O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
4-BOB. O`LCHASHL XATOLARI  NAZARIYASI HAQIDA UMUMIY  
MA`LUMOTLAR 
4.1.O`lchash turlari va xatoliklari 
Geodezik  ishlar  o’lchashlardan  iborat  bo`lib,  bevosita  va  bilvosita 
o’lchashlarga bo’linadi. 
 
Bevosita  o’lchashda  o’lchov  birligi  hisoblanuvchi  asbob  o’lchanayotgan 
obyektga  taqqoslanadi,  Masalan:  joyida  masofani  po’lat  lenta  bilan,  burchakni 
teodolit bilan o’lchash, qog’ozda esa masofani chizg’ich bilan, burchakni transporter 
bilan o’lchash bevosita o’lchash bo’lib hisoblanadi. 
 
Bilvosita o’lchashda obyekt bevosita o’lchanmasdan, uning kattaligi boshqa 
o’lchash natijalaridan foydalanib aniqlanadi. Masalan: borib bo’lmaydigan masofani 
aniqlash  uchun  uchburchakning  bir  tomoni  va  ikkita  gorizontal  burchaklari 
o’lchanadi.So’ngra  masofa  bilvosita  o’lchash  natijalaridan  foydalanib  sinuslar 
teoremasiga muvofiq hisoblab chiqariladi. 
 
Geodezik  o’lchashlarni  teng  aniqlikda  yoki  teng  emas  aniqlikda  bajarish 
mumkin. Bir xil malakali ishchilarning bir xil sharoitda, bir xildagi aniq asbob bilan 
teng marta o’lchashi teng aniqlikda o’lchash bo’ladi. Bu shartdan birontasi o’zgarsa, 
teng emas aniqlikda o’lchash bo’ladi. 
 
O’lchash  natijalaridan  foydalanishdan  oldin  obyektning  qanchalik  aniq 
o’lchanganligini  bilish  kerak.  O’lchash  aniqligiga  baho  berish  uchun  o’lchash 
paytidagi  xatoga  nima  sabab  bo’lishini  bilish  kerak.  Bu  masalalar  bilan  o’lchash 
xatosi  nazariyasi  shug’ullanadi.  O’lchash  xatolari  kelib  chiqish  sabablariga  ko’ra 
qo’pol, sistematik va tasodifiy xatoliklarga bo’linadi. 
 
Qo’pol  xato
asosan,  o’lchash  yo’li  hisoblash  vaqtida  yanglishish,  bu  ishni 
bajarayotgan  kishining  parishonxotirligi,  charchaganligi,  hamda  ishga  beparvolik 
bilan qarashi natijasida kelib chiqadi.bir obyekt o’rniga boshqani o’lchab qo’yish, 
hisoblash vaqtida yanglishish qo’pol xatoga misol bo’la oladi. Qo’pol xatoga yo’l 
qo’ymaslik uchun odatda o’lchash va hisoblash ishlari qayta bajariladi. 


35 
 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə