O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm.Po`lat lenta bilan o`lchash



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

7.3-rasm.Po`lat lenta bilan o`lchash 


83 
 
bo’yicha, santimetrlardan-shtrixli lentada ko’z bilan chamalab, shkalali lentada esa 
shkaladan sanoq olinadi.  misolimizda lenta chiziq bo’ylab 6  marta  yotqizildi va 6 
nuqtadan  (B)  nuqtagacha  bo’lgan  oraliq  lenta  uzunligidan  qisqa,  ya’ni  16,24  m 
bo’lib chiqdi. Shunda (AB) chiziqning uzunligi 
D = 20 × 6 + 16,24 = 136,24 m
 
bo’ladi.  Po’lat  lenta  bilan  masofa  o’lchash  aniqligi  asosan  joyning  xarakteriga 
bog’liq.  Masalan,  shosse,  trotuar,  tekis  yo’l  va  boshqa  shu  kabi  joylar  masofa 
o’lchash  uchun  juda  qulay  hisoblanadi.  Butazor,  ariq,  zovur,  kanal  kesib  o’tgan 
joylar, jarliklar, tog’ yonbag’ri va boshqa joylarda masofani o’lchash ancha qiyin. 
Shuning uchun po’lat lenta qulay joylardagina ishlatiladi. 
Po’lat lenta bilan masofa o’lchash aniqligiga joyning relyefi va xarakteridan 
tashqari,  lentani  komparirlashda  yo’l  qo’yilgan  xato,  lentaning  chiziqqa  to’g’ri 
yotqizilmaganligi,  shuningdek  olchangan  masofaning  gorizontal  proyeksiyasini 
aniqlashdagi  xato,  masofa  o’lchashda  lentaning  gorizontal  va  vertikal  tekislik 
bo’yicha  bo’lishi,  temperatura  farqiga  qarab  kiritiladigan  aniqlik  e’tiborga 
olinmaganligi, lentani komparirlashda va shu lenta bilan masofa o’lchashda uning 
bir xil kuch bilan tortilmaganligi va boshqalar ta’sir qiladi.  
Po’lat  lentani  komparirlashdagi  xatoning  masofa  o’lchash  aniqligiga 
ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirish uchun lenta vaqt-vaqti bilan va aniqlangan xato 
(±2 mm dan katta bo’lsa) masofani o’lchashda e’tiborga olinishi zarur. 
Masofani  o’lchashda  lentaning to’g’ri  chiziqdan  chetga  chiqishi  15  sm  dan 
ziyod  bo’lmasligi  kerak.  Buning  uchun  po’lat  lenta  ko’z  bilan  chamalab  yoki 
teodolit  yordamida  to’g’ri  tortilishi  zarur.  Lentani  komparirlashda  va  masofani 
o’lchashda  tortish  kuchi  bir  xil  bo’lishi  uchun  dinamometrdan  foydalaniladi. 
Masofani o’lchashda po’lat lentaning gorizontal va vertikal bo’yicha bukilishi 0,1 m 
dan oshlasligi lozim.  
O’lchangan  masofaning  gorizontal  proyeksiyasini  hisoblashda  yo’l 
qo’yiladigan  xatoning  salbiy  ta’sirini  kamaytirish  uchun  qiyalik  burchagini  50’ 
gacha  aniqlikda  o’lchash  zarur.  Katta  aniqlik  talab  etilmaydigan  hollarda  qiyalik 
burchagi 2 
o
 dan ortiq bo’lsa, o’lchash natijasiga tegishli tuzatish kiritiladi.  


84 
 
100  m  va  bundan  qisqa  masofalarni  20  m  li  po’lat  lenta  bilan  o’lchaganda 
chiziqning ortib qolgan 20 m dan qisqa qismini po’lat lenta bilan o’lchagan ma’qul. 
Har qanday o’lchashlarda xato bo’ladi, shuning uchun masofaning to’g’ri yoki 
noto’g’ri o’lchanganligini bilish hamda o’lchash aniqligini oshirish maqsadida har 
bir masofa ikki marta (to’g’ri va teskari yo’nalishda yoki ikkita asbob bilan) o’lchab 
tekshirib  ko’riladi.  Ikki  marta  o’lchash  natijalarining  farqi  o’lchash  xatosi  deb 
yuritiladi.  
Turli sharoitlarda masofani po’lat lenta bilan o’lchashdagi nisbiy xato cheki 
tajriba yo’li bilan belgilangan. O’lchash juda qulay joylar (shosse, trotuar, tekis yo’l 
va boshqalar)  uchun belgilangan chekli  nisbiy  xato- 1:3000; o’lchash qulay joylar 
(maysazor,  haydalgan  yer  va  boshqalar)  uchun  1:2000;  o’lchash  noqulay  joylar 
(butazor,  ariq-zovur  va  jarliklar  bo’lgan  joylar,  past-baland  bo’lgan  joylar,  tog’ 
yonbag’rlari  va  hokazolar)  uchun  1:1000.  Masofani  o’lchashdagi  nisbiy  xato  shu 
sharoit uchun yo’l qo’yilgan chekli xato nisbiy xatoni 
√2
 ga ko’paytirishdan chiqqan 
sondan  kishik  bo’lsa,  ya’ni  juda  qulay  sharoitdagi  nisbiy  xato  1:2000,  qulay 
sharoitdagi  nisbiy  xato  1:1500,  noqulay  sharoitda  esa  1:700-1:800  bundan  ham 
kichik  bo’lsa,  masofa  to’g’ri  o’lchangan  hisoblanadi.  Masofani  bir  necha  marta 
o’lchab olingan o’rtacha arifmetik miqdor  masofaning  haqiqiy  uzunligi deb qabul 
qilinadi. 
Misol:
  masofa  qulay  sharoitda  ikki  marta  o’lchangan  deylik.  Lentaning 
taqqoslab tekshirilishini, temperaturani o’zgarishini  hamda qiyalikni  nazarda tutib 
kiritilgan tuzatishlarni hisobga olganda birinchi marta o’lchash natijasi D
1
=343,65 
m, ikkinchi marta o’lchash natijasi D
2
=343,45 m bo’lgan. Shunda o’lchash xatosi  
∆D = 343,65 − 343,45 = 0,20 m
 
bo’ladi. ikki marta o’lchab olingan natijalardan hisoblab chiqarilgan arifmetik 
miqdor  
D
o’rt
=
343,65 + 343,45
2
= 343,55 m 
 
 
Nisbiy xato 


85 
 
∆D
D
=
0,20
343,55
=
1
1781
 
Masofani  qulay  sharoitda  o’lchashdagi  chekli  xato  1:1500  dir.  Demak 
misolimizda o’lchash xatosi yo’l qo’yilgan darajadan cetka chqmagan va o’lchangan 
masofaning uzunligi 343,55 m ga teng. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə