O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə55/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Muammoli savol beriladi
Fikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi


Fikr va g‘oyalar guruhlanadi
Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi

― Aqliy hujum metodining tuzilmasi


«Aqliy hujum metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
• Talabalarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
• Talabalar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
• Talabalarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;

• Fikr-g‘oyalar ma'lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;


• Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.


―Aqliy hujum metodining afzalliklari:


• natijalar baholanmasligi talabalarda turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;
• talabalarning barchasi ishtirok etadi;

• fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;


• talabalarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;


• talabalarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.


―Aqliy hujum metodining kamchiliklari:


• ta'lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;


• ta'lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.


KIChIK GURUhLARDA IShLASh‖


Kichik guruhlarda ishlash” metodi - talabalarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.


Ushbu metod qo‘llanilganda talaba kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.

―Kichik guruhlarda ishlash‖ metodi qo‘llanilganda ta'lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki ta'lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha talabalarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida ―Kichik guruhlarda ishlash metodining tuzilmasi keltirilgan .





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə