi?

  6. O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish istiqbollari nimalardan iborat?


12. EKOLOGIYA VA TURIZM.
Reja:

12.1. Ekologik turizm

12.2. Xorijiy ekoturizm bozori

12.3. O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish

12.4. O‘zbekiston geografiyasining turistlik jozibadorligi

12.5. O‘zbekistonning turistlar e’tiboriga molik asosiy tabiiy boyliklari


12.1. Ekologik turizm
Hozirgi kunda ekologik turizmga har qachongidan ham talab katta. Bu dunyoning barcha davlatlariga tegishli bo‘lib, faol dam olishning bir turi, unga ko‘ra inson uz sog‘ligini tiklabgina kolmay balkim, bir qancha estetik hissiyotlar oladi. Hozirgi kunda ekologik turizm eng rivojlangan dam olish turi bo‘lib, bu sport turi ham hisoblanib, turizmning eng rivojlangan sohasiga aylanmokda. Ekoturizmning maqsadi hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistlik yo‘nalishda oqilona foydalanishdan iborat.

Ekologik turizm deb tan olish uchun quyidagi qoidlarga rioya qilish kerak: ko‘rsatilgan xizmat yo‘nalishi ekologik bo‘lishi shart, turistlarlarga xizmat ko‘rsatadigan transport ekologik toza, foydali ekologik toza ovqat, uning tarkibida mahalliy mahsulotlar bo‘lishi, malakali gidlar, sayyohlarni qiziqarli va ekologik toza tabiiy va madaniy joylarga boshlab borish kerak.



Butunjahon turistlik tashkiloti (BTT) – “Tabiiy hududlarga ma’suliyat bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi”.

O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasida – ekoturizm deganda nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni ko‘zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simlik dunyosiga sayohat balki, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz.

O‘zbekistonlik ekolog olimlarning umumlashtirilgan fikrlari – ekoturizm ma’rifiy-ma’naviy tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontologik qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog‘liq majmualar kiradi.

O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:



    1. Ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmlarini yaratish;

    2. Ekoturistlik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

    3. Aholining ekolgik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish, ekotrizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiya yo‘lga qo‘yish;

    4. Ekoturizm bo‘yicha mutaxassisliklarni o‘qitish va qayta tayyorlash;

    5. Ekoturistlik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish;

    6. Ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;

    7. Milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish;

    8. Davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategi tadbirlarini ommaviylashtirish;

    9. Biologik xilma-xillikni saqlash.

Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistlik tamoyillarni, ya’ni ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi.

  • Ekoturizmda tabitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish masalalarining ustivorligi;

  • Ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog‘langanligi;

  • Turizm va servis sohasi yo‘nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida ekoturistlik o‘quv kiritilishiningmaqsadga muvofiqligi;

  • Mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;

  • Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistlik marshrutlarda aks ettirish;

  • Davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarning ekologik turizmdan manfaatdorligi;

  • Ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;

  • Ekoturizmda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.

Tur dasturiga asosan ekoturlar quydagilarga bo‘linadi: botanik, zoologik, geologik, ekologo-etnografik, arxeologik, va ekologo-madaniy agroturlar yoki qishloq yashil turlari; speleologik, suvli, tog‘li, va boshqalar. Tabiatning go‘zalligi-ekoturizmni rivojlanishi uchun muhim, lekin yetarlicha shart emas. Bugungi kunda dunyo turizm bozorida jiddiy raqobat mavjud, ammo bu bozorga kirish oson emas, bu yerda o‘ziga xos xususiyatlar va qiyinchiliklar mavjud.

12.2 Xorijiy ekoturizm bozori

Rivojlangan davlatlarda Yevropa va Amerika turistlari o‘z yurtlarida ham tez-tez sayohat qilib turadilar. AQSH ning milliy bog‘lari ekoturistlar bilan to‘la, ayrim milliy bog‘larda sayohat qilish uchun oldinroq buyurtma berish lozim. Oshib boruvchi talablar tufayli «Yovvoyi» hududlarda nozik ekologik muvozanatni saqlab turish qiyin. Yangi rekreatsion xudularni barpo etish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.

Ekoturistlar asosan tabiat aslicha saqlab qolingan joylarga borishni istaydilar, lekin bizning sayyoramizda bunaqa joylar kundan-kunga kamayib bormoqda. Sayohlarimizga inson tomonidan o‘zgartirilgan tabiatdan baxra olishga to‘g‘ri keladi, dam olish kunlari tabiat bag‘riga yoki yaqin dalalarga sayrga chiqqaningizda shu manzaraga duch kelasiz.

Butunjahon turistlik tashkiloti mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ekoturizm bozori uzoq muddatli o‘sishga qaratiladi. Bu yuqori texnologik davlatlarining tashqi muhitga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq, ayniqsa industriyaning kam rivojlanganligi yoki uning yo‘qligi va umuman tabiati buzilgan davlatlarni tiklashga turistlarning qo‘shgan hissasini aytib o‘tish kerak.

Xozirgi paytdagi ekoturist guruhining tarkibi qo‘yidagicha bo‘ladi: avvalombor, bu 35-40 yoshli kishilar, ya’ni bu yoshdagi odamlar «Yovvoyi» tabiatda sayyohat qilish uchun sog‘ligini va moliyaviy tomondan o‘zini ta’minlay oladilar. Tabiat hammani o‘z bag‘riga jalb etadi, sayohlardan 60% oilali odamlar, chunki ularni tabiatning ahvoli va oilaning kelajagi baravar ravishda qiziqtiradi.

Ekspertlarning tahlil qilishicha, ekoturistlarning ko‘pchiligi-badavlat odamlar yoki ularning daromadlari o‘rtacha daromaddan ortiq. Turizmning ekoturlari qimmat turmahsulotga kiradi. Dunyoda inson oyog‘i tegmagan va tabiat o‘z aslini saqlab qolgan joylar kam qolgan, bunday joylarni sayohat qilish chegaralangan va u yerlarni sayohat qilish juda qimmat turadi.

Ekoturizm katta harajatlar va vaqt bilan tasniflanadi, sayyohat vaqti bir hafta bilan chegaralanmaydi. Ko‘pincha u 8-12 kun davom etadi va bir necha bor takrorlanadi. Bunday sayyohatlarning sababi sayyohatchi o‘zini doimiy qulayliklardan uzoqroqda, tabiatning qo‘ynida his qilishni xohlaydi. Shunday qilib ekoturizmning bozori keng, uning asosiy segmentlari quyidagilardan iborat:


  • aktiv turistlar, ularning 2/3 qismi dam olishning faol turlari bilan bog‘liq, shu jumladan tabiat qo‘ynida;

  • yovvoyi tabiatni yoqtirganlar uni asl holatda saqlab qolishga o‘rinadilar. Tabiatshunoslik turizmning bir qismi bo‘lib, bu kategoriya umumiy ekoturistlarning sonidan 20% tashkil etadi;

  • avtoturistlar transport vositasi bilan sayyohat qilishni yoqtirganlar, ko‘pincha bu sahrolararo sayyohat, saffari, tog‘li yoki toshli joylarda;

  • sarguzashtli turizm, ular ham tabiiy turizmning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Chunki sayyohat davomida inson tabiat bilan birga bo‘lib uning yovvoyi va og‘ir sharoitlariga duch keladi.


12.3. O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish
Hozirgi vaktda ekoturistlik mahsulotga xorijiy va mahalliy turistlar orasida ehtiyoj katta. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo tabiat qo‘yniga qilinadigan sayyohatchilar uchun o‘ziga xos «Makka» bo‘lib qolishi mumkin. Ekologik sayyohat – bizning mamlakatimizda yangi va kelajagi porloq yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi kunga kelib, u ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lib, ekologik muvozanatni saqlab turolmaydi. Bu ekoturlarning ko‘pi tabiat resurslaridan bir taraflanma foydalanish bo‘lib, unga qaytarishni uylamaydi. Masalan, shaharliklar tabiat qo‘yniga sayyohatlarining 90% bu bir kunlik, yaqin oradagi hududni ko‘rish bilan bog‘liq. Dam oluvchilar sanitar qoidalarga rioya qilmaydilar. Bu o‘z navbatida suvni, artof muhitni ifloslanishiga olib keladi. Bu kabi «ekoturistlar» daraxtlarni sindiradilar, qushlarni inini buzadilar, qo‘riqlanadigan hayvonlarni otishdan lazzat oladilar, o‘rmon va bo‘tazorlarni kuydirish xavfi tug‘iladi. Shu kabi hollarni hisobga olib, bizning ekoturlarimizni ba’zan «qozon-turizmi» deb atash mumkin, chunki bunda ekologik tafakkurdan ko‘ra, iste’molchilik tuyg‘usi ustun turadi.

Mahalliy aholi turizmga kamdan-kam holda jalb qilinadi, vohalanki bu ikki tamonga ham foyda keltirishi mumkin turistlar qator servisga ega bo‘lar edilar (joylashtirish, ovqatlantirish, gidning xizmati) mahalliy aholiga esa qo‘shimcha moliyaviy daromad bo‘ladi. Muhimi natijada ikkala taraf ham atrof-muhitni va tabiatni saqlashga manfaatdor bo‘ladilar.

Hisoblarga qaraganda, O‘zbekistondagi turistlik tashkilotlarning atigi 15 % ekologik turizm bilan shug‘ullanadi. Ko‘p hollarda bu ixtisoslashgan firmalar, tor ekotur bozor segmentlarida faoliyat ko‘rsatadilar (saffari, ov, baliq ovida). Bundan tashqari ayrim kompaniyalar o‘z turlarida tabiat bilan bog‘liq har xil yo‘nalishlarni taqdim etadi (oromgohlar, tarixiy obidalar, diniy turizm, daryo va ko‘llar, tog‘larga sayohat qilish) O‘zbekistonda ekosayyohatchi bu shaharda yashovchi aholi bo‘lib, o‘z vaqtini tabiat bag‘rida, ya’ni shahardan tashqarida o‘tkazishni nazarda tutadi. Bunday sayyohatning davomiyligi odatda 5-7 kundan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa bu bir kunlik tur bo‘lib, shanba va yakshanba kunlariga mo‘ljallanadi. Bu turning tarkibi oilalilar 60%, korxona jamoalari 30%, har xil tashkilotlar 10% ni tashkil qiladi. Harajatlar bir sutkada bir kishiga 20mingdan 40ming sumgacha to‘g‘ri keladi bu servis turlarinig talabiga ko‘ra (transport, ovqatlanish, joylashishga qarab) belgilanadi.

O‘zbekistonda ekologik sayyohatni rivojlantirish borasida mahalliy aholini jalb qilish loyihalari ishlab chikilmokda. TASIS tashkilotining moliyalashtirishga asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston davlatlari davlatlararo G‘arbiy Tyan-Shan bioxilmaligini saqlash bo‘yicha loyiha tuzdilar. Bu Nurota-Qizilqum tabiatni muhofaza qilish kompleksida, ruxsat etilgan jonivorlarni ov qilish faoliyatidan daromad keltirib va bu jonivorlarning ko‘payishini va tiklashga yordam beradigan harajatlarga ishlatiladi.



12.4 O‘zbekiston geografiyasining turistlik jozibadorligi
Joylashishi: Markaziy Osiyo, mamlakat quruqlik bilan o‘ralgan, (Orol dengizi bilan bo‘lgan 420 km.li chegarani hisobga olmaganda).

Koordinatalari: 41-00 shimoliy kenglik, 64 - 00 sharqiy uzunlik.

Qo‘shnilari: Afg‘oniston (chegarasi 137 km), Tojikiston (chegarasi 1161 km), Turkmaniston (chegarasi 1621 km), Qirg‘iziston (1099 km), Qozog‘iston (2203 km), jami 6221 km.

Maydoni: umumiy 447,4 ming km.kv, quruqlik 425,4 ming km.kv, suv 22 ming km.kv.

Relefi: O‘zbekiston hududining 4/5 qismini tekisliklar egallaydi. Ulardan asosiysi Turon tekisligidir.

Mamlakatning sharqi va shimoli-sharqida Tyan-Shan va Pomir tog‘ tizmalari joylashgan. Tog‘lar va tog‘oldi hududimizning 1/5 qismini egallaydi. Sharqda o‘rtacha va baland tog‘liklari ko‘proq. O‘zbekison hududidagi eng baland nuqta 4643 metr. G‘arbiy Tyan-Shan (Ugam, Piskent, Chotqol, Qurama tizmalari) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Kugigantov, Boysuntov tizmalari) tizmalarining qiyaliklari, etaklari ham Respublikamiz hududidadir. Bu tizmalar janub va g‘arb tomonga asta-sekin pasayib boradi.

Tog‘lar orasida anchagina katta cho‘kmalar yoyilib yotibdi. Bular Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Samarqand cho‘kmalaridir. Tog‘lar orasidagi eng katta cho‘kma Farg‘ona vodiysidir. Farg‘ona vodiysining uzunligi 370 km. va eni 190 km. bo‘lib, u uch tomondan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan, faqatgina g‘arb tomoni ochiq. Shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan bo‘lgan chegarasida keng maydonni egallagan Amudaryo cho‘kmasi bor. O‘zbekistonning markazida Qizilqum sahrosi o‘rin olgan.

Iqlimi: kontinental quruq iqlim. Yil fasllariga qarab harorat keskin farqlanadi. Yanvardagi o‘rtacha harorat - 6 darajani, iyul o‘rtasidagi o‘rtacha harorat 320 gradus darajani ko‘rsatadi. Yog‘inlar miqdori unchalik ko‘p bo‘lmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi ko‘p jihatlarda irrigatsiyaga bog‘liq.

Suvlar: O‘zbekistonning ko‘pgina daryolari o‘z o‘zanida qurib qoladi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga qo‘yilib turadi. O‘zbekistonda ko‘plab Aydarkul-Arnasoy kabi ko‘llari, Chordaryo, Kattako‘rg‘on suvombori kabi sun’iy suv havzalari mavjud.

O‘simlik va hayvonot dunyosi: mamlakatimiz florasi va faunasi xilma-xil, unda sahro o‘simliklaridan tortib tog‘-dasht o‘simliklarigacha, laylak va echkiemarlardan tortib oqquyruq kiyiklar, sayg‘oqlar, olqorlar, ayiq va qor qoplonigacha uchratish mumkin.

O‘zbekiston hududida mavjud va yangi topiluvchi mineral suv manbalarida ko‘plab kasalliklarni davolash imkoniyatlari mavjud, tog‘larimizning go‘zalligi esa, dunyoning hech bir mashhur dam olish joylaridan qolishmaydi.

Tabiiyki, O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish shart-sharoitlari faqatgina Toshkent viloyatining Chimyon-Beldorsoy, Burchmulla-Nanay, Xumson-Oqtosh zonalaridagina emas, balki mamlakatimizning boshqa joylarida ham ko‘rkam, sayyohatchilarni o‘ziga jalb qiladigan joylar ko‘p. Xatto infrastruktura mutlaqo bo‘lmagan joylar ham o‘zining tabiiyligi, ibtidoiy holati, ko‘rkamligi, o‘ziga xos alohida jozibasi bilan o‘ziga tortadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining mataxassislari O‘zbekistonning ekoturistlik rayonlari haritasini ishlab chiqishgan.

Haritaga muvofiq butun mamlakatimiz hududi XIV ekoturistlik rayonga ajratilgan. Har bir ekoturistlik rayonga ekoturistlik zona deb ham qarash mumkin. Ular jumlasiga Ustyurt, Orol va Orolbo‘yi, Amudaryo, Qizilkum, Nurota, Zarafshon, Aydarkul, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Farg‘ona, Turkiston, Qashakadaryo, Hisor, Surxondaryo ekoturistlik rayonlari kiritilgan.



Rasm 12.1. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistlik rayonlari3

Har bir rayon o‘zining ekoturistlik holati, imkoniyatlari, shart-sharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan Ustyurt ekoturistlik rayonini oladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbi-Qoraqolpog‘istonda joylashgan palato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik koyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta-1000 km tuzli Borsakelmas sho‘rxoxi bilan mashhur. Usimlik dunyosi deyarli yo‘q, osh tuzi va balchikli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi kurib bitkazilgan Qo‘ngirot soda zavodi aynan ana shu tuzlar hisobiga ishlaydi.

Neolit davridan kolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin kadimiy odamlar yashagan tabiiy ob’ektlar aniklangan. Ularning ichida ham tarixiy, ham ekoturistlik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‘lib, undan Xorazm arxeologiya ekspedesiyasi mehnat va ov qurollarini topgan.

Orol va Orolbo‘yi ekoturistlik rayoni ekologik inqirozli ekoturistlik hudud bo‘lgani uchun ham ekstremal ekoturistlik ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistlik marshrutlar bir paytning o‘zida ham Orolning qurigan, ham uning ta’sirida bo‘lgan Orol otrofi hududlarini kamrab oladi. Ekoturlar nafakat treking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Amudaryo ekoturistlik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin sohillarida to‘qayzorlar mavjud bo‘lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft hisoblanadi. Kuyi Amudaryoning o‘ng sohilida to‘qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Ornitafaunani saklash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g‘arbiy qismida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, kembriy va kembriygacha davrda burmalangan tog‘ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog‘lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish mumkin.

Nurota rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota tog‘ yong‘oqzor-meva qo‘rikxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga «Ekosan» koshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy yon bag‘rida joylashgan jamol ta’sirida tebranib turuvchi bahaybat harsang toshli «Sanjigumon», «Koriz qoldiqlar» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning muhim ob’ektlaridan bo‘lib hisoblanadi.

Ko‘p asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilistun» masjidi, madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal’asi joylashgan. Qoratog‘ tizmasining janubiy yon bagrida «Sarmish darasi» dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.

Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 163 m keladigan «Maydon karst gori», Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m, maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo karst g‘or» da speleoturizmni rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan «Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning to‘xtash joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo‘lgan. Rabot Malik yonida ming yillik tarixga ega bo‘lgan madaniy yodgorligi-sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv saqlangan.

Zarafshon ekoturistlik rayonida Zarafshon daryosi bo‘ylarida joylashgan to‘qay landshafti, undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‘riqxonasi» mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan qum cho‘l landshafti, u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar harobalari) davlat tomonidan qo‘riqlanadi. «Vardanza qo‘riqxonasi», «To‘dako‘l flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‘jaligida joylashgan «Jayron-ekomarkazi», suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‘paytiruvchi «Dengizko‘l buyurtmaxonasi», Zarafshon tog tizmalaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst gorlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli «G‘untak g‘ori» va boshqalar diqqatga sazovordir. Zarafshon ekoturistlik rayonida qadimgi shaharlar Samarqand va Buxoro shaharlari joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy arxitektura yodgorliklariga kilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Turkiston ekoturistlik rayonida ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan hududlarga uyushtirish mumkin. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida 1959 yilda tashkil etilgan, absolyut balandligi 1760-3500 m, umumiy maydoni 21735 ga bo‘lgan «Zomin davlat qo‘riqxonasi», maydoni 24110 ga bo‘lgan noyob tog‘-archa ekosistemalarini tiklash va rekreatsiya maqsadlarida foydalanish uchun 1978 yilda tashkil etilgan «Zomin milliy bog‘i» mavjud.

Qashkadaryo ekoturistlik rayoni cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‘l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog‘ oldi va tog‘li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo‘lgan, MDH davlatlari ichida yagona «Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi», 1992 yilda tashkil etilgan «Muborak buyurtmaxonasi», 1992 yilda tashkil etilgan «Sechenko‘l buyurtmaxonasi» mavjud.

Surxondaryo ekoturistlik rayonida Ko‘hitang tog‘li hududda 1987 yilda tashkil etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza kilishga yo‘naltirilgan «Surxon davlat qo‘riqxonasi» mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o‘ziga xos rayonlaridan biri, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko‘p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor4.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yetarli, imkoniyatlar katta. Ekoturni yilning barcha fasllarida o‘tkazish mumkin va uni tarixiy, diniy turizm bilan qo‘shib olib borish mumkin.

Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Xumson-Oqtosh zonasining turistlik salohiyati tur mahsulot xizmatlarining narxi uncha baland emasligi va xududning katta imkoniyatlari bilan farqlanadi. Xumsonga qilinadigan tashriflarning o‘rtacha soni har mavsumda 10 ming kishiga yetadi, Xumsonning-Oktosh zonasiga-bir kunlik tashriflarni ham qo‘shib hisoblaganda kamida 120 ming kishiga yetishi mumkin.

Xumson xalqaro turizm yo‘nalishida kam tilga olinadi. Chet el sayohatchilari bu yerlarga faqat Toshkentga qilgan tashriflari doirasida kelishadi (ularning ulushi atigi 2% ni tashkil qiladi, bo‘lish muddatlari 2 kungacha). Bu hol xalqaro miqyosda reklama ishlari hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini anglatadi. Shu bilan birga, Xumson-Oqtosh turistlik zonasiga qiziqish bildiradigan mahalliy turoperatorlar mavjud. Masalan, Asia rast, Ecosan tour, Elena tour, AST, Ark-Osiyo firmalari shular jumlasidandir.

Xumson-Oqtosh zonasi bo‘yicha tavsiya qilinadigan turistlik mahsulot yo‘nalishlari:



  • togda otda yurish marshrutlari;

  • tog‘da piyoda yurish marshrutlari;

  • folklor va gastronomiya;

  • tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, joylarga ekologik turlar uyushtirish;

  • baliq ovi, dorivor o‘simliklar yig‘ish;

Yuqorida ko‘rsatilgan marshrutlar o‘tkazish uchun eng qulay vaqtlar:

  • trekkinglar-aprel-iyun oxiri va sentyabr-oktyabr o‘rtalari;

  • tog‘larga chiqish-may-sentyabr;

  • suvda sayr qilish-may-iyul;

  • otda sayr qilish iyun-iyul va sentyabr-oktyabr;

  • velosipedda sayr qilish-may-oktyabr;

  • paraglayding va deltaplenerlik-may-oktyabr;

  • tog‘ chang‘isi va taxtalari (snoubording)-yanvar-mart oxiri.


12.5. O‘zbekistonning turistlar e’tiboriga molik asosiy tabiiy boyliklari
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tabiiy boyliklarni asrab qolish va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor beriladi. Qabul qilingan bir qator qonunlar asosida tabiiy boyliklarimizni asrab qolish va biologik xilma-xillikni ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston hududida ko‘plab qo‘riqxona, parklar va boshqa xildagi xo‘jaliklar tashkil etilgan hamda davlat himoyasiga olingan.

Qo‘riqxona va Milliy parklarga davlat maqomi beriladi va ular Respublika hukumati tomonidan tashkil etiladi. Qo‘riqxonalar o‘zlari joylashgan yerning barcha joylariga egalik qiladi, Milliy parklar o‘z hududlarining deyarli barcha joylarini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. Boshqa xildagi xo‘jaliklar (buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari) ularni tashkil etgan mahalliy organlar bergan vakolatlari asosida ish yuritishadi.

O‘zbekistonda qabul qilingan biologik xilma-xillikni saqlab qolish strategiyasiga binoan, 2010 yilda mamlakatimiz hududining 10% ini qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarga aylantirish ko‘zda tutilgan. Ushbu strategiya asosida O‘zbekistonda tabiiy qo‘riqxonalarni ko‘paytirish va borlarining hududlarini kengaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2000 yildan so‘ng Jayron ekomarkazining hududi 2000 gektarga oshirilgan, 1994 yilda Qizilsuv va Miroqin qo‘riqxonalari hududlari birlashtirilgan va unga qo‘shimcha yerlarni qo‘shgan holda Hisor qo‘riqxonasiga aylantirilgan, 1998 yilda qorako‘l o‘rmonchilik va ovchilik xo‘jaligi tashkil etilgan.

Jadval 12.1.



O‘zbekiston Respublikasining alohida qo‘riqlanuvchi tabiiy hududlari


Alohida qo‘riqlanuvchi tabiiy hududlarning nomlanishi

Tashkil etilgan yili

Maydoni

km2.



Joylashgan joyi

Davlat qo‘riqxonalari

«Baday-To‘qay»

1971

6642

Qoraqalpog‘iston

Hisor

1983

80986

Qashqadaryo viloyati

Zomin


1926, 1960 yilda qayta tashkil etilgan

26848


Jizzax viloyati

Zarafshon

1975

2352

Samarqand viloyati

Kitob

1979

3938

Qashqadaryo viloyati

Qizilkum


1971


10311


Xorazm va Buxoro viloyatlari

Nurota

1975

17752

Jizzax viloyati

Surxandaryo

1987

24554

Surxondaryo viloyati.

Chotqol

1947

35724

Toshkent viloyati

Orol payg‘ambar

1960




Surxond

aryo viloyati



Milliy parklar

Zomin milliy parki

1976

24 110

Jizzax viloyati

Ugam-Chotqol Milliy davlat tabiat Parki

1990


574 590


Toshkent viloyati


Maxsus tashkilotlar

Jayron ekomarkazi

1976

7122

Buxoro viloyati

Buyurtmaxonalar

Oqtov

1992

15420

Samarqand viloyati

Dengizko‘l

1992

50000

Buxoro viloyati

Qoraqir

1992

86225

Buxoro viloyati

Qarnobcho‘l

1992

40000

Samarqand viloyati

Qo‘shrabot

1992

16300

Samarqand viloyati

Muborak

1992

236846

Qashqadaryo viloyati

Sayg‘oq

1991

1000000

Qoraqalpog‘iston

Sarmish

1991

5000

Navoiy viloyati

Sechanko‘l

1992

7037

Qashqadaryo viloyati

Sudoche

1991

50000

Qoraqalpog‘iston

Tabiat yodgorliklari

Mingbuloq tumani

1993

1000

Namangan viloyati

Chust tumani

1994

96

Namangan viloyati

Markaziy Farg‘ona

1995

122

Farg‘ona viloyati

Yozyovon

1991

1842

Farg‘ona viloyati

O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari

Arnasoy




15600

Jizzax viloyati

Buxoro




39000

Buxoro viloyati

Dalvarzin




5360

Toshkent viloyati

Qozoqdaryo




400970

Qoraqalpog‘iston

Qorako‘l

1998

8275

Buxoro viloyati

Qo‘ng‘irot




2606515

Qoraqalpog‘iston

O‘zbekistonning tabiiy biologik resurslari ahamiyati jahon miqyosida tan olingan, masalan, Chotqol qo‘riqxonasi YUNESKOning biosfera zahirasi maqomiga erishgan.

Sayg‘oq kabi ko‘chmanchi hayvonlar uchun ahamiyatli deb Ustyurtdagi «Sayg‘oq» qo‘riqxonasi va Orol dengizi atroflari topilgan bo‘lsa, suv atroflarida yashovchi qushlar uchun o‘z ichiga «Arnasoy» qo‘riqxonasini olgan Aydarkul-Arnasoy ko‘llari, Dengizko‘l ko‘li, Qoraqir ko‘li, Yaltirbosh ko‘llari, Sudoche ko‘li, To‘dako‘l kabilar ahamiyati yuqori joylar deb topilgan.

Tabiatni muhofaza qilish Davlat qumitasi «O‘zbekiston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istikbollari»ni ishlab chiqdi. Ushbu Konsepsiyada Vatanimizda ekoturizmni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, tashkiliy-huquqiy masalalar ko‘zda tutilgan. Bu masalalar amalga oshirilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi jahondagi ekologik turizmi tarakkiy etgan mamlakatlar qatorida o‘z o‘rnini egallashi imkoniyatlari katta.

Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi ekologik marshrutlarni turistlik tashkilotlar shu zonalarning ma’muriyati, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qumitasi bilan kelishishi hamda “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi yoki Uzstandart Agentligidan sertifikatdan o‘tishi lozim. Bunda quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:


  • marshrut sxemasi (unda tegishli joy haritasida marshrut yo‘li tasviri bo‘lishi, dam olish uchun to‘xtash joylari, ovqat tayyorlash, tunash (qo‘nish) joylari ko‘rsatilishi kerak);

  • marshrutning bayoni, ya’ni: masofasi, to‘xtash joylari soni, o‘zini tutish koidalari, mavsumiylik, o‘tish vaqti, marshrutdagi odamlar soni berilishi;

Ekologik so‘qmoqlar, odatda, milliy tabiiy parklar va davlat buyurtmaxonalari bufer, rekreatsion hududlarida tashkil qilinadi.

Alohida hollardagina bu so‘kmoqlar qo‘riqxonalar orqali o‘tishi mumkin (lekin bunda atrof muhiga iloji boricha zarar yetmasligi, guruh maxsus gid alohida qo‘riqlanadigan zona mutaxassisi yetakchiligida yurishi lozim).

Turmarshrutni tuzishdagi rasmiyatchilik qoidalari tashkilotchilardan umumiy tabiiy xususiyatlardan tashqari alohida qiziqarli ob’ektlar (g‘orlar, qoyalar, irmoklar, ko‘llar), flora (dorivor va noyob o‘tlar, zaharli o‘simliklar, lishayniklar olami) va fauna (Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar, hashoratlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham to‘plashni talab qiladi. Shuni aytish kerakki, ekologik yo‘lni tanlashda faqat landshaftning tipigina emas, balki bo‘lajak rekreatsion ekologik sigimni yuklamani ham hisobga olish lozim. Marshrut shunday rejalashtirilishi kerakki, o‘simlik va hayvonot dunyosining noyob turlari, ayniqsa, davlat muhofazasidagi turlari yashaydigan joylarni chetlab o‘tilishi zarur. Yo‘lga chiqishdan oldin turistlar xavfsizlik texnikasi, shu zonalarda o‘zini tutish qoidalari hamda qoida buzilganligi uchun ma’muriy-jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yo‘l-yo‘rikdan o‘tganliklari haqida maxsus daftarga imzo chekishlari lozim. Odatda ekologik marshrut va uning vazifalarini bir necha guruhlarga bo‘lishadi5.

Shunga ko‘ra, ekologik marshrutlarning kuyidagi yo‘nalishlariga amal qiladi:



  • chiziqli (to‘g‘ri);

  • radial;

  • halqasimon;

  • yarim halqasimon va hokazo.

Vazifasiga ko‘ra ular quyidagi xillarga bo‘linadi:

  • bilim olish - sayr;

  • bilim olish - turistlik;

  • o‘quv - ekskursion;

  • sport;

  • rekreatsion va hokazo

Bilim olish-sayr marshrutlarini tuzishda (ularni ba’zan «dam olish kuni so‘qmoqlari» deb atashadi) quyidagi talablarni hisobga olish lozim:

  • masofa - 4 dan 8 km gacha

  • iloji boricha qo‘riqlanadigan zonaga kirish joyidan boshlanishi;

  • turistlarni bir guruhga yig‘ib, gid yetakchiligida 3-4 soat mobaynida tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari bilan tanishib, yo‘l-yo‘lakay ma’ruza tinglab shoshmasdan yurilishi lozim.

Bilim olish-turistlik yo‘nalishning o‘ziga xos tomonlari:

  • masofa bir necha o‘n kilometrdan bir necha yuz kelometrga yetishi mumkin;

  • ular qo‘riqxonaga kirish joyidan boshlanadi;

  • sayyohatning davomiyligi-1-2 kundan bir necha haftagacha;

  • turistlar guruhlarga birikib, marshrutni yetakchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (oshpazlar, ot boqarlar) hamrohligida bosib o‘tishadi;

  • turistlarning ushbu so‘qmoqni mustaqil o‘tishlariga ham ruxsat beriladi, lekin, agar yo‘l qo‘riqxona zonasi orqali o‘tadigan bo‘lsa, ularga ushbu hudud ma’muriyati xodimi hamrohlik qilishi lozim;

  • mustaqil sayyohat qilishdan oldin turistlar tegishli materiallar bilan ta’minlanishi va xavfsizlik texnikasi hamda o‘zini tutish qoidalari bilan tanishtirilishi zarur;

  • turistlar qo‘riqlanadigan zonaga kirish uchun to‘langan haq kvitansiya va ruxsatnomaga ega bo‘lishlari kerak.

O‘quv ekologik turistlik marshrutlari xususiyatlarini mutaxassislar odatda quyidagicha tushunishadi:

  • ushbu yo‘nalishlar faqat ekologik bilim olish uchun ochiladi va, avvolo, maktab o‘quvchilari, litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallanadi;

  • mavzu barcha ishtirokchilar uchun tushinarli bo‘lishi kerak;

  • odatda, masofa 2 kmdan oshmaydi (ko‘pi bilan 3 soatlik o‘quv ekskursiyasi uchun mo‘ljallanadi);

  • iloji boricha alohida qo‘riqxona chegarasidan boshlanadi;

  • bolalar yetakchi-ekskursovod yoki o‘quv muassasi o‘qituvchisi boshchiligida yurishadi.

Sport va rekreatsion marshrutlar. Odatda, ushbu hududlarning xususiyatlari: tog‘ ko‘llari va daryolar (rafting, dayving, yelkanli qayiq sporti), tog‘ cho‘qqilari (alpinizm, qoyalarga chiqish), plyaj (rekreatsiya), tuzli gorlar (davolanish) mavjudligini hisobga olib tuziladi. Ularning shu maqsadlarga mo‘ljallangan jihozlari, tajribasi va ruxsatnomasi bo‘lgan maxsus firmalar tuzadi.

Bunday joylarda, odatda, piyoda yoki otda yuriladi, lekin istisno sifatida (ma’muriyatning ruxsati bilan) avtomobilda yuriladi.. Har qaysi marshrutda 3 ta asosiy omil mavjud:



  • qiziqarlilik (jalb kiluvchanlik)-bu tushuncha tabiatning manzaraligi (go‘zalligi), o‘ziga xosligi va turli-tumanligi, yodgorliklarning noyobligi;

  • hammabopligi-hududga har yoshdagi guruhlarning tashrif buyurishi, ularning muayyan qoidalar va tadbirlarni bajarishlari imkoni borligi, hududning transport yo‘liga uzoq-yaqinligi;

  • axborotdorlik-turistlarning geografiya, biologiya, geologiya, ekologiya bo‘yicha bilim olishlariga imkoniyat borligi ya’ni ekologik marshrutning boshqa marshrutlardan farqi mavjudligi.

Ikkinchi tomondan, qo‘riqlanadigan zonaga kirishdan oldin ma’muriyat turistlar uchun axborotlar ko‘rgazma taxtalari o‘rnatishi lozim. Ayniqsa, uning bezatilishiga ahamiyat berishi kerak, chunki turistlarning marshrutga qiziqish-qiziqmasliklari shunga bog‘liq. Eng avvalo, bu ko‘rgazmada quyidagilar bo‘lishi lozim:

  • barcha marshrutlar to‘grisidagi ma’lumotlar (masofasi, murakkabligi, asosiy mo‘ljallar, yurish vakti, mavsumiyligi);

  • bu yerdagi flora va fauna, shu jumladan, davlat muhofazasidagilarning ro‘yxati;

  • yurish-turish (o‘zini tutish) qoidalari;

  • ob’ektlarni borib ko‘rish narxi;

  • gid (mutaxassis) ning hamrohligi shartligi yoki shart emasligi;

  • eng qiziqarli joylarning surati yoki rasmi;

- ushbu qo‘riqlanadigan hududning tarixiy ma’lumoti, geografik chegaralari, muloqat telefonlari, xodimlarning ro‘yxati.
Tayanch iboralar: Ekologik turizm, xorijiy ekoturizm bozori, turistlik resurslar, turistlik jozibadorlik, tabiiy boyliklar, alohida qo‘riqlanuvchi tabiiy hududlarining tavsifi, davlat qo‘riqxonalari, milliy parklar, maxsus tashkilotlar, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari, o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:


  1. Ekologik turizm tushunchasi nimani anglatadi?

  2. Xorijiy ekoturizm bozori nimadan iborat?

  3. O‘zbekistonda ekologik turizm qanday rivojlanmoqda?

  4. O‘zbekistonda turistlik resurslarga bo‘lgan talab va undan foydalanish qanday ahvolda?

  5. O‘zbekiston geografiyasining turistlik jozibadorligi nimadan iborat?

  6. O‘zbekistonning turistlar e’tiboriga molik asosiy tabiiy boyliklari nimalardan iborat?

  7. O‘zbekiston Respublikasining alohida qo‘riqlanuvchi tabiiy hudud-larining tavsifini ifodalang.

  8. O‘zbekistonning ekoturistlik rayonlari haritasi bo‘yicha qanday zonalarni bilasiz?

  9. Ekologik marshrut yo‘nalishlari va uning vazifalari qanday guruhlarga bo‘linadi?

  10. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi ekologik marshrutlarni sertifikat-dan o‘tkazishda turistlik tashkilotlar qanday hujjatlarni taqdim qilishlari lozim?




Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə