O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə52/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Мақсади Йўрикномаси








Ўқитиш жараёнини дифференциялаш ҳар бир ўқувчининг имконияти, қобилияти, қизиқишини ривожлантиришга йўналтирилган таълим ҳисобланиб, "ўқиш хамма учун қизиқ, ҳамма учун қувонарли" қоидасига асосланади.



10-mavzu Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitishda innovatsion texnologiyalari
Reja:
1. Ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha
2. Ta’lim texnologiyalari turlari
3.Innovatsion texnologiyalar haqida ma’lumot.
4.Maxsus (pedagogika) fanlarini o’qitishda qullaniladigan innovatsion texnologiyalar.
5.Maxsus (pedagogika) fanlarini o’qitishda interfaol metodlarni qo’llash metodikasi.
Tayanch iboralar

Maxsus fanlar, o‘qitish jarayoni, pedagogik texnologiyalari,ahamiyat,ma‘ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, foydalanish.


Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsad ga muvofiq sanaladi.
An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda , unga turli-tuman talabalar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish talabalarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan talabalarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda Aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va talabalarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-talabalarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida talaba bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta'lim beruvchi talabani faol ishtirok etishga chorlaydi. Talaba butun jarayon davomida ishtirok etadi. Talaba markazd a bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:





  • ta'lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;




  • talabaning yuqori darajada rag‘batlantirilishi;




  • ilgari orttirilgan bilimning ham e'tiborga olinishi;




  • o‘qish shiddatini talabaning e?tiyojiga muvofiqlashtirilishi;




  • talabaning tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo‘llab -quvvatlanishi;




  • amalda bajarish orqali o‘rganilishi;




  • ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Mamlakatimizda ta'lim tizimining isloh qilinishi ta'lim jarayonini ilg‘or-jahon tajribasidan kelib chiqqan holda tashkil etishni taqozo qiladi. Fan texnika taraqqiyoti texnologiyani fan sifatida o‘rganishni, keyinchalik esa o‘quv jarayonini ham texnologiyalashtirishga olib keldi.


Hozir mamlakatlar o‘rtasidagi farmasevtik raqobat — fan, texnika va texnologiya sohasidagi raqobatga aylandi. Demak, raqobat intellektual mohiyat kasb etib, ta'lim sohasidagi raqobatga aylanmoqda desak xato bo‘lmaydi.


Biroq respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilishga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlashga doir o‘tkazilayotgan islohotlar avvalgi talim tizimining ijobiy tomonlaridan tamomila voz kechish degani emas. Barcha sohada, jumladan, ta'lim tizimida ham avvalgi erishilgan ilmiy potensialga tayanish, ma'naviy merosni amaliyotga tatbiq etish, ijobiy jihatlardan foydalanish zarur. Asosiy maqsad — zamonaviy talab darajasida yoshlarimizni tarbiyalasli, ijodiy fikrlay oladigan malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Bu esa, o‘z navbatida, ta'lim jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Mamlakatimizda ta'lim tizimida qator kamchiliklar mavjud bo‘lib, u o‘z navbatida zamon talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga to‘sqinlik qila boshladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining kamchiliklar va muammolar qismida ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu dasturiy hujjatda mamlakatimizda uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilinmagani, amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi, mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohot, yangilash jarayonlari, bozor talablari bilan bog‘lanmagani, mavjud umumta'lim va kasb-hunar dasturlari o‘rtasida uzviylik, vorisiylikning yo‘qligi sababli, tayanch va o‘rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo‘naltirilganlik va mehnat faoliyati ko‘nikraalari shakllantirilmagani, o‘quv jarayoni bilim darajasi o‘rtacha bo‘lgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib. ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmagani ta'kidlangan.


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida: «Maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida ta'lim jarayonining o‘zidagi va o‘qitish metodidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib


keladiki, talabalarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyoigarlik yo‘q», — deyiladi.

Ana shu kamchiliklarni hisobga olgan holda Milliy dasturni amalga oshirishning birinchi kursidayoq pedagog va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish masalasi qo‘yilgan.


Ikkinchi kursda esa ta'lim muassasalarini moddiy-texnika va axborot olish bazasini mustahkamlashni davom ettirish bilan birga o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanishi amalga oshirilishi va keyingi kursda ham davom ettirilishi ko‘zda tutilgan edi.


Ma‘lumki, sobiq Ittifoqda 1917-yil ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, bolalarning millati, jinsi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan qafi nazar tekin bilim olish imkoni yaratilib, 1936-yilga kelib yoppasiga savodxonlik tiklangan edi. Shuning uchun ham fan-texnikada, ayniqsa, atom, kosmik tadqiqot sohalarida katta yutuqlarga erishildi. Yerning birinchi sun'iy yo‘ldoshi uchirildi, kosmosga birinchi inson parvoz qildi.


Mamlakatimizda bir tomondan, qator sabablarga ko‘ra ta'lim sohasida yo‘qotilgan ilgarigi mavqeini tiklash, ikkinchi tomondan, rivqjlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun ta'lim samaradorligini oshirish, buning uchun esa chora-tadbirlar belgilash zarur edi.


Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan ana shu zaruriyatga alohida diqqat qaratila boshlandi. Aynan ana shu zaruriyat tufayli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va uni amalda qo‘llash taklifi kiritildi.


Ta'lim jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil qilish, talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga ahamiyat berila boshlandi. Respublikamizda ham ta'lim jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga e'tibor berish boshlandi. Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunishimiz kerak degan savolga javob berish uchun avvalo texnologiya so‘zining ma'nosini bilib olishimiz kerak.


«Texnologiya» — yunoncha techne va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, mahorat, so‘z, ta'limot ma'nosini anglatadi. Odatda, texnologiya ishlab chiqarishga nisbatan qo‘llanilgan. Texnologiya deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki qayta ishlash yo‘llari, usullari tushunilgan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli texnologiya ham takomillashib borgan.


G‘arb davlatlarida asosan, AQShta pedagogik texnologiyaning yuzaga kelishiga asosiy sabablar, zamonaviy talabalarning diqatini jalb qilish, an'anaviy dars metodlari bilan ularni dars jarayoniga qiziqtirish qiyinlasha boshladi, chunki yangi avlod (ayniqsa O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatimizda yuz berayotgan ijobiy-demokratik o‘zgarishlar) -bizning yoshlarimizda ham, chet ellardagi yoshlarda xam axborotlarning ko‘pchiligi natijasida pedagoglar oldingi usullar bilan oquvchilarni qiziqktira olmasdan qoldilar. Bizning fikrimizcha, bu yerda o‘quvchilarga har kuni ta'sir etayotgan, ularning xis-tuyg‘usini qamrab olayotgan TV, kino va videofilmlap haqidagi o‘tgan asrning ya'ni XX asrninng 50 – yillarida mashhur olim va pedagog Selesten Frene shunday yozgan edi.


Bu masalaning bir tomoni bo‘lsa, masalani ikkinchi tomoni asrimizning boshida yashab o‘tgan nemis pedagogi Rudolf Shteyner an'anaviy dars haqida shunday yozgan edi: «Faqat eshitish va ko`rish metodi bilan ta'lim olgan o`quvuchilar juda passiv zotlarga aylanadilar. Ular hayotiy fazilat oldida ojiz bo`ladilar» deb ta'kidlashi bu kunda juda ham dolzarbdir.


Demak, axborot manbalari (o`qituvchi-professor; TV; videofilmlar va boshqa audio vizual vositalar ) o`rtasida raqobat ketayotgan ekan, talabaning diqqatini o`ziga jalb eta olish, qiziqishi va motivlarini darsga yo`naltirish uchun dars jarayonida yangi metodlardan foydalanish, ularni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish ehtiyoji yuzaga keladi.


Ilg`or pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars jarayonida o`qituvchining vazifasi go‘yoki teatrdagi rejissyor kabi bo‘lib, u dars jarayonini «saxna»ni boshqarish va yordam berishdan iborat. Talabalarni birgalikda faoliyat ko`rsatishga o‘rgatish ham ushbu murakkab vazifaning asosiy qismidir


Ilg‘or pedagogik texnologiya-muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta'lim jarayoni ko‘proq ta'lim oluvchi shaxsiga qaratilgan, faollashtiruvchi metodlar va


zamonaviy ta'lim vositalaridan foydalangan holda o‘quv maqsadiga erishishni kafolatlaydigan ta'lim berish jarayonidir.

Inson voqelik to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumotlarni ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, tuyish kabi sezgilar orqali qabul qiladi. Sezgilar orqali qabul qilingan ma'lumotlar miyada muayyan xususiyatlariga ko`ra yaxlit holga, ma'lum bir tizimga olib kelinishi, ya'ni ma'lumotlar idrok qilinishi lozim bo‘ladi. Axborotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlashga xizmat qiluvchi bu jarayon ularni xotirada saqlash va zarur holatlarda qayta esga tushirishdan iborat bo`ladi. Ma'lumotlarni qabul qilishda qanchalik ko‘p sezgi organlari qatnashsa, uni idrok etish, o`zlashtirish va xotirada saqlash shunchalik oson kechadi. Ikkinchi tomondan, har bir kishida qaysidir sezgi organlari ko‘proq, qaysilaridir kamroq rivojlangan bo‘ladi


Shu bois, ta'lim jarayonida nazariy bilim va amaliy konikmalarni shakllantirish, o‘quv materiallarini turli ko‘rinishlarda, turli sezgi organlari orqali qabul qilinishi va idrok etilishini ta'minlash – ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Butun dunyoda ta'lim jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarning 100 dan ortiq metodlari mavjuddir.


Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan faqat ma'ruza o‘tiladigan vaqt taxminan 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Chunki o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 20 daqiqadan keyin esa o`rganishni davom ettirish motivatsiyasi tezda pasaya boshlaydi. Bu hamma takliflar ta'lim oluvchining diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga xizmat qiladi.


Misol tariqasida, 80 daqiqaga mo‘ljallangan o‘quv materialini muayyan ketma-ketlikdagi turli metodlarni uyg‘unlashtirish yordamida uzatish keltirilgan.


Yuqoridagi chizmaga ko`ra, yangi mavzuning bayoni 20-25 daqiqalik ma'ruzadan boshlanishi, so`ng esa 15-20 daqiqa ma'ruza qilingan o‘quv materialini vizuallashtirish, ya'ni unga doir ko‘rgazmali materiallar asosida tushuntirish, 10-15 daqiqa davomida esa, unga doir biror tajribani namoyish qilish yoki biror misolni tahlil qilish va oxirida 20-25 daqiqa davomida o`quv materialini mustahkamlashga qaratilgan mustaqil yoki guruhiy amaliy mashq o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuning uchun, nazariy o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, har 20 daqiqa davomida turli ta'lim metodlaridan foydalanib uzatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Ta'lim metodlaridan bunday uyg‘unlikda va ketma-ketlikda foydalanish natijasida, nafaqat ta'lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish, balki ta'lim samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin.


Barcha metodlar o‘quv materialining didaktik vazifasi, shart-sharoitlar va vaqtni e'tiborga olgan holda tanlanadi. To‘g‘ri tanlangan uyg‘unlashgan metodlar talabaning diqqatini uzoqroq saqlab turish va uning faolligini oshirish imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida ta'lim samaradorligining oshishiga olib keladi.


Idrok qilish paytida qancha ko‘p sensorik (sezgi) kanallardan foydalanilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Talabalarning esda saqlab qolish darajasiga sezgi organlarining ta'siri keltirilgan.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə