O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm.1 klass davlat tayanch punktlari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

6.10-rasm.1 klass davlat tayanch punktlari 
joylashuvi 


68 
1-klass  triangulyatsiya  va  poligonometriyada  yuqori  aniqlikda  o’lchash 
asboblari va uzullari qo’llaniladi.  Masalan,1-klass triangulyatsiya uchburchagining 
har bir burchagi 0

-7

 gacha, poligonometriyada 0”- 4

 gacha o’rtacha kvadratik xato 
bilan, triangulyatsiya basis tomoni 1:400000, poligonometriya tomoni esa 1:300000 
aniqlikda o’lchanadi. 1-klass tayanch tarmoqining har bir poligoni  
2- klass triangulyatsiya  uchburchaklari tarmoqlari bilan to’ldiriladi. Joyning tabiiy 
geografik  sharoitiga  qarab,  2-klass  triangulyatsiya  uchburchaklari  tomonlarining 
uzunligini  7-20  km  qilib  olish  mumkin.  Ba’zan  2-klass  davlat  triangulyatsiyasi 
o’rniga  2-klass  poligonometriya  yo’llarini  o’tkazsa  ham  bo’ladi.  2-klass  davlat 
geodezik  tayanch  tarmoqlarini  o’tkazishda  ham  eng  aniq  o’lchash  asboblari  va 
usullari qo’llaniladi. Bunda triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 1”, 0 
o’rtacha kvadratik xato bilan, bazis tomoni 1:300000 aniqlikda o’lchanadi.  
Yuqori klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini zichlashtirish maqsadida 3 
va  4-klass  triangulyatsiyasi  o’tkaziladi.  Joyning  sharoitiga  qarab  3-klass 
triangulyatsiya  uchburchagi  har  bir  tomoni  uzunligi  5-8  km,  4-  klassniki  2-5  km 
bo’ladi.Triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 3-klass triangulyatsiyada 
1”, 5, 4-klassda esa 2”,0 gacha o’rtacha kvadratik xato bilan, masofa esa 1:200000 
aniqlikda  o’lchanadi. 3 va 4- klass triangulyatsiya tarmoqlari yuqori klass tayanch 
tarmoqlarining punktlari oralig’ida o’tkaziladi. Faqat 1 va 2- klass davlat geodezik 
tayanch  tarmoqlari  bo’lmagan  rayonlardagina  yirik  masshtabli  tasvirga  olish  va 
boshqa  maqsadlarda  mustaqil  3  va  4-  klass  triangulyatsiya  tarmoqlari  o’tkazilishi 
mumkin.  
Joyning  sharoitiga  va  iqtisodiy  tomondan  afzalligiga  qarab  3  va  4-klass 
triangulyatsiya  o’rniga  3  va  4-klass  poligonometriya  yo’llari  o’tkazish  mumkin. 
Poligonometriya  yo’llari  yuqori  klass  tayanch  tarmoqlari  punktlari  oralig’ida 
o’tkaziladi.  Agar 3 va 4- klass poligonometriya yo’li kichik territoriyada mustaqil 
tarmoq tarzida o’tkazilsa, 3-klass poligonometriya yo’lining uzunligi 60 km dan, 4-
klass poligonometriya yo’lining uzunligi 35 km dan oshmasligi kerak.  
6.1 va 6.2 -jadvallarda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlariga taaluqli ba’zi bir 
ma’lumotlar berilgan. 


69 
 
Davlat  geodezik  tayanch  tarmoqlarini  qurish    ularning  kataloglarini  tuzish 
bilan  yakunlanadi.  Triangulyatsiya  va trilateratsiya punktlari kataloglarida  har bir 
punktning  nomi,  joylashgan  o’rnining  tasviri,  punkt  klassi,  punktga  o’rnatilgan 
markaz  va  geodezik  belgi  (piramida  yoki  signal)  ning  turi,  shuningdek  planli  va 
balandlik  koordinatalari,  punkt  joylashgan  zona  o’q  meridianining  koordinatasi, 
tarmoq tomonlarining direksion burchagi va uzunligi ko’rsatiladi. Poligonometriya 
punktlari  kataloglarida  har  bir  punkt  o’rnatilgan  joyning  tasviri,  punkt  nomeri, 
klassi,  absolut  balandligi,  poligon  tomonlarining  direksion  burchagi  va  uzunligi 
hamda  punkt  joylashgan  zona  o’q  meridianining  koordinatasi  va  boshqa 
ma’lumotlar beriladi.  
Davlat  geodezik  tayanch  tarmoqlarini  o’tkazish  to’g’risidagi  ma’lumotlar 
ya’ni  joyda  bajarilgan  o’lchash  natijalari,  hisoblash  materiallari  va  tayanch 
tarmoqlari kataloglari Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi qoshidagi 
 
 
 
 
 
6.1-jadval 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə