O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Analitik tarmoqlarga oid ma’lumotlar



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

Analitik tarmoqlarga oid ma’lumotlar 
Analitik tarmoq 
bosqichi 
Bitta burchakni 
o’lchashdagi 
o’rtacha 
kvadratik xato 
Masofani 
o’lchashdagi 
nisbiy xato 
cheki 
Uchburchak 
tomoni uzunligi 
km 
Har bir 
uchburchakka 
burchaklarning 
chekli farqi 

5” 
1:50000 
2-5 
20” 
II 
10” 
1:20000 
0,5-0,3 
40” 


76 
 
±15” dan katta bo’lmasiligi, burchak o’lchash aniqligi 3” dan, masofa aniqligi esa 
1:100000  dan  ziyod  bo’lishi  kerak.  Yuksak  aniqlikdagi  4-klass  tarmoqlarda 
uchburchaklar  tomonlari  1-5km,  1-bosqichda  2-5km,  2-bosqichda  esa  0.5-3  km 
bo’lishi mumkin.  
1  va  2-bosqich  poligonometriya  tarmoqlari  asosan  shahar,  qishloq 
territoriyasida  va  sanoat  qurilishi  maydonlarida  yuqori  klass  tayanch 
tarmoqpunktlari  oralig’ida  alohida  yo’l  tarzida  o’tkaziladi.1  va  2-  bosqich 
poligonometriya  tarmoqlari  mustaqil  tarmoq  bo’lsa,  yopiq  poligon  tarzida 
o’tkaziladi. Imorat tutashgan joylarda mahalliy poligonometriya tarmoqlari har 10 
gektar joyga bittadan punkt to’g’ri keladigan qilib quriladi. Zarur bo’lganida shahar, 
qishloq territoriyalarida va sanoat qurilishi maydonlarida yuqori aniqlikda 1-bosqich 
poligonometrik tarmoq o’tkazilishi mumkin.  
Odatda  yuqori  aniqlikdagi  1-bosqich  poligonometrik  tarmoq  katta 
territoriyalarda  (15-20  km
2
  joyda)  barpo  qilinadi.  Ba’zan  4-klass  triangulyatsiya 
o’rniga  1-bosqich  poligonometrik  tarmoqlar  o’tkazilishi  mumkin.  Bunday  vaqtda 
masofa o’lchashdagi nisbiy xato 1:20000 va 1:25000 ,  burchak o’lchashdagi nisbiy 
xato  esa 3” dir. Yuqori aniqlikdagi 1-bosqich poligonometriya yo’lining  uzunligi 
yuqori klass tarmoq punktlari oralig’ida 10 km  gacha, tugun  nuqtalar oralig’ida 7 
km  gacha  bo’lishi  mumkin.  1-bosqich  poligonometrik  tarmoq  tomonlarini 
o’lchashdagi nisbiy xato 1:10000, burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik  xato  esa 
±5”  dir.  Yuqori  klass  tarmoq  oralig’ida  o’tkazilgan  1-bosqich  poligonmetriya 
yo’lining uzunligi imorat tushgan territoriyalarda 3,5 km tugun nuqtalar oralig’ida 
esa  2,0  km  bo’lishi  mumkin,  bunday  vaqtda  poligonometriya  yo’li  tomonlarining 
o’rtacha uzunligi taxnminan 300 m bo’lishi kerak. Imoratlar bo’lmagan joylarning 
1:1000 va 1:2000 masshtabli planini olishda poligonometriya yo’lining uzunligi 4-5 
km gacha bo’lishi mumkin. 
2-bosqich  poligonometrik  tarmoq  o’tkazishda  masofa  o’lchashdagi  xato  
1:5000,  burchak  o’lchashdagi  o’rtacha  kvadratik  xato    esa  10”  ga  teng.  Imorat 
tushgan joylarda yuqori klass tarmoq punktlari oralig’ida o’tkaziladigan 2- bosqich 
poligonometriya yo’lining uzunligi 2.5 km, tugun nuqtalar oralig’ida 1.5 km, yo’l 


77 
 
tomonlarining uzunligi taxminan 200 m, imorat bo’lmagan ochiq joylarda yo’lning 
uzunligi 3-4 km bo’lishi mumkin.  
Mahalliy    poligonometrik  tarmoq  o’tkazishda  poligon  burilishi  burchaklari 
aniq  teodolitlar  bilan  o’lchanadi.  Burchak  o’lchashdagi  xato  quyidagi  formula 
yordamida topiladi: 
∆Q
chek
= ±m√n                                                                  (6.6)
 
formulada: m-burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato 
                   n- burchaklar soni.  
Mahalliy poligonometrik tarmoqlar qurishda poligon tomonlarining uzunligi 
topografik svetodalnomerlar yoki invar similar bilan yo bo’lmasa paralaktik uslubda 
o’lchanadi.    2-  bosqich    poligonometriyada  masofani  aniq  optik  dalnomer  bilan 
o’lchash mumkin.  
Mahalliy  balandlik  tarmoqlari  geometrik  nivelirlash  uslubida  yuqori  klass 
nivelirlash  tarmoqlari  punktlari  oralig’ida  yoki  yopiq  poligon  tarzida  nisbiy 
balandliklar xatosi
h
chek
= ± 50 mm √L
dan katta bo’lmaydigan qilib o’tkaziladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə