471
yurish, qadamlarni juftlab va almashib yurish, oldinga va yon tomonga
oyoqlarni chalishtirib yurish, yurishni sakrashlar bilan navbatlashtirib yurish.
YUgurish yurishga nisbatan
ancha dinamik mashqdir, shu sababli u
harakat apparatiga, yurak qon-tomiri va nafas olish tizimiga anchagina katta
ta‘sir o‗tkazadi. YUgurish tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning
asosiy
omillaridan biri xisoblanadi.
YUgurishning harakter va jadalligi turlicha bo‗lishi mumkin, shuning
uchun u gimnastika darsining barcha qismlarida qo‗llaniladi. Gimnastika
mashg‗ulotlarida qo‗llaniladigan yugurish mashqlari: (oddiy yugurish, tizzalarni
baland ko‗tarib yugurish,
oyoqlarni oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va
yon tomonlarga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga
yugurish, qo‗shimcha
harakatlar bajarib, burilishlar, to‗xtashlar bilan,
buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish bilan yugurishlar, qayta saflanib,
turli
to‗siqlarni oshib o‗tib, to‗siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni)
navbatlashtirish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: