O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Topografik kartalarning kartografik proyeksiyasi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

5.4. Topografik kartalarning kartografik proyeksiyasi 
Topografik  kartalar  turli  muhandislik  va    mudofaa  ishlarida  qo’llaniladigan 
bo’lganligidan ulardan foydalanish oson va olinadigan natijalar aniq bo’lishi shart. 
Bu  esa  yer  yuzining  sferikligi  natijasida  ro’y  beradigan  xatoning  juda  kichik 
bo’lishini  talab  etadi.  Shuning  uchun  topografik  kartalar  tuzishda  ma’lum 
kartografik proyeksiya tanlanishi zarur. 


48 
Yer yuzining yassi deb qabul qilinadigan qismini qog’ozda tasvirlaganda ro’y 
beradigan xato juda kichik bo’lishi sababli uni e’tiborga olmasa ham bo’ladi. Shunga 
ko’ra  katta  territoriyalarning  kartalarini  tuzishda  yer  ellipsoidi  yuzasi  ma’lum 
kattalikdagi trapetsiyaga bo’lingan deb faraz qilinadi. (5.1a-rasm
 ).
 Yirik masshtabli 
topografik  kartalar  tuzishda  bu  trapetsiyaning  har  birini  tekislik  deb  qabul  qilish 
mumkin.  Har  bit  trapetsiyani  tekislikka 
yoyganda  ro’y  beradigan  xato  juda  kichik 
bo’lganligidan  uni  e’tiborga  olmasa  ham 
bo’ladi. Bir necha trapetsiyani yoyganda ular 
orasida  ochiq  joylar  qoladi(5.1b-rasm),  bu 
ochiq 
joyni 
to’rtta, 
hatto, 
to’qqizta 
trapetsiyaga  teng  tarqatish  yo’li  bilan 
yo’qotish  mumkin.  Lekin  ko’p  trapetsiyani 
bir-biriga  tutashtirganda  hosil  bo’ladihan 
ochiq  joylar  kartalar  tuzish  va  ulardan  foydalanishni  ancha  qiyinlashtiradi.  Bu 
qiyinchilikni  bartaraf  qilish  maqsadida  1930-yildan  boshlab  MDH  da  1:10000-
1:500000  masshtabli  topografik  kartalar  tuzishda  Gaussning  teng  burchakli 
ko’ndalang  silindrik  proyeksiyasi  qo’llanila  boshlandi.  Bu  proyeksiya  meridian 
bo’yicha cho’zilgan territoriyalarni tasvirlashda juda qulaydir. Gauss proyeksiyasini 
qo’llanishda  Yer  ellipsoidi  Grinvich  meridianidan  boshlab  6
o
  li  60  ta  meridional 
zonaga  bo’linadi.  So’ngra  har  bir  zona  alohida-alohida  tekislikda  tasvirlanadi. 
Demak,  Gauss  proyeksiyasida  “ko’p  qirrali    proyeksiya”  ,“ko’p  zonalar”  bilan 
almashtiriladi.  
Har  bir  meridianal  zonaning  yahlit  tasvirini  hosil  etish  uchun  Yer  ellipsoidi 
ko’ndalang  silindr  ichiga  joylashtiriladi  va  har  bir  zonaning  meridian  va  parallel 
chiziqlari  silindrning  ichki  yuziga  proyeksiyalanadi.  Bunda  burchaklarning 
o’zgarmasligi  shart qilib  qo’yiladi.  Shuning  uchun  Gauss  proyeksiyasida  tuzilgan 
kartalarda  tasvirlangan  burchaklar  qiymatiga  teng  bo’ladi.  har  bir  zona 
proyeksilangan silindrni  ma’lum  yasovchi bo’yicha kesib tekislikka yoyganda har 
bir zonaning o’q  meridiani  va ekvator bo’lagida  masshtab o’zgarmaydi,  lekin  o’q 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə