O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
Marka 
(6.4-rasm  a)  cho’yan  diskdan  iborat  bo’lib,  mustahkam  imorat 
devoriga, qoyaga, ko’prik, gidrotexnika va boshqa inshootlar tayanchiga yerdan 1,5 
m  balandlikda  biriktiriladi.  Markani  o’rnatish  uchun  imorat  yoki  inshoot  devor 
parmalab teshiladi, teshik yuvib tozalanadi. Uning ichiga marka gorizontal holarda 
 
    6.2-rasm. 
Geodezik 
tayanch punkti 
 
6.3-rasm. Signal 


58 
o’rnatilib,  sementlanadi.  Markaning  devordan  chiqib  turgan  qismining  o’rtasida 
diametri  4  mm  keladigan  teshikcha  bo’ladi,  nivelirlash  vaqtida  shu  teshikcha 
markazining absolut balandligi aniqlaniladi.  
 
Reperlarning devorga va gruntga o’rnatiladiganlari bo’ladi. Devor reperi (6.4-
rasm  b)  marka  kabi  imorat  devoriga,  inshoot  yoki 
qoyaga  yerdan  0,5-0,6  m  balandlikda  o’rnatiladi. 
Reperning  markadan  farqi  shukiu  devordan  qisman 
chiqib  turadi.  Marka  va  reperga  uni  o’rnatgan 
tashkilotning  qisqartirilgan  nomi  va  reperning  nomeri 
yozib  qo’yiladi.  Reperni  o’rnatish  uchun  munosib 
imorat  yoki  inshoot  bo’lmagan  joyda  reper  yerga 
o’rnatiladi.  Bunday  reper  grunt  reperi  deyiladi.  Grunt 
reperlarining  tuzilishi  turlicha  bo’ladi,  shulardan 
ba’zilari 6.5-rasmda ko’rsatilgan (reper o’lchamlari sm 
hisobida  berilgan).  Qisqa  muddatga  (1-2  yilga) 
mo’ljallangan  balandlik  tayanch  punktlariga  vaqtinchalik  reperlar  o’rnatiladi. 
Vaqtinchalik reper yerga ko’milgan yog’och ustun, rels parchasi, devor, qoyalarga 
qoqilgan dumaloq qalpoqli mix va boshqalardan iborat.  
O’rnatilgan  geodezik  belgilar  (markaz,  piramida,  signal,  marka  va  reperlar) 
ning  joyda  saqlanishini  kuzatib  turishlari  uchun  ular  geodezik  belgi  joylashgan 
mahalliy tashkilotlarga hujjat bilan topshiriladi. 
 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə