O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Topografik plan va kartalarning masshtabi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

Topografik plan va kartalarning masshtabi 
 
Karta  yoki plan 
 nomi 
Sonli 
masshtab 
Natural 
masshtabi. m 
Masshtab 
aniqligi, m 
Plan(karta) 
dagi 1 sm
2
 joy 
necha gektarga 
teng 
Besh yuzli 
1:500 

0.05 
0,0025 
Mingli 
1:1000 
10 
0.1 
0,0100 
Ikki mingli 
1:2000 
20 
0.2 
0,0400 
Besh mingli 
1:5000 
50 
0.5 
0,2500 
O’n mingli 
1:10000 
100 
1.0 
1,00 


46 
 
Topografik  plan  yoki  kartalarning  masshtabi  jihatidan  taqqoslab  ko’rganda 
sonli masshtabining maxrajidagi raqami kichik bo’lgan plan yoki karta yirik bo’ladi. 
Masalan, 1:5000 masshtabli plan 1:10000 masshtabli kartaga nisbatan ikki baravar, 
1:50000 masshtabli kartaga nisbatan esa 10 baravar yirikdir.  
Har bir topografik plan yoki karta varag’ida tasvirlangan territoriyaning katta-
kichikligi  shu  karta  yoki  planning  masshtabiga  bog’liqdir.  Masalan,  1:2000 
masshtabli planda 1:1000 masshtabli plandagiga nisbatan 4 baravar katta territoriya, 
1:50000  masshtabli  kartada  1:25000  masshtabli  kartadagiga  nisbatan  4  baravar, 
1:10000  masshtabli  kartaga  nisbatan  esa  16  baravar  katta  territoriya  tasvirlangan 
bo’ladi. Masshtab qanchalik yirik bo’lsa, plan (karta) da o’lchash shunchalik aniq 
bo’ladi. 
Karta  yoki  planda  tasvirlangan  chiziqning  joydagi  uzunligini  sonli 
masshtabdan  foydalanib  aniqlash  uchun  chiziqning  o’lchangan  uzunligi  sonli 
masshtabning  maxrajiga  ko’paytiriladi.  Masalan,  1:5000  masshtabli  planda 
chiziqning  o’lchangan  uzunligi  3,7sm  bo’lsa,  uning  joydagi  uzunligi 
3,7×5000=18500 sm =185 m bo’ladi.  
Kartadan  o’lchab  olingan  chiziqning  joydagi  uzunligini  natural  masshtab 
yordamida  aniqlash  uchun  chiziqning  uzunligi  karta  (plan)  asosi  masshtabiga 
ko’paytiriladi.  Masalan  1:10000  masshtabli  karta  masshtabinig  asosi  100  m  va 
o’lchangan chiziqning uzunligi 4,5sm bo’lsa, uning jopydagi uzunligi 4,5×100=450 
m bo’ladi. Bu misollardan ko’rinishicha, joydagi masofa uzunligini topishda karta 
Yigirma beshmingli 
1:25000 
250 
2.5 
6,25 
Ellik mingli 
1:50000 
500 
5.0 
25,00 
Yuz mingli 
1:100000 
1000 
10.0 
100,00 
Ikki yuz mingli 
1:200000 
2000 
20.0 
400,00 
Uch yuz mingli 
1:300000 
3000 
30.0 
900,00 
Besh yuz mingli 
1:500000 
5000 
50.0 
2500,00 
Millionli 
1:1000000 
10000 
100.0 
10000,00 


47 
yoki  planda  o’lchab  olingan  chiziqning  uzunligini  sonli  va  natural  masshtabda 
ko’paytirib hisoblashga to’g’ri keladi.  
Masshtab  grafik  shaklida  ifodalansa,  chiziqli  masshtab  deyiladi.  Chiziqli 
masshtab  bitta  chiziqdan  yoki  ikkita  parallel  chiziqdan  iborat  bo’lib,  chiziqlar 
ma’lum uzunlikdagi kesmalarga bo’linadi. Kesma masshtab asosi deyiladi. Odatda 
masshtab  asosi  1yoki  2  sm  ga  teng  bo’ladi.  kesmalar  ustiga  uning  yer  yuzidagi 
uzunligi  yozib  qo’yiladi.  Chiziqli  masshtabning  chap  tomonidagi  birinchi  kesma 
teng  o’n  bo’lakka  bo’linadi,  har  bir  bo’lak  shu  masshtabning  grafik  aniqligi    deb 
ataladi. Masalan, masshtabning asosi 1 sm bo’lsa yer yuzida 250 m, grafik aniqligi 
1 mm bo’lsa, u joyda 25 m ga teng. 
Karta  yoki  planda  o’lchangan  chiziqning  joydagi  uzunligini  bevosita 
aniqlashda  chiziqli  masshtabdan  foydalaniladi.  Chiziqli  masshtabning  grafik 
aniqligi  uning  tuzilishiga  bog’liq.  Chiziqli  masshtabning  birinchi  bo’lagi  qancha 
kichikroq bo’laklarga bo’linsa, masshtabning aniqligi shuncha ortadi. Lekin uning 
birinchi bo’lagini 1 mm dan ham kichikroq bo’laklarga bo’lib bo’lmaydi. Chunki 1 
mm dan kichik bo’laklarni ko’z ilg’amaydi.  
Kartada  o’lchangan  chiziqlarning  joydagi  uzunligini  aniqroq  o’lchashda 
ko’ndalang  masshtabdan  foydalaniladi.  Ko’ndalang  masshtab  matall  lineykalarda, 
ba’zi bir geodezik asboblarda va transportirlarda beriladi. Ko’ndalang masshtabning 
asosi 2 sm, grafik aniqligi 2 mm ga eng kichik bo’lagi 0,2 mm ga teng.  

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə