O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

geografik uzunligi 
quyidagi formuladan topiladi: 
                                                      L = 6
°
∙ n − 3
°
                                                
(2.2)
 
bu  yerda  n-zona  nomeri.  Masalan:  o’n  ikkinchi  zona  o’q  meridianining 
geografik  uzunligi  L=6
o
×12-3
o
=69
o
, o’n oltinchi zonaniki esa L=6
o
×16-3
o
=93
o
  va 
h.k. 
 
2.4-rasm.Meridian 
chiziqlarini joylashishi
 


20 
Zonalar    nomeri  Grinvich  meridianidan 
boshlab  g’arbdan  sharqqa  tomon  hisoblanadi. 
MDH  territoriyasiga  bu  zonalarning  29  tasi  (4 
dan32  gacha)  to’g’ri  keladi.  To’g’ri  burchakli 
koordinata 
zonal 
tizimini 
hosil 
etishni 
quyidagicha tushuntirish mumkin. 
shari  (ellipsoidi)ni  tekislikda  yahlit 
tasvirlab bo’lmaydigan har bir meridional zona 
alohida-alohida  silindr  ichiga  joylashtirilgan, 
har  zonaning  o’q  meridiani  silidrning  ichki 
yuzasiga  tegib  turadi,  deb  faraz  qilamiz  (2.5-
rasm).
 
So’ngra  har  bir  zonadagi    meridian  va  parallellar  silidrning  ichki  yuzasiga 
proyeksiyalanadi,  biroq  bunda  burchaklar  o’zgarmasligi,  ya’ni  burchaklarning 
qiymati ularning silindrik   yuzasiga proyeksiyalanish qiymatiga teng bo’lishi shart. 
Meridian va parallellar proyeksiyalangan silindrni biron yasovchi bo’yicha qirqib, 
so’ngra  yoysak,  har  bir  zonaning  o’q  meridiani  va  ekvator  bo’lagi  to’g’ri  chiziq 
tarzida, boshqa barcha  meridian  va parallellar esa egri chiziq tarzida tasvirlanadi 
.
 
Bunda  har  bir  zona  o’q  meridianining  va  ekvator  bo’lagining  hamma  qismida 
masshtab bir xil bo’ladi (o’zgarmaydi). O’q meridiandan boshqa meridianlar esa o’q 
meridianga  nisbatan  uzunroq  chiziqlar  tarzida  tasvirlanib,  bir  oz  xatosi  bo’ladi. 
Parallellar    haqiqiy  uzunliklariga  nisbatan  uzunroq  chiziqlar  tarzida  tasvirlanib, 
ularda  ham  ma’lum  xato  ro’y  beradi.  Har  bir  zonadagi  xatolar  o’q  meridiandan 
sharqqa va g’arbga tomon ortib boradi. Masalan, o’q meridianda masshtab 1 sm da 
500 metrga teng bo’lsa, eng chetki meridianda 1 sm da 499,5 metrga teng bo’ladi, 
yani  0,5  metrga  farq  qiladi.  Lekin  bu  farq  karta  tuzishda  va  o’lchash  ishida  yo’l 
qo’yilgan xatodan kichikdir. Demak, bu proyeksiyada Yerning sferikligi natijasida 
ro’y  bergan  xato  juda  kichik  bo’lib,  amaliy  jihatdan  1:10000  va  undan  mayda 
topografik  kartalar  tuzishda  yo’l  qo’yiladigan  xatodan  oshmaydi,  shunga  ko’ra 
e’tiborga  olinmaydi.  Yuqorida  bayon  qilingan  proyeksiya  ko’ndalang  silindrik 
proyeksiya deb ataladi. Uni nemis olimi Gauss (1777-1855 yillar) taklif etganligidan 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə