O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


  Masofani bevosita o’lchash asboblari va ularni tekshirish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

7.2.  Masofani bevosita o’lchash asboblari va ularni tekshirish 
Ma’lumki masofani bevosita o’lchash asboblariga po’lat lenta, ruletka, invar 
simlar  va  boshqalar  kiradi.  Muhandislik-geodeziya  ishlarida  masofani  bevosita 
o’lchashda  ko’proq  po’lat  lentadan 
foydalaniladi. 
 
 Po’lat  lenta  uzunligi  20,  24  yoki 
50  m,  qalinligi  0.3,0.5mm  va  eni  15-
20mm  bo’lgan  po’lat  tasmadan  iborat. 
Po’lat lentalar shtrixli (7.1-rasm a) yoki 
shkalali (7.1-rasm b) bo’ladi. 
 
 Shtrixli  lentaning  boshlang’ich 
shtixiga  ilgak  shakliga  kesik  qilingan;  masofa  o’lchanayotganda    shpilka    shu 
kesikka kiritiladi. Har bir po’lat lentaning 6 yoki 11ta shpilkasi bo’ladi. Lentalar har 
bir metri tunukachalar bilan, yarim metrli bo’laklari chegalar bilan, detsimetrlari esa 
teshikchalar bilan belgilangan. Lentaning ikki uchida dastasi bor. Lentaning ikkala 
tomoni ham chiziqchalar bilan 20 teng qismga  bo’linib, 0 dan 20 gacha raqamlar 
bilan  ko’rsatilgan.  Ularning bir  tomonidagi  raqamlar  to’g’ri  yo’nalishda,  ikkinchi 
tomonidagi raqamlar esa unga qarama-qarshi yo’nalishda yozilgan. 
      Shkalali lentaning ikkala uchida millimeterlarga bo’lingan shkalasi bor. Shkalali 
lenta masofani aniqroq o’lchashda ishlatiladi.Po’lat lentani olib yurish oson bo’lishi 
uchun u temir xalqa ustiga o’ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi.  
 
1951-yilda  A.A.  Lukerin  xlorein  izoltaysiyali,  yetti  qavatli  telefonsimidan 
tayyorlangan masofa o’lchash asbobini taklif etgan. Uning uzunligi 24.50 va 100 m. 
Bu asbobdan po’lat lenta o’rnida foydalaniladi. 
 
Ruletka
  uzunligi  5,10  va  20m,50  m,  keladigan  tasma  yoki  po’lat  lentadan 
iborat bo’lib, dasta yordamida dumaloq shakldagi quti ichiga o’raladi.Ruletkaning 
lentasi chiziqlar bilan metr, santimetr va millimetrga bo’lingan. Qisqa masofalarni, 
 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə