O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
Tayanch  so’zlar:   
xatolik  ,  vazn,  o’lchash,  tasodifiy  xato,  ehtimoliy  xato, 
qo’pol  xato,  sistematik  xato,  o’rtacha  xato,  chekli  xato,  o’rtacha  kvadratik  xato, 
nisbiy xato, arifmetik xato, o’rtacha miqdor, teng emas aniqlik. 
 
Nazorat savollari: 
1.
 
O’lchach deb nimaga aytiladi? 
2.
 
Bevosita o’lchash bilan bilvosita o’lchash farqi. 
3.
 
O’lchash xatoligi nimadan iborat? 
4.
 
O`lchash xatoligi turlari nechtaga bo`linadi ? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


40 
5-BOB
.
TOPOGRAFIK KARTA VA PLAN.PLAN VA KARTA  
HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
 
5.1. Karta va plan
 
 
Yer yuzidagi barcha geografik obyektlarning konturlari shartli qabul qilingan 
ellipsoid  yoki  shar  sirtiga  proyeksiyalanib  ma’lum  darajada  kichraytirilsa,  yer 
yuzining matematik modeli, ya’ni globus hosil bo’ladi. Globus yer sharining sferik 
yuzadagi tasviri hisoblanadi. 
Yer yuzining globusdagi tasviri quyidagi geometrik hususiyatlarga ega: 
1) yer yuzidagi barcha masofalar globusda bir xilda kichraytirilib tasvirlanadi, ya’ni 
globus  masshtab  o’zgarmasligi  hususiyatiga  ega,  demak,  masshtab  globusning 
hamma qismida bir xil bo’linadi; 
2)  yer  sharidagi  barcha  burchaklar  globusda  o’zgartirilmasdan  tasvirlanadi,  ya’ni 
globusdagi  biror  burchak  qiymati  yer  sharidagi  shu  burchakning  qiymatiga  teng 
bo’ladi;  boshqacha  qilib  aytganda,  yer  sharidagi  har  qanday  obyektning  qiyofasi 
uning  globusdagi  qiyofasiga  o’xshaydi.  Globusda  barcha  meridianlar  parallellarni 
to’g’ri burchak bo’yicha kesib o’tadi. Bu hususiyatga teng burchaklilik deyiladi; 
3)  globusda  tasvirlangan  har  qanday  obyektning  maydoni  uning  yer  sharidagi 
maydoniga teng bo’ladi.  
Demak,  geografik  obyektlarning  qiyofasi,  o’rni,  katta  kichikligi  qabul 
qilingan  masshtab  bo’yicha  globusda 
geometrik  jihatdan  to’g’ri  tasvirlanadi. 
Lekin  globus  qanchalik  katta  bo’lmasin, 
unda yer yuzidagi barcha tavsilotlarni aniq 
va  mukammal  tasvirlash  qiyin.  Shuning 
uchun  yer  yuzini  mukammal  o’rganishda 
turli 
muhandislik 
inshootlarining 
loyihalarini  tuzishda  va  ularni  qurishda 
globusdan  foydalanib  bo’lmaydi;  bu 
maqsadda  yer  yuzining  qog’ozdagi  tasviridan,  ya’ni  plani  yoki  kartasidan 
foydalaniladi.  Lekin  yer  yuzini  kartada  tasvirlashda  ma’lum  xatolar  ro’y  beradi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə