O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə72/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Nazorat uchun savollar





  1. Strategiya nima?

  2. Strategik rejalashtirish, deganda nimani tushunasiz?

  3. Professional tarzda qilingan strategik marketing rejasi firmaga qaysi kafolatni beradi?

  4. Marketing strategiyasi nima ?

  5. Marketing rejasining asosiy vazifalarini sanab bering.

  6. Strategik rejaning asosiy bosqichlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  7. Strategik rejalashtirishning komponentlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  8. SWOT tahlilda qanday ko‘rsatkichlar aniqlanadi?

  9. Marketing strategiyasi o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi?

  10. Raqobatli marketing strategiyalari haqida gapirib bering.

  11. Marketing nazorati nima?


  1. bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH VA BASHORAT QILISH





    1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha

Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmuyi tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi (masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar (iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung firmasi jahon bozori uchun ishlaydi, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi.


Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar (shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi) lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar
ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, manfaat- dorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik yuritish qurolidir.
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va hokazo.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, intellektual bozor, shou- biznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə