O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə56/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:






  • barcha talabalarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;




  • guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;




  • guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

DAVRA SUHBATI metodi


Davra suhbati metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan talabalar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.
― Davra suhbati‖ metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir talabaning bir-biri bilan ―ko‘z aloqasini o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta'lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va talabalardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir talaba o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So‘zlayotgan talabani barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa talabalarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.


1


2
Belgilar:

1-ta'lim oluvchilar


2-aylana stol


Davra stolining tuzilmasi

Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir talabaga konvert qog‘ozi beriladi. har bir talaba konvert ustiga ma'lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va ―Javob varaqasi‖ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi talabaga uzatadi. Konvertni olgan talaba o‘z javobini ―Javoblar varaqasi‖ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi talabaga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.


Quyida ―Davra suhbati metodining tuzilmasi keltirilgan.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə