|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiMashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
o'tilgan mavzu asosida
talabalarda keng qamrovli mushohada yuritish, o'z fikrini asoslash ko'nikmalarni
tarkib toptirish.
Mashg’ulot jihozlari:
DNKning taxlanish darajalari, xromatinning interfaza
va mitotik xolati aks etgan rasmlar. Odam xromosomalari, xromosomalar morfolo-
giyasi tasvirlangan jadval.
Yadroning bu tuzilmasi o'z nomini asosiy bo'yoqlarda yaxshi bo'yalgani
uchun olgan (Flemming,1880). Xromatin eukariot hujayralari genetik materiali
saqlanadigan joylashgan bo'lib, DNKning giston oqsillari bilan birikmasidir.
Bu tuzilmaning hujayrada 2 xil funksional holati mavjud:
1. Interfaza xromatini - iplari yoyilgan (dekondensatsiyalashgan) faol holati.
Unda DNK replikatsiyasi va traskripsiya jarayonlari boradi.
2. Mitotik xromosomalar - iplari zich (kondensatsiyalashgan) tinch holati,
unda hech qanday sintez jarayonlari bormaydi. Bularning vazifasi faqatgina o'zidagi
genetik informatsiyani yangi hosil bo'lgan hujayralarga taqsimlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|