O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
 


82 
 
7.3. Masofani po’lat lenta bilan o’lchash va o’lchash aniqligi 
Joyda  po’lat  lenta  bilan  o’lchangan  chiziqning  uzunligi  quyidagi  formula 
bo’yicha hisoblab topiladi: 
D = l ∙ n + r;                                                     (7.4)
 
bu yerda: l-po’lat lentaning uzunligi;  
 n-lentaning chiziq bo’yicha yotqizilish soni;  
 r- ortib qolgan (lenta yetmay qolgan) masofa. 
Masofa  20  m  li  po’lat  lenta  bilan  o’lchansa  (7.4)  formula  mana  bunday 
ko’rinishga kiradi: 
D = 20 ∙ n + r                                                       (7.5)
 
 
Masalan,  joydagi  (AB)  chiziq  uzunligi  (7.3-rasm)  po’lat  lenta  bilan 
quyidagicha  o’lchanadi.  Bir  kishi  lentani  uning  (O)  shtrixini  (A)  nuqtadagi  qoziq 
markaziga  to’g’rilab  ushlab  turadi;  ikkinchi  kishi  esa  lentani  (B)  nuqtaga  tomon 
tortadi va o’lchanayotga (AB) chiziq ustiga tarang yotqizilib, shpilkalaardan birini 
lentaning  (O)  shtrixiga  (ilgaksimon  kesigiga)  to’g’rilab  yerga  qoqiladi-da,  yana 
oldinga qarab yuradi. Lenta uchini (A) nuqtada o’lchab turgan kishi yerga qoqilgan 
shpilkaga  yetib  kelgach,  oldinda  borayotgan  kishini  to’xtatadi  va  lentaning 
ilgaksimon  kesigini  shpilkaga  kiritadi;  oldinda  boruvchi  kishi  lentani  (AB) 
chizig’iga  to’g’rilaydi,  tarang  qilib  tortadi  va  ikkinchi  nuqtani  shpilkaga  qoqib 
belgilaydi.  Shundan  keyin  orqadagi  kishi  birinchi  shpilkani  sug’urib  oladi  va 
ikkalasi oldinga qarab yuradi, to chiziq oxiriga (B nuqtaga) yetgunga qadar ish shu 
tartibda  davom  ettiriladi.  Lentaning  uchi  oxirgi  nuqtaga  yetmasa,  ya’ni  lenta 
yotqizilganda  masofa  ortib  qolsa,  oxirgi  shpilkadan  lentaning  (B)nuqtaga  to’g’ri 
kelgan  joyigacha  bo’lgan  masofagina  hisoblanadi.  Bunda  lentaning  metrli 
bo’limlaridan  metr  belgisi  bo’yicha  detsimetrlardan-  ularni  ko’rsatuvchi  teshiklar 
 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə