O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
2.5-rasm. Silindr yoyilmasi
 
 


21 
Gauss 
proyeksiyasi 
deb 
yuritiladi. 
Nemis 
geodezisti 
Kryuger 
Gauss 
proyeksiyasining  to’g’ri  burchakli  koordinata  tizimida  qo’llanilishini  ishlab 
chiqqan. Shuning  uchun zonal tizimli to’g’ri burchakli koordinata Gauss-Kryuger 
to’g’ri burchakli koordinata tizimi deb yuritiladi.  
Gauss proyeksiyasida to’g’ri chiziq tarzida tasvirlangan har bir zonaning o’q 
meridiani shu zona to’g’ri burchakli koordinata tizimining absissa o’qi (X), ekvator 
bo’lagi-ordinata  o’qi  (Y)  qilib,  har  ikkala  o’qning  kesishish  nuqtasi  esa 
koordinataning  boshi (boshlanishi) deb qabul qilinadi.  
Demak,  zonal  tizimli  to’g’ri  burchakli  koordinata  absissa  ekvatordan 
qutblarga  tomon  hisoblanib,  shimoliy  yarim  sharda  joylashgan  nuqtalar 
absissalarning ishoralari  musbat, janubiy yarim sharda joylashgan nuqtalarniki esa 
manfiy qiymatli bo’ladi. Ordinata har bir zona o’q meridianidan g’arbga va sharqqa 
tomon  hisoblanib,  o’q  meridianidan  sharqda  joylashgan  nuqtalar  ordinatalarining 
ishorasi-musbat, g’arbda joylashgan nuqtalarniki esa manfiy qiymatga ega bo’ladi. 
 MDH  territoriyasi  shimoliy  yarim  sharda  joylashganligi  uchun  bu 
territoriyadagi  barcha  nuqtalarning  absissalari  musbat  qiymatlidir.  Lekin 
ordinatalari manfiy yoki musbat bo’lishi mumkin.  
Nuqtalar  ordinatalarining  turli  ishorali  bo’lishi  hisob  ishlarini  bir  oz 
qiyinlashtiradi;  ba’zan  kishini  yanglishtirishi  ham  mumkin.  Bu  kamchilikni 
yo’qotish  uchun  har  bir  zonaning  o’q  meridiani  shartli  ravishda  500  km  g’arbga 
suriladi. Shunda har bir zonada joylashgan barcha nuqtalarning  ordinatalariga 500 
km qo’shilib, ordinatalar musbat ishoraga ega bo’ladi.  
Ma’lumki,  zonal  tizimli  koordinatada  60  ta  zonadan  har  birining  o’z 
koordinata  boshi  bor.  Nuqtaning  qaysi  zonadaligini  belgilash  uchun  har  bir  nuqta 
ordinatasining qiymati oldiga shu nuqta joylashgan zonaning nomeri qo’yiladi.  
Yer  sferik  shaklda  bo’lganligidan  har  bir  zonaning  tekislikka 
proyeksiyalangandagi maydoni uning haqiqiy maydonidan bir oz bo’lsa-da, kattaroq 
qilib  tasvirlanadi.  Shuning  uchun  yirik  masshtabli  tasvirga  olishda  Yerning 
sferikligidan kelib chiqadigan xatoga tuzatish kiritishga to’g’ri keladi. Bu xatoning 
ta’sirini kamaytirish maqsadida yirik masshtabli topografik tasvirga olishda hamda 


22 
ikkita zona chegarasida tasvirga olishda 3
o
 zonalar qo’llaniladi. Bu zonalarning o’q 
meridiani 6
o
 zonalarning o’rta  yoki chetki  meridianlariga to’g’ri keladi. 3
o
  li zona 
o’q meridianining geografik uzunligi quyidagi formula bilan topiladi: 
                                                                    L = 3
°
∙ n                                                       (2.3)
 
Masalan, 15 nomerli 3
o
  li zona o’q  meridianning  geografik uzunligi 45
o
; 16 
nomerli zonaniki esa 48
o
 va h.k. 
MDH territoriyasida 6
o
 li zonaning ellipsoid yuzasidan tekislikka o’tishdagi 
xatosi 1:1100; 3
o
 li zonada esa bu xato to’rt baravar kichikdir.  
Sanoat  obyektlari  va  shunga  o’xshash  muhandislik  inshootlari  qurilishidagi 
geodezik  ishlarda  ellipsoid  yuzasidan  tekislikka 
o’tishda  ro’y  beradigan  burchak  va  chiziq  uzunligi 
xatolarini kamaytirish uchun 6

yoki 3

li zonalarning 
o’q  meridiani  emas,  balki  inshoot  qurilayotgan 
territoriyaning 
o’rtasidan 
o’tgan 
meridian 
boshlang’ich meridian qilib qabul  qilinadi.  

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə