O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


yer  yuzining  ellipsoid  sirtidagi  gorizontal  proyeksiyasining  qog’ozdagi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

yer  yuzining  ellipsoid  sirtidagi  gorizontal  proyeksiyasining  qog’ozdagi 
kichraytirilgan tasviridir.  
Umuman,  karta  tuzishda  tasvirlanishi  kerak  bo’lgan  territoriya  dastlab 
tuzilayotgan  karta  masshtabidagi  globus    yuziga  tushirilgan  deb  faraz  qilinadi. 
So’ngra  globus  ma’lum  matematik  qonunga,  ya’ni  kartografik  proyeksiyaga 
muvofiq  tekislikka  yoyiladi.  Shunda  proyeksiyaning  ba’zi  chiziqlarida  faraz 
qilingan  globus  masshtabi  saqlanadi  va  bunga 
bosh  masshtab  deyiladi
.  Bosh 
masshtab odatda kartada ko’rsatiladi. Proyeksiyaning boshqa qismlaridagi masshtab 
esa  bosh  masshtabdan  katta  yoki  kichik  bo’lib,  xususiy  masshtab  deb  yuritiladi. 
Demak,  kartaning  masshtabi  uning  turli  joyida  turlicha  bo’ladi.  umuman  har  bir 
kartaning  qanday  maqsadda  tuzilayotganligiga  qarab,  ma’lum  kartografik 
proyeksiya  tanlanadi.  Masalan,  burchak  va  masofalar  o’lchanadigan  kartalar: 
topografik  kartalar,  dengiz  navigatsiyasi  va  aeronavigatsiya  kartalari  uchun  teng 
burchakli,  ya’ni  burchaklar  o’zgarmaydigan  kartografik  proyeksiya,  maydonlar 
o’lchanadigan  yoki  territoriyalar  bir-biriga  solishtiriladigan  kartalar  uchun  esa 
maydonlar o’zgarmaydigan kartografik proyeksiya tanlanadi.  


42 
Yer  yuzining  kattaligi  20×20  kvadrat  kilometrdan  oshmaydigan  qismining 
sathiy yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasini yassi deb qabul qilish mumkin. 
Bunda  Yerning  sferikligi  natijasida  ro’y  beradigan  burchak  va  maydon  xatoligi 
geodezik o’lchash vaqtida yo’l qo’yiladigan xatodan katta bo’lmaydi.  
Yer  yuzining  biror  kichikroq  bo’lagini  qog’ozda  tasvirlashda  Yerning 
sferikligi  e’tiborga  olinmasdan,  joydagi  tafsilotlarning  konturlari  yassi  deb  qabul 
qilingan sathiy yuzaga proyeksiyalanadi. So’ngra joyning bu gorizontal proyeksiyasi 
qog’ozda  ma’lum darajada kichraytirilib tasvirlanadi. Joyning bunday tasviri plan 
deb  ataladi.  Plan-Yer  yuzining  yassi  deb  qabul  qilingan  bo’lagining  tekis  sathiy 
yuzaga  tushurilgan  gorizontal  proyeksiyasining  qog’ozdagi  kichraytirilgan 
tasviridir. Yer yuzidagi tafsilotlarning plandagi qiyofasi joydagi qiyofasiga o’xshab 
tasvirlanadi, ya’ni planning barcha qismida masshtab bir xil bo’ladi

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə