O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

kariolemma
 (
lemma
-qobiq) ikkita suyuq  mozaikali 
tashqi va ichki membranalardan iborat bo'lib, ular orasida perinuklear bo’shliq joy-
lashadi.Tashqi membrananing ba'zi joylari donador endoplazmatik to’rga o'tib un-
ing yuzasida ribosomalar joylashadi. Yadro membranasi o'tkazuvchanlik  xossasiga 
ega  bo'lib  u  orqali  ionlar,  kichik  molekulalar:  aminokislota  va  nukleotidlar  o'tadi. 
DNKaza  kabi  oqsillar  yadroga  erkin  o'tadi.  Shu  tarzda  yadrodan  tashqariga  ham 
moddalar  chiqariladi.  Shuningdek  yadro  qobig’i  orqali  moddalar  o'tishining  yana 
bir yo'li membrana yuzasida o'simta paydo bo'lib, u yadro membranasi bilan o'ralib 
vakuol  ko'rinishida  sitoplazmaga  chiqadi.  Tashqi  va  ichki  membranalar  ba'zi  joy-
larida birikib bu yerlarda yadro poralari joylashadi. 
Yadro  poralari  birgalikda  poralar  kompleksini  tashkil  etadi.  Yadro  poralari 
geterogen  oqsil  tuzilmasiga  ega.  Tashqi  va  ichki  membranalarda  poralar  joyida  8 
tadan oqsil globulalari joylashadi. Pora kompleksining markazida markaziy globula 
joylashib u chekka globulalar bilan fibrill tolalari orqali birikadi. Markaziy globula-
da  kanal  bo'lib,  u  orqali  gialoplazmaga  sintezlangan  iRNK  chiqadi.  Poralar  kom-
pleksi tarkibida RNKaza fermenti topilgan bo'lib, bu yerda iRNKning yetilishi ku-
zatiladi.  Shuningdek  yadro  porasi  faqat  iRNKning  emas  boshqa  molekulalarning 
ham yadrodan gialoplazmaga chiqarilishida va teskari jarayonda ishtirok etadi.
 


 
70 
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə